“O’tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir



Download 38,93 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2022
Hajmi38,93 Kb.
#420293
  1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


Mundarija
Kirish
Birinchi bob “O’tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir.
I.1 Qodiriyning hayot va faoliyati
I.2 Romanning yaratilish tarixi.
Ikkinchi bob.”Otkan kunlar” romanidagi qahramonlar haqida
II.1 Romanda Xushruy bibi va Jannat xola obrazlari
II.2 “O’tkan kunlar” romanining hozirgi kundagi ahamiyati
Xulosa
Foydalangan adadbiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritgandan keyin, barcha sohalarga jiddiy e’tibor berildi. Shu bilan bir qatorda, о‘zbek adabiyotida о‘chmas iz qoldirgan adiblarimizning buyuk nomlariga, о‘lmas adabiy meroslariga ham alohida diqqat qaratildi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlaridek insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bо‘lsa, sо‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas1. Buyuk iste’dod sohibi, gо‘zal romanlar muallifi Abdulla Qodiriy haqida о‘nlab kitoblar, yuzlab adabiy-tanqidiy maqolalar yozilgan. Ularda adib ijodi, hayotiga tegishli ma’lumotlar turlicha talqin qilingan. Abdulla Qodiriyning badiiy olami, adabiy-estetik ideali bilan talqinchining ilmiy qarashlari orasidagi munosabat, hukmron siyosatining adabiy talqinga ta’siri, va boshqa qator masalalarni yangicha ilmiy asosda о‘rganish muhim. Shuningdek, masalaning yangicha estetik qarashlar asosida о‘rganish, bu nihoyatda dolzarb ekanligi bilan farqlanadi.


Shu ma’noda adabiyot va siyosat juftligi filologiya ilmida har vaqt yonma-yon keladi. Adabiy asarni, ma’lum bir ijodkor merosini, shaxsiyatini bor holicha tushunish va tushuntirishda arxiv xujjatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, biografik ma’lumotlarning ilmiy muomalaga olib kirish nafaqat badiiy asarning о‘zini, balki uning muallifini, aniq bir inson qalbini, dardu dunyosini his etishga ham ahamiyatlidir. Ayni masalalarni mantiqiy, izchil va asosli ravishda qodiriyshunoslik misolida yoritish, о‘zbek adabiyotshunosligining umumiy va xususiy holatini tasavvur etishda yordam beradi. Bir tomondan, qodiriyshunoslik tarixining umumiy manzarasi kо‘zga tashlansa, ikkinchidan, talqindagi xilma-xillik negizi, badiiy talqin va ilmiy talqin muvozanati, badiiy asarni tushunish va tushuntirish, ilmiy talqin va unga boshqa omillarning ta’siri oydinlashadi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kursishimizning asosiy maqsadi о‘zbek adabiyoti tarixida Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodiga, asarlariga tegishli ma’lumotlar turlicha talqin qilinganligi, о‘tgan davrda Abdulla Qodiriyning badiiy olami, adabiy-estetik qarashlari orasidagi munosabatlarni, qolaversa, bu munosabat istiqlol yillarida qanday tarzda о‘z aksini topganligi, eng muhimi bu munosabatlar о‘zbek munaqiqidlari tomonidan qanchalik haqqoniy yoritilganligini ochib berishdir. О‘zbek romansiligi asoschilaridan biri Abdulla Qodiriy asarlarining о‘rganilishida juda kо‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Xususan, adib ijodida, bir nechta kitoblar, yuzlab adabiy tanqidiy maqolalar yozilgan.
Bu kabi e’tibor adib ijodiga nafaqat ayni damda, balki о‘zbek adabiyotshunosligining 20-30-yillarida va istiqlol yillarida ham qizg‘in davom etib kelmoqda. Bundan tashqari adabiyotshunosligmiz tarixida Abdulla Qodiriy dunyoqarashining turli qirralari jiddiy talqin etildi. Bu talqinlarda о‘zbek munaqqidlaridan S. Husayn, A.Aliyev, Oybek, M.Qо‘shjonov, istiqlol yillarida, U.Normatov, M.Qarshiboy, X.Sultonov, Aftondil Erkinov, X.Lutfiddinova kabi adabiyotshunoslarni atab о‘tish о‘rinlidir.
Abdulla Qodiriyning badiiy olami, adabiy-estetik ideali bilan talqinchining ilmiy qarashlari orasidagi munosabat, hukmron siyosatning adabiy talqinga ta’siri, Talqin va tahlillardagi vul’gar sotsiologizm, subyektivizm va boshqa qator masalalarni yangicha ilmiy asosda о‘rganish muhim. Shuningdek, masalaning yangicha estetik qarashlar asosida о‘rganish, bu nihoyatda dolzarb ekanligi bilan farqlanadi.
Kurs ishning amaliy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyatiga shundan iboratki, Abdulla Qodiriyning hozirgi о‘zbek romanchiligining shakllanishida xizmatlarini ilmiy jihatdan asoslab beradi va о‘zbek adabiy tanqidchiligida Abdulla Qodiriyning о‘rganilish tarixi bilan shug‘ullanuvchilar uchun nazariy asos bо‘lib xizmat qiladi.
Kursishining amaliy ahamiyati shundagi, undan о‘zbek adabiyoti tarixi, о‘zbek tanqidchilari, asarning tahlili bо‘yicha darslik va qо‘llanmalar yozishda, maktab, litsey va kolejlarda yuqoridagi fanlardan ma’ruzalar о‘qishda foydalanish mumkin.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Tadqiqotda о‘zbek adabiyoti tarixi Abdulla Qodiriy ijodining о‘ziga xos xususiyatlari, va asarlarining taraqqiyot tamoyillari tadqiq qilinib ilmiy-nazariy jihatdan umulashtirildi.
Kurs ishida adib ijodining quyidagi jihatlari yoritildi:

  • O’tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir.

  • Qodiriyning hayot va faoliyati

  • Romanning yaratilish tarixi.

  • Otkan kunlar” romanidagi qahramonlar haqida

  • Romanda Xushruy bibi va Jannat xola obrazlari

  • “O’tkan kunlar” romanining hozirgi kundagi ahamiyati

Kurs ishi kirish, ikkita asosiy bob, xulosa , foydalangan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Download 38,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish