114
uzun dum, oldingi oyoqlarida uchta barmoqning yaxshi rivojlanganligi va
changalining bo`lishi sudralib yuruvchilarga, tanasining pat bilan qoplanganligi,
oldingi oyoqlarining shaklan o`zgarib, qanotlarga
aylanganligi qushlarga xos
belgilardir. O`sha davrdagi qushlarning kattaligi ko`pi bilan kaptardek bo`lgan.
Oldingi oyoqlarining tuzilishiga qaraganda, ular daraxtlarga bemalol o`rmalab
chiqa olgan. Dastlabki qushlar, ehtimol psevdozuxiyalarga yaqin qandaydir
sudralib yuruvchilardan rivojlangan bo`lishi mumkin. Quruqlikda yashovchi sudralib
yuruvchilardan ba’zilarining, masalan, diplodokning uzunligi 30 metrga bo’lib, ular
o`txo`r hisoblangan. Yirtqich dinozavrlarning bo`yi 10—15 metrga yetgan. Yura
davriga kelib, xaltali sut emizuvchilar, yopiq urug`li o`simliklar rivojlangan.
Bo`r
davrida sodda hayvonlar — foraminiferalar chig`anoqlaridan ko`plab bo`r
qatlami hosil bo`lgan. Bu davrga kelib, Golenkin mulohazasiga ko`ra, yerda
qandaydir yirik o`zgarishlar sodir bo`lib, ular atmosferadagi qalin bulut qatlamini
parchalab yuborgan va quyosh nurlari o`simlik barglariga bevosita tushadigan bo`lib
qolgan. Ochiq urug`li o`simliklar o`zgargan sharoitga moslasha olmagan va ko`plab
nobud bo`lgan. Aksincha, yopiq urug`li o`simliklar
bunday sharoitda birmuncha
yaxshi rivojlangan. Ularning o`sha davrda paydo bo`lgan vakillari — terak, tol,
eman, evkalipt, palmalar hozirgacha yashab kelmoqda. Bu davrda dinozavrlarning
xuddi tuyaqushlarga o`xshash, orqa oyoqda yuradigan yangi formalari vujudga
kelgan. Sudralib yuruvchilarning himoyalanishi ikki yo`nalishda borgan. Birinchi
yo`nalishda ularning tanasi bahaybat qiyofaga kirgan. Ikkinchi yo`nalishda esa
himoya organlari — shoxlar va suyakli zirhlari ham bo`lgan. Ba’zi o`txo`r
dinazavrlar nosoroglarga o`xshash bo`lgan. Uchuvchi kaltakesaklar ham xilma-xil
bo`lib, ba’zilarining qanoti 8 metrga etgan. Qushlar og`zida hali tishlar saqlangan.
Boshqa belgilari bilan ular hozirgi qushlardan farq qilmagan.
Chamasi, yo`ldoshli sut emizuvchilar bo`r davrida vujudga kelgan bo`lishi
kerak. Sudralib yuruvchilarning tuxumi rivojlanishi uchun ma’lum temperatura
zarur. Tana temperaturasining doimiy emasligi, tuxum bilan ko`payish sudralib
yuruvchilarning shimoliy o`lkalarga tarqalishini cheklab qo`ygan. Sut emizuvchilar
tana temperaturasining doimiyligi, tirik tug`ish sudralib yuruvchilarga nisbatan
o`zgargan muhit sharoitiga ko`proq moslanishiga sabab bo`lgan. Bu holat kaynozoy
erasida sudralib yuruvchilar o`rniga sut emizuvchilar hukmron bo`lishiga imkon
bergan.
Hasharotlar keng tarqalishi bilan yopiq urug`li o`simliklarning ba’zilari
hasharotlar yordamida changlana boshlagan. Bo`r davrinnng oxiriga kelib, yangi
tog`lar hosil bo`lishi jarayonlari ro`y
bergan va Alp, Himolay kabi tog` tizmalari
hosil bo`lgan. Iqlim o`ta kontinentallashib, soviy boshlagan. Dengizlardagi
ammonitlar, belemnitlar va ular bilan oziqlanuvchi yirtqich kaltakesaklar —
pleziozavrlar va ixtiozavrlar qirilib ketgan. Quruqlikda o`txo`r dinazavrlar uchun
oziq hisoblangan suvga yaqin o`simliklar yoppasiga qirila boshlagan. Oqibatda
o`txo`r dinazavrlar va ular oziqlanuvchi yirtqich dinazavrlar nobud bo`lgan.
Sudralib yuruvchilardan ekvatorga yaqin joylarda faqat timsohlar, toshbaqalar va
gatteriya kabi yirik formalar saqlanib qolgan. Ularning
boshqa yashab qolgan
formalari (ilonlar, kaltakesaklar) unchalik katta bo`lmagan.
Mezozoy erasida sudralib yuruvchilarning xilma-xil sharoitga moslanishi
idioadaptatsiya yo`nalishida borgan. Natijada ixtiozavrlar, pleziozavrlar, uchar
115
kaltakesaklar va quruqlikda yashovchi dinazavrlarning o`txo`r, yirtqich formalari va
boshqa organizmlar guruhi paydo bo`lgan. Bu eradagi aromorfoz o`zgarishlarga
qushlar, sut emizuvchilar hamda gulli o`simliklarning vujudga kelishini kiritish
mumkin. Qushlarning rivojlanishi bosh miya, sezuv organlari, o`pkalar
takomillashishi, bronx
va alveolalar sonining ortishi, 4 kamerali yurakning
rivojlanishi, pat, parning paydo bo`lishi bilan uzviy bog`liqdir. Bu o`zgarishlar
qushlarning tuzilishi, hayot faoliyati sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan
murakkablashuviga olib kelgan.
Sut emizuvchilarda ham nafas olish, qon aylanish organlari murakkablashgan,
moddalar almashinuvi jarayoni tezlashgan. Bular terining jun bilan qoplanishiga,
tana temperaturasining doimiy bo`lishiga imkon bergan, Miyacha va miya yarim
sharlarining kattalashishi tufayli murakkab shartsiz reflekslar va instinktlar,
shuningdek, shartli reflekslar hosil bo`lish imkoniyati kengaygan.
Gulli o`simliklarda ham bir qancha o`zgarishlar sodir bo`lgan. Gulning vujudga
kelishi, qo`sh urug`lanish kabi o`zgarishlar ana shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: