Nazar Eshonqul sofokl



Download 25,51 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi25,51 Kb.
#603008
Bog'liq
SHOH EDIP


Sofoklning ijodi cho’qqisi bo’lgan bu asar o’tgan 2500 yillik vaqt mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda. U hamisha dolzarb, hamisha zamonaviy, barcha tuzum va zamonlarga xos. Hali insoniyat badiiy tafakkuri tarixida «Shoh Edip» kabi fojiali qismat qalamga olinmagan.
Nazar Eshonqul
SOFOKL

Mana, oradan 2500 yilga yaqin vaqt o’tdiki, qadimgi yunon fojianavisi, inson og’riqlari, iztiroblari, g’alayon va ojizliklarining buyuk tasvirchisi Sofokl qalamiga mansub asarlar hali-hanuz o’z qiymatini yo’qotmay, yozilgan paytlarda qanday hayajon qo’zg’agan bo’lsa, hozir ham shunday hayratlarga sabab bo’lmoqda, o’sha davrda mazkur asarlar nechog’lik ahamiyatli bo’lsa, bugungi kunda ham shunday bo’lib qolmoqda.
Sofokl asarlari vaqt yengolmaydigan, vaqt supurib tashlolmaydigan asarlar sirasiga kiradi. Aksincha, vaqt, asrlar, davrlar qanchalik olishsa, bu asarlar shunchalik ulug’vorlashadiki, bunday xususiyatga jahon adabiyotida kamdan-kam asarlar sazovor.
Tomoshabinlar, albatta, Sofoklning «Shoh Edip» asaridan va uning televariantidan xabardor. Bu mashhur tragediyadagi Edip rolini ulug’ san’atkor Sh.Burhonov o’ynagandi. Ulug’vor asarlar ulug’ iste’dodlarni dunyoga keltiradi, ulug’ sahna asarlari ulug’ aktyorlarni yaratadi. Sofoklning ulug’ligi o’zbek sahnasida yana ham ulug’vor qiyofaga kirdi.
Sofoklning ijodi cho’qqisi bo’lgan bu asar o’tgan 2500 yillik vaqt mobaynida jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda. U hamisha dolzarb, hamisha zamonaviy, barcha tuzum va zamonlarga xos. Hali insoniyat badiiy tafakkuri tarixida «Shoh Edip» kabi fojiali qismat qalamga olinmagan. Bu fojia insoniyatga kimligini, uning yelkasida qanday ma’suliyat borligini, nima mumkin-u, nima mumkin emasligini bot-bot eslatib turadi: go’yo asardagi fojia inson boshi kelib uriladigan devoru, mazkur devorning mavjudligini bani basharga ibrat qilish uchun Sofokl go’yo insoniyatning badiiy tafakkuri tarixiga abadiy osib qo’ygandek. Odam hamisha o’zini fojiadan olib qochadi. U fojiadan uzoqroq yurishni istaydi, fojiadan chetlab o’tadi. Biroq fojialar bo’lmasa edi, inson saodatning farqiga bormasdi, qadriga yetmasdi.
Fojia uyg’otuvchi kuch. U tafakkurni uyg’otadi, teranlashtiradi. Fojia eskirgan davomiylik, eskirgan uzviylikning so’ngi, oxiri, yangi davomiylikning boshlanishi, chunki fojia anglangan joydan uni tuzatishga intilish, kurash boshlanadi. Shu sababli fojia kurashning darvozasidir. «Shoh Edip» asarida ham fojianing ildizi aniqlangach uzoq muddatli qurbonli kurash boshlanadi.
Miflar, ayniqsa, Sofokl asarlari, XIX-XX asrga kelib yana ham kengroq o’rganila boshlandi. Gegelь «Shoh Edip» asarini insoniyatning matriarxatdan patriarxatga o’tish jarayonining o’ziga xos ramzi deb baholadi. XIX asr mifshunosi Baxofen ham shu fikrni davom ettirib, Edipning fojiasi uning onasiga – matriarxatga bo’lgan muhabbatidadir degan. Baxofen fikriga ko’ra, Edipning otasini o’ldirishini va onasiga uylanishini to’g’ridan-to’g’ri tushunmaslik kerak, bu padarqushlik va o’z onasiga uylanish voqeasi – bor-yo’g’i matriarxat va patriarxat o’rtasidagi kurashni aks ettiradi. Edipning fojiasi padarkushlik va onasiga uylanishidamas, balki erkak bo’la turib matriarxat tuzum tarafdori bo’lganidadir. Uni aynan shuning uchun jazolashdi. Edip fikridagi uch asarda shu narsa ko’rinadiki, Edip matrirxat tarafdori, Kreont esa patriarxat timsoli sifatida gavdalanadi. Shu sababli Kreont ko’zlari ojiz bo’lgach ham Edipni Fivadan badarg’a qiladi.
XX asrning yirik faylasufi, ruhshunosi Freyd esa Sofokl asarlaridan o’z falsafiy qarashlari kontseptsiyasini topdi. U hatto psixoanalitika faniga «Edip kompleksi», «Edipokompleks» degan atamalar kiritdi. «Edip kompleki» Freyd ta’limotining asosini tashkil qiladi, bu ta’limotga ko’ra, Edipning onasiga uylanishi ong osti hislarining namoyon bo’lishidir, chunki Freyd fikricha, har bir jins o’zga jinsga nisbatan, hatto o’z onasiga bo’lgan munosabatda g’am shahvoniy mayl bilan munosabatda bo’ladi va ona-bola munosabatida ong osti jinsiy mayllari ustuvorlik qiladi.
Shoh Edip asari haqida Freyd shunday yozadi: «Shoh Edip» asari antik dunyo yunon tomoshabinini qanday larzaga solishining asosiy sababi, e’tirof etilayotgandek, taqdiri azal bilan inson irodasi o’rtasidagi to’qnashuvdir… Edip kabi bizning ichimizda ham axloqqa qarshi mayl-istaklar mavjud va bu istak payti kelishi bilan asosiy istakka aylanishi mumkin».
Freyd «Shoh Edip» asarini XX asr kishisi psixologiyasi bilan muqoyasa qilarkan, shunday xulosaga keladi: miflarni, axloqni, dinni faqat ong osti kechinmalari, ramzlari nuqtai nazaridan baholash mumkin. Freydga ko’ra, Edipning otasini o’ldirishi, onasiga uylanishi bolalikdagi inson miyasida qolgan mayllarining in’ikosidir. Freyd: «Agar biz ham bolaligimizdagi onamizga va otamizga bo’lgan miyamizda lip etib paydo bo’lgan, keyin o’chgan maylimizni xotirlay olsak, o’zimizdan o’zimiz jirkanib ketardik»,– deydi.
«Shu sababli, – deydi Freyd, – Edipning taqdiri – bu ilohiy hukm hodisasi emas, patologik hodisalar va bunday fojia har bir insonda sodir bo’lishi mumkin».
XX asrdagi boshqa faylasuflar ham «Shoh Edip» va Sofoklning qolgan asarlari haqida turli qarama-qarshi fikrlarni bayon qildilar. Sofoklning boshqa asarlari hamda faylasuflarning munozaralariga keyingi ko’rsatuvimizda batafsil to’xtalamiz.
XX asrning mashhur faylasufi Erix Fromm ham o’z falsafiy kontseptsiyasini asoslash uchun ko’plab ustoz faylasuflar kabi «Shoh Edip» asariga murojaat etdi. Fromm «Shoh Edip» qismatida insoniyat taqdirini, tug’ilishi, yuksalishi va inqirozi ramzini ko’rdi hamda asardagi taqdiri azal hukmi Shoh Edipning otasini o’ldirib, bilmasdan onasiga uylanishi voqeasida emas, balki Shoh Edipning o’zida yashirindir dedi. Ya’ni Shoh Edip yashash uchun kurashayotgan inson obrazidir.
«Bu mif, – deb yozadi Fromm, – onasiga uylanishning timsoli emas, balki o’g’ilning patriarxat otaga va uning tartiblariga munosabati timsolidir. Edipning onasiga uylanishi taqdiri azalni emas, balki bolalikda onasiga muhabbati kuchli bo’lgan bolaning tabiat hukmiga ko’ra er bo’lib yetishgach xuddi otasi kabi patrarxal tartib tarafdoriga aylanganidadir. Ya’ni bu asar inson evolyutsiyasini o’zida timsollashtiradi».
Fromm Shoh Edipning otasini o’ldirishi va onasiga uylanishini shunday tahlil qiladi. Edip va otasi o’rtasidagi qarama-qarshilik oqibatida o’g’il otani o’ldirish voqeasini to’g’ridan-to’g’ri tushunmay, timsollar nazariyasiga ko’ra baholash kerak. Bu degani Edip onasiga – matrarxatga bo’lgan muhabbati tufayli otasini inkor qildi. Inkor esa o’limdir. Onasiga uylanishini ham to’g’ridan-to’g’ri tushunmaslik lozim. Onaga uylanish yaratuvchi kuchga, yaratishga o’zni bag’ishlashdir. Sofokl otasiga isyon qilgan Edip timsolida ona ma’budlar o’rnini egallagan ota ma’budlarga va ularning mustabid tuzumi, tartiblariga, umuman, patriarxal tuzum qiyofasida kirib kelayotgan insonni qul qilish an’anasiga qarshi kurashgan ozod inson obrazini yaratdi. Ozod inson Edip otasini yenggach, onalik bilan birlashgach, ma’lum davr o’tib uning o’zi despotga aylandi, oqibatda xilvat va noma’lum ibodatxonada o’lim topdi, ya’ni uning hayoti ham barcha mustabidlar kabi yo’qlikka aylandi. Bunday talqinlar XX asr faylasuflari orasida ko’plab topiladi. Sofokl esa barcha talqinlarga dosh bera oladi. Uning buyukligi shunda. 2500 yildan beri teatrlar sahnasidan tushmay kelayotganining sababi ham shunda.
Download 25,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish