Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3.
 
Hayotning tuzilish darajalari. 
Evolyutsiya sintetik nazariyaning taraqqiy etishi tufayli tirik tabiatni o`rganishga 
oid tadqiqotlarda biologik usullardan tashqari, fizika – kimyo, matematik usullar 
ham keng qo`llanila boshlanadi. Natijada hayotning tuzilish darajalari haqidagi 
bilimlar shakllandi. Hayot tuzilishi darajalarining miqdori va sifati to`g`risida 
olimlar o`rtasida yakdillik bo`lmasada, lekin uni molekula, hujayra, organizm, 
populyatsiya – tur, biogeosenotik, biosfera darajasida mavjudligini ko`pchilik e’tirof 
etadi. Evolyutsion jarayonlari hayotning molekula darajasidan tortib, to biosfera 
darajasigacha bo`lganlarini qamrab oladi. Ammo asosiy evolyutsion hodisalar 
molekula, hujayra organizm, populyatsiya, tur va biogeosenotik darajalarda 
kuzatiladi. Hayotning har bir tuzilish darajasida uning boshlang`ich birligi bo`lib, 
nuklein kislotalar molekulasining bir bo`lagi hisoblangan gendir. DNK 
reduplikatsiyasi tufayli genlardan nusxa va axborot olinadi va ular bo`g`inlar orasida 
uzviy bog`lanishni hosil etadi. Odatda, molekulalar turg`unligining buzilishi 
genlardagi axborot o`zgarishiga sabab bo`ladi. Bu albatta boshlang`ich hodisa 
hisoblanadi. DNK reduplikatsiyasida bunday o`zgarishlar – mutatsiyalar kelgusi 
bo`g`inlarga berilishi tabiiydir. DNK molekulasidagi axborot hayotiy jarayonlarni 
amalga oshirishda bevosita emas, balki bilvosita ishtirok etadi. 
DNK molekulasidagi irsiy axborot ma’lum muhit, organoid, energiya bo`lgan 
taqdirdagina oqsil biosintezi jarayonida haqiqiy axborot holiga aylanadi. Albatta, 
qayd qilingan jarayon hayotning hujayraviy tuzilish darajasida ro`y beradi. Shunga 
ko`ra, hayotning hujayraviy tuzilishining boshlang`ich birligi hujayra, boshlang`ich 
hodisasi esa hujayra metabolizmning reaksiyalaridir. Hujayraning faoliyati tufayli 
tashqaridan kirgan moddalar hujayra zahirasi va energiyasiga aylanadi va ularning 
sarflanishi hamda qayta sintezlanishi irsiy axborot zaminida amalga oshadi.
Tug`ilgandan to hayotini tamomlaguncha tirik sistema tarzida bo`lgan individ 
hayotning organizm darajasining boshlang`ich birligi hisoblandi. Shunga ko`ra, uni 
hayotning ontogenetik darajasi deb aytish ham mumkin, chunki tashqi muhitning 
muayyan sharoitida organizmdagi mavjud irsiy axborotning amalga oshishi uning 
o`ziga xos fenotipini shakllantiradi. Individual rivojlanish mobaynida organizmda 


117 
yuz beradigan barcha qonuniy o`zgarishlar hayotning organizm darajasining 
boshlang`ich hodisasi hisoblanadi. 
Hayotning populyatsiya – tur darajasining boshlang`ich birligi populyatsiyadir. 
Populyatsiya organizmlar uyushmasi genofondining umumiyligi bilan belgilanadi. 
Bir turga kiruvchi populyatsiyalar o`zaro erkin chatisha olgani sababli populyatsiya 
ochiq genetik sistema hisoblanadi. Evolyutsiyaning boshlang`ich omillari ta’sirida 
populyatsiya genofondida evolyutsion yangilanish ro`y beradi. Bu yangilanish 
hayotning populyatsiya – tur darajasining boshlang`ich hodisasidir. 
Ma’lum kimyoviy tarkibga ega bo`lgan tuproq, havo, namlik hamda 
temperaturada yashaydigan bir turga mansub organizmlar boshqa turga kiruvchi 
organizmlar bilan o`zaro bog`liq bo`ladi. Muhitning ma’lum sharoitda har xil 
sistematik guruhlarga kiruvchi organizmlar o`zgaruvchan, shu bilan birgalikda 
ma’lum muddat mobaynida turg`un uyushma biogeosenozlarni hosil qilib, u 
hayotning biosenotik darajasi uchun birlik hisoblanadi. Ayrim biogeosenozlarning 
tur tarkibi tarqalgan joyning xarakteristikasini, moddalar va energiyaning davra 
bo`ylab aylanishini ta’minlab, o`z navbatida hayotning biogeosenotik darajasi uchun 
boshlang`ich hodisa hisoblanadi. Moddalar va energiyaning davra bo`ylab 
aylanishida tirik organizmlar muhim o`rin tutadi. Moddalar va energiya shakldagi 
xar bir biogeosenoz ochiq sistemadir. Shu sababli biogeosenozlar yagona 
kompleksga, ya’ni hayotning tarqalish oblasti – biosferaga birlashadi. Hayotning 
yuqorida tasvirlangan tuzilish darajalari evolyutsiya jarayonining umumiy 
strukturasini ifodalaydi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish