Tabrik uchun so`z maktab direktori …..
Ma’naviyat tushunchasini prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch “ asarida quyidagicha ta’riflaydilar:
Ma`naviyat insonni ruhan poklanish ,qalban ulg`ayishga chorlaydigan ,odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat iymon e`tiqodini butun qiladigan,vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.
1. Hammamizga ma’lumki, muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimov chuqur mulohazalar yuritib, xalqimiz ozodligi, hur va farovon yashashi uchun odil qarorlar chiqarmoqdalar.
2.To’g’ri aytasiz, Oqila Shulardan biri prezidentimizning 2010-yil 12-noyabrda qabul qilgan konsepsiya haqidagi qarorlaridir.
1.Keling shu konsepsiya haqida maktabimiz o’quvchilaridan ma’lumot eshitsak!.
2.Neki ezgulik bor jahonda poydor
Joylab ola bildik, barchasin qonga.
Asrlar so’ngida tole kelib yor
Farzand bo’la bildik o’tli zamonga
1.Singdi ruhimizga mangu barhayot
Alisher she’ri-yu Pushkin bayoti
Singdi ruhimizga g’olib hissiyot
Jasur bobolarning tengsiz saboti
2.Xalqimiz uzoq va boy tarixga ega. Bizning yurtimizdan buyuk allomalar , mashhur mutafakkir olimlar yetishib chiqqan. Biz ularni doim xotirlab yashaymiz!.
1.Zero, prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Biz hamisha ulug’ ajdodlarimiz bilan iftixor qilamiz. Ularning xotirasi hozir ham ona zaminimizni sharafga burkab turibdi.”
2. Mana shunday ulug’ bobolarimizdan biri she’riyat mulkining sultoni , davlat arbobi Hazrat Alisher Navoiy bobomizning yaqindagina tavallud ayyomlarini katta tantanalar bilan kutib oldik .
1.Ming yillarkim nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig`i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher!
2.Hazrat Alisher Navoiy haqida buyuk siymolarimizdan Abdurahmon Jomiy, Husayn Boyqaro va Z.M.Boburlarning fikri.
1. Endigi navbat “Barkamol avlod!”raqsiga
2.O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri bu- A. Navoiy bobomizdir.
1.Biz uning mo’tabar nomi, ijodiy me’rosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so’z yuritamiz. Hozir navbat raqs to’garagi a’zosi Shokirova Z. ijrosidagi “Tanovar” raqsiga .
2. Hazrat A.Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs , milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi , millatimizning g’ururi , shan-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir.
1. Zero yurtboshimiz aytganlaridek, agar bu ulug’ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.Inson qalbining quvonch-u qayg’usini , ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan kam uchraydi .
1.Ona tiliga muhabbat uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi bizning ongu – shuurimiz, yurtimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib kelgan
2.Biz bu bebaho me’rosdan xalqimizni , ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko’p bahramand etsak , milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu , insoniy fazilatlarni kamol toptirishda Navoiy bobomizning meroslaridan , g’azal, ash’orlaridan foydalanishimiz mumkin .
1. Hozir davraga Hazrat Navoiy asarlaridagi qahramonlarni taklif qilamiz .
2. “Xotirasi bo’lmagan , tarixini unutgan , o’z ajdodlarining qadriga yetmaydigan millatning istiqboli yo’q” . O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov.
1. To’g’ri , hurmatli yurtboshimiz bu borada hech ham yanglishmaganlar. Zero, tarixsiz kelajak yo’q!
2. Keling azizlar , chiroyli g’azal, she’r va ko’rinishlardan so’ng bir ajoyib raqs tomosha qilaylik-a!
1.Juda yaxshi bo’lardi Mahliyo.
1. Hazrat A. Navoiy bobomiz haqida o’zbek adabiyotining yirik namoyondalari ajoyib she’rlar yozganlar .
2.Shunday she’rlardan biri M. Yusuf she’rini 9-sinf qizlari ijrosida tinglaymiz .
Biz bir haqiqatni yaxshi anglashimiz kerak . Ya’ni faqat o’tmish , ajdodlar merosiga mahliyo bo’lib qolmaslik kerak .
Haqiqatdan ham bobolarimiz ulug’ . Biz esa ularga munosib farzandlar bo’lib yetishishimiz kerak .
XXI asr texnika asri . Bu asrda biz yoshlarga juda katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
San’at , madaniyat va sport soxalarida ham katta yutuqlarga erishmoqda shunday emasmi?!
1.Maktabimizda san’at sohasida ham yutuqlarga erishgan o’quvchilarimiz bor . Ular xalq cholg’ularidan bo’lgan rubob hamda doira chaluvchi Qahhorov Shahboz va Toirov Nusratlardir. Marhamat, navbatni ularga beramiz . Endi maktabimiz qizlari ijrosida “Vatan” qo’shig’iga tayyorlangan raqsni tomosha qilamiz.
1. Mahliyo, hozir yurtimizda ko’pgina yomon illatlarni yo’qotish, ularni bartaraf etish borasida ko’p ishlar olib borilayapti .
Boq bir yorug’ olamga
Kimlar zo’rg’a kun ko’rar
Odamlar bor bog’dagi
Bulbuldan ham pul so’rar
Keling,shu sahna ko’rinishidan keyin bir ajoyib raqs tomosha qilsak-a Mahliyo.
Ha, to’g’ri bizning har bir viloyatimizning o’z kuy va qo’shiqlari bir biridan ajralib turadi .
Marhamat “Lazgi” qo’shig’iga tayyorlangan raqsni tomosha qilamiz.
Ko’ringanni duolar
Qilar bizda momolar
G’animga ham omonlik
Tilar bizda momolar
Momolar har joyda bor
Bizda bori qayda bor
Bizning bo’ston qayda bor ,
Shohimardon qayda bor.
So’lim surxon qayda bor,
Samarqand non qayda bor.
O’zbekiston qayda bor.
Endi o`quvchilarimiz ijrosida “Barkamol avlod” raqsini tomosha qilamiz.
Shuning bilan “Taqdirimsan,baxtimsan,erkin va obod Vatan!“ deb nomlangan bayram tadbiri o’z nihoyasiga yetdi .
Do'stlaringiz bilan baham: |