101
haqida birmuncha tasavvur hosil qilishga imkon yaratib, paleontologik solnomani 100
mln yil orqaga surgan bo`lsada, lekin hayotning eng qadimgi formalari qanday
bo`lgan, degan muammoni echa olmadi.
Kembriy davrigacha bo`lgan hayot izlarini axtarishda XX asr boshida Charlz
Uolkott topgan stromatolitlar muhim ahamiyat kasb etdi. U Kanadaning g`arbida
topilgan ohakdan iborat g`
O
vak tepaliklar va ustunlarni tekshirib,
bu riflar suv
o`tlaridan iborat, deb taxmin qildi. Keyinchalik olimning bu taxmini to`laligicha
tasdiqlandi. 1954 yili Steli A. Tayler Ontarioda topilgan qazilmalarni tekshirib, ular
ko`k-yashil suvo`tlar va bakteriyalardan iborat ekanligini isbotladi. Avstraliyaning
g`arbiy qirg`oqlaridagi suvi juda sho`r, shunga ko`ra umurtqasiz hayvonlar
bo`lmagan Sharq ko`rfazida tirik stromatolitlarni topdi
va ular kembriy davrigacha
yashagan ko`k-yashil suvo`tlar bilan bakteriyalarga o`xshashligini ma’lum qildi.
Hozirgacha qadimgi ko`k-yashil suvo`tlar, bakteriyalardan iborat qazilma holdagi
45 dan ortiq stromatolitlar topilgan.
Prokariot organizmlardan iborat bo`lgan qadimgi bakteriyalar bundan 3,5 mlrd
yil ilgari yashagan. Hozir bakteriyalarning ikki oilasi — qadimgi, ya’ni
arxyebakteriyalar va eubakteriyalar mavjud. Arxyebakteriyalar sho`r suvlarda,
yuqori temperatura muhitida, metan
gaziga boy joylarda yashaydi, Taxmin
qilinishicha, 3 mlrd yil mobaynida yerdagi hayot faqat ibtidoiy mikroorganizmlar
shaklida bo`lgan. Ular bir hujayrali bo`lib, anaerob sharoitda yashab,
elektr
uchqunlari, ultrabinafsha nurlar yordamida abiogen yo`l bilan hosil bo`lgan organik
moddalar energiyasidan foydalangan. Eukariotlar paydo bo`lguncha yerdagi yakkayu
yagona mavjudotlar bo`lgan prokariotlarning xilma-xilligi eukariotlarga nisbatan
anchagina kam bo`lsa ham, biroq metabolizm va bioximiyasi bo`yicha ular nihoyatda
turli-tuman bo`lgan. (4-jadval)
Hozirgi prokariotlar singari, qadimgi turlarni kislorodga munosabati bir xil
bo`lmagan. Ba’zi bakteriyalar kislorodli
muhitda yashay olmasa, ikkinchi xillari
kislorodga chidamli, uchinchi xillari kam kislorodli muhitda yashasa, to`rtinchi xili
kislorodsiz muhitda yashay olmagan. Vaholanki, eukariotlar faqat kislorodli muhitda
hayot kechiradi. Dastlabki prokariotlar abiogen yo`li bilan sintezlangan organik
moddalarni kislorodsiz parchalash hisobiga yashaganligi ehtimoldan holi emas. Bu
esa bora-bora muhitda organik moddalarning kamayishiga sabab bo`lgan va
oqibatda prokariotlar orasida oziqa uchun raqobat kuchaygan.
Bu raqobat
kamayishining yagona yo`li ba’zi bir prokariotlarning geterotrof oziqlanishdan
avtotrof oziqlanishga o`tishi edi. Qayd qilingan prokariotlar tarkibidagi pigmenti
bilan farq qilgan bo`lsada. Lekin ular hozirgi sianobakteriyalar va eukariot
organizmlardan
farq qilib, fotosintez jarayonini dastlab anaerob sharoitda amalga
oshirgan va atrof-muhitga erkin kislorod ajratmagan.
Bu prokariotlardan keyinchalik sianobakteriyalarning ajdodlari kelib chiqqan,
deb taxmin qilinadi. Prokariotlarning ayrim xillarida ro`y bergan fotosintez faqat,
ular orasidagi
raqobatning kamayishiga emas, balki biogen usulda hosil bo`lgan
organik moddalarning parchalanishiga atmosferada esa kislorodning to`planishiga
sabab bo`ldi.
Fotosintez jarayoni tufayli bora-bora atmosferaning yuqori qismida ozon qavati
hosil bo`ldi va u mavjudotlarning hayot uchun nihoyatda xavfli ultrabinafsha nurlar
ta’siridan saqlanish imkonini tug`dirdi.