Mavzu: O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi Reja Huquq haqida tushuncha Erkinlik haqida tushuncha Inson huquqlari va erkinliklari kafolati haqida Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari



Download 25,5 Kb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi25,5 Kb.
#519267
  1   2   3
Bog'liq
inson xuquq va erkinliklari



Mavzu: O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi
Reja

  1. Huquq haqida tushuncha

  2. Erkinlik haqida tushuncha

  3. Inson huquqlari va erkinliklari kafolati haqida


Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.[1]
Erkinlik — kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishi. Erkinlik. tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Mas, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va h.k. Erkinlik. — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik. insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik. insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik. oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi.
Inson erkinligi obʼyektiv shartsharoit va vaziyatga bogʻliqdir. U mavhum emas, u doimo konkretdir. Shaxs muayyan sharoit va vaziyatda tayin imkoniyatga tayanib aniq maqsadiga erishadi. Ammo, sharoit, vaziyat va imkoniyatlarga hamma ham bir xilda ega boʻlmasligi mumkin. Maqsadga erishishda kimgadir shartsharoit, kimgadir maqsadga erishish vositasi, kimgadir imkoniyat yetishmay qoladi. Muayyan vaziyatda va shartsharoitda kimdir maqsadga erishish uchun E.ka ega boʻlishi yoki kimdir undan mahrum boʻlishi mumkin. Shaxsning erkinligini oshiruvchi omillarga u egallagan bilim va tajriba kiradi. Islom taʼlimotida insonga erkin boʻlishi uchun aqlidrok berilgan deb aytiladi. Abu Mansur Moturidiy islomdagi iroda erkinligini sharhlab, insonga berilgan aqlidrok unga oʻz xatti-harakatida yaxshilik va yomonlikni, halol va haromni, savob va gunohni, toʻgʻri yoki egri yoʻlni tanlash erkinligini berdi, bizning kelajagimiz shu yoʻllardan qay birini tanlay olishimizga bogʻliq, deb uqtirgan. Inson erkin ongli faoliyati bilan hayvondan farq qiladi. Hayvonlar shartsharoit va vaziyatga qaramdir. Inson esa ongli ravishda maqsadga erishish yoʻlini izlaydi.
Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini oʻz ichiga oladi.
Huquq davlat boʻlib uyushgan jamiyatda paydo boʻladi va mulkchilik munosabatlarini, xoʻjalik aloqalari mexanizmini mustahkamlaydi, mehnat va uning mahsulotlarini jamiyat aʼzolari oʻrtasida muayyan oʻlchov va shakllarda taqsimlab turuvchi vazifasini oʻtaydi (fuqarolik huquqi, mehnat huquqi); vakolatli organlar, davlat boshqaruvi organlari shakllanishi, tartibi, faoliyatini belgilab beradi, nizolarni qay yoʻsinda hal qilish kerakligini, mavjud ijtimoiy munosabatlarni buzishga qarshi kurash choralarini (jinoyat huquqi, protsessual huquq) belgilaydi, shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning xilma-xil shakllariga taʼsir koʻrsatadi (oilaviy huquq). Huquq normalari boshqa ijtimoiy tartibga soluvchi normalar (axloq, din, odat va boshqalar)dan oʻzining majburiyligi bilan ajralib turadi.
Huquqning oʻziga xos umumiy va maxsus belgilari mavjud. Huquqning ijtimoiyligi, normativ koʻrsatmalardan iboratligi, adolat va erkinlik gʻoyalarini ifodalashi, umummajburiy va irodaviy xususiyatlari, qonuniy aniqligi, rasman belgilanganligi, tizimligi va joʻshqinligi, davlat tomonidan muhofaza etilishi shular jumlasidandir.
Huquq tushunchasi va mohiyatini aniqlash boʻyicha 3 asosiy yondashuv bor: a) huquqga mutlaq yuridik normalar tizimi sifatida qarovchi normativ yondashuv (buni Huquqni tor maʼnoda tushunish ham deyiladi); b) huquqni u tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlar bilan tenglashtiruvchi sotsiologik yondashuv; v) huquqni erkinlik va adolat mezoni bilan bogʻlovchi falsafiy yondashuv (keyingi ikki yondashuvni Huquqni keng maʼnoda tushunish ham deyiladi).
Shu bilan birga huquqshunoslik fanida qadimiy hisoblangan va puxta ishlab chiqilgan huquqning tabiiy huquq va pozitiv huquqqa boʻlinish gʻoyasi mavjud. Pozitiv huquq davlat huquqiy ijodkorlik faoliyatining natijasi, mahsuli hisoblanadi. U davlat qabul qilgan normalarda, yaʼni qonunchilikda, shuningdek, boshqa huquqiy manbalarda ifodalangan huquqdir.
Yurisprudensiyada huquq tizimi 2 ga ajratiladi: xususiy huquq va ommaviy huquq Fuqarolik Huquqi (ashyo huquqi, majburiyat huquqi, savdo huquqi, oila huquqi, meros huquqi, tijorat huquqi) xususiy huquqqa tegishlidir. Ommaviy Huquqqa esa davlat, moliya, jinoyat, protsessual va xalqaro huquq kiritiladi.
Huquq jamiyat hayotining turli sohalari — iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy sohaga, madaniy-maʼnaviy munosabatlarga taʼsir etadi va shu tariqa iqtisodiy, siyosiy va tarbiyaviy funksiyalarni bajaradi. Yuridik nuqtai nazardan bu funksiyalarni 2 turga: regulyativ (tartibga soluvchi) va negativ (qoʻriqlovchi) funksiyalarga ajratish mumkin. Huquqning regulyativ funksiyasi jamiyat aʼzolari yurish-turishi va xulq-atvorining ijobiy, barchaga maqbul qoidalarini oʻrnatishdan, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy asosga qoʻyishdan, insonlar oʻrtasidagi ijtimoiy aloqalarni uygʻunlashtirish va barqarorlashtirishdan iborat. Huquqning negativ funksiyasi uning ijtimoiy vazifasi bilan belgilangan huquqiy taʼsir etish yoʻnalishi boʻlib, u umumiy ahamiyatga molik iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni muhofaza etishga, ularning daxlsizligini taʼminlashga va shu bilan birga, jamiyatga yot, zararli munosabatlarni siqib chiqarishga qaratiladi. Huquqning bu funksiyasiga xos xususiyatlar uni davlatning huquqni muhofaza etish faoliyati bilan qiyoslaganda aniq namoyon boʻladi. Tegishli davlat idoralari huquq sohiblari tomonidan qonun talablari qatʼiy bajarilishini taʼminlaydi, jamiyatda qonuniylik muhitini vujudga keltiradi. Bu ish huquq buzilishlari faktini aniqlash, ularni tergov qilish va aybdorlarni yuridik javobgarlikka tortish bilan taʼminlanadi.
Burch — kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt, Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Bizda obyektiv munosabatlar ifodalanadi, yaʼni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Buning oziga xos xususiyatlari mavjud bolib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Bu iymon-eʼtiqod, onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bogʻliq. Burch qanday vazifa, kimning oldidagi majburiyat ekanligiga qarab turlicha boʻladi (milliy burch, ijtimoiy burch, umuminsoniy burch va boshqalar). Ijtimoiy va shaxsiy burch, oilada ota-onalik burchi, farzandlik burchi va boshqa burch lar bor. Burch nisbiy tushuncha. U ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazmunan boyib, shaklan oʻzgarib boradi. Hozirgi sharoitda insonning tabiat va avlodlar oldidagi burchi yangicha mazmun kasb etmoqda. Oilaviy burch esa jamiyat oldida turgan maqsadlar bilan yaiada uygʻunlashmoqda. Ona Vatanga, xalqqa xizmat qilish eng ulugʻ va sharafli burch hisoblanadi.

Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish