7- mavzu. Tiristorlar.
Tiristor - to‘rt qatlamli yarim o‘tkazgichli asbob. Uning tuzilishi 1-rasmda keltirilgan. Unda uchta p-n o‘tish bo‘lib A nuqtaga manbaning musbat qutbi, B nuqtaga manfiy qutbi ulansa, P1 va P3 o‘tishlar to‘g‘ri, P2 esa teskari p-n o‘tishga ega bo‘ladi.
1-rasm. Tiristorning struktura tuzilishi.
Uning ishlash prinsipini tushuntirish uchun, tiristorni ikkita n- p-n tipli tranzistorlarga ekvivalent deb qaraladi. Bu paytda tristordan o‘tuvchi umumiy tok uchta tashkil etuvchidan iborat bo‘ladi:
bundan
bu erda Iepik - tiristor yopik bo‘lganda o‘tadigan tok, va - mos ravishda tranzistorlarning tok uzatish koeffitsientlari.
Agar qiymat birga nisbatan kichik bo‘lsa, umumiy tok Iepik ga yaqin bo‘ladi. Asbobni ochiq holatga o‘tkazish uchun qiymat birga intilishi kerak. Bunday holda tirstor orqali o‘tuvchi tok keskin ortadi.
Tranzistorning ishlash prinsipiga ko‘ra, ning qiymati emitter tokiga bog‘liq. Emitter toki ortishi bilan xam kichik qiymatga ega bo‘ladi. Emitter toki ortishi bilan ham keskin ortadi. A va K nuqtalar orasidagi kuchlanishni orttirib borilsa, tirstor orqali o‘tuvchi tok dastlab sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Kuchlanish ortib ma’lum yozib o‘tish qiymatiga etganda P2 o‘tishda zaryadlarning kuchiksimon ko‘payishi ro‘y berib, va qiymati keskin ortadi. Natijada asbob ochiq holatga o‘tadi. Bu holatga o‘tishi uchun kerak bo‘ladigan kuchlanish qiymati Ukuch - kuchiksimon ko‘payish kuchlanishi deb yuritiladi. Agar tiristordan o‘tuvchi tok shartni qanoatlantirsa, tiristor ochiq holatda qoladi. Bu tok, tutib turuvchi tok Itut deb ataladi. Tirstorning voltamper xarakteristikasi 2-rasmda keltirilgan.
2-rasm. Tiristorning Voltamper xarakteristikasi.
Xarakteristikaning OA qismi tiristorning yopiq (uzilgan) holatini ifodalaydi. Bunda tiristorning qarshiligi katta bo‘ladi (bir necha megom). Kuchlanish yorib o‘tish qiymatiga etganda (A nuqta) tiristordan o‘tuvchi tok keskin kupayadi. A nuqtada tiristorning differensial qarshiligi nolga yaqin bo‘ladi. AV qismida esa differensial qarshilik manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Kuchlanishning bundan keyingi ortishi tokning ortishiga olib keladi(BV kism). Kuchlanishni kamaytirib tiristordan o‘tuvchi tokni 1tut dan kichik qiymatga tushirilsa, tiristor yopiq holatga o‘tadi.
Faqat ikki, chetki qismlardan ulanish uchlari chiqarilgan tiristor diodli tiristor (dinistor) deb ataladi. O‘rta soxalarining biridan ulanish uchi chiqarilgan tiristor triodli tiristor yoki trinistor deb ataladi. Bu uchta qo‘shimcha manbadan anodga yoki katodga nisbatan to‘g‘ri p-n o‘tish hosil bo‘ladigan kuchlanish berilsa yoki a2 ning keskin ortishiga olib keladi. Bipolyar tranzistordagi kabi a1 yoki a2 ni orttirish uchun boshqaruvchi kuchlanishning katta qiymatiga ega bo‘lishi shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |