11-seminar.
Mavzu: Mulohaza va xulosa chiqarish.
Reja:
1. Mulohaza, uning mohiyati va tarkibi.
2. Oddiy va murakkab mulohazalar, ularning takibi va turlari.
3. Xulosa chiqarish haqida umumiy tushuncha.
Deduktiv xulosa chiqarish
4.Induktiv xulosa chiqarish.
1-topshiriq.
Yakka hukm bir predmetga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Yakka hukm hukmlar sub'ekti yakka tushunchalar bo’ladi. Masalan: Abdulkhamidov ikkinchi kurs talabasi yoki Abdulkhamidov uchinchi kurs talabasi emas. Yakka hukmlar formulasi:
“S – P dir” yoki “S – P emas”.
Juz'iy hukmlar deb predmetlar sinfining ma'lum qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi. Juz'iy hukm «ba'zan S – P dir» yoki «ba'zan S – P emasdir» formulasiga ega. Masalan: Ba'zi yoshlar talabadir yoki ba'zi yoshlar talaba emas.
Juz'iy tasdiq hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra tasdiq hisoblanadi. Masalan: Ba'zi ishchilar zavodda ishlaydi. Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi I harfi bilan belgilanadi.
Juz'iy inkor hukmlar. soniga ko’ra juz'iy va sifatiga ko’ra inkor hisoblanadi. Masalan: Ba'zi hashoratlar uchmaydi.Juz'iy tasdiq hukmlar lotin alifbosidagi O harfi bilan belgilanadi.
3. Umumiy hukmlar predmetlar sinfining butun qismiga xos va xos bo’lmagan belgi va munosabatni ifodalaydi.. Umumiy hukm sub'ekti hamma vaqt tasdiqlovchi bo’lsa, «hamma», «har bir», inkor etuvchi bo’lsa «hech bir», «hech qaysi» va boshqa tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan: Hamma fanlar o’z tadqiqot ob'ektiga ega. Hech bir metall gaz emas. Umumiy hukmlar tasdiqlovchi shaklda «hamma S – P dir», inkor shaklida esa «hech bir S – P emas» formula bilan ifodalanadi.
4. Ayiruvchi hukmlar. Bunday hukmlarning sub'ekti yoki predikati bir necha narsalar, xodisalarni yoki ularning belgilarini ifodalashi mumkin. Uning formulasi formal mantiqda qo’yidagicha ifodalanadi: pvq. Ayiruvchi hukmlar formulasi qo’yidagi shakllarda ifodalanadi:
«S yoki R yoki R1 yoki R2 dir»
Yoki «S yoki S1 yoki S2 – R dir».
Birinchi shaklda bir sub'ekt va bir predikat bo’lsa, ikkinchi shaklda, aksincha bir necha sub'ekt va bir predikat bor.
Bo’lingan hukmlarda sub'ektga ta'luqli bo’lgan predikatlar ba'zan o’zaro bog’langan va ba'zan esa bir-biriga zid bo’ladilar.
Shartli (implikativ) hukmlar asos va natija bog’lanishini shartli ravishda ifodalaydi. Bunday hukmlar o’z tarkibida bir necha sub'ekt va predikatga ega bo’lib, ma'lum bir buyumni tasdiq yoki inkor etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |