“O’tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir



Download 38,93 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2022
Hajmi38,93 Kb.
#420293
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word

Birinchi bob “O’tkan kunlar”-hayot haqiqati aks etgan romandir.
Buyuk yozuvchi, shoir, dramaturg va publitsist Abdulla Qodiriy o‘tgan asrning haqiqatan ham fenomen shaxsidir. U o‘zbek adabiyoti tarixi va rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Qodiriyning mahorati yil sayin xorijda tobora ko‘proq e’tirof etilayotgani ajablanarli emas! Masalan, 2019-yil dekabr oyida O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida AQShda birinchi bo‘lib ingliz tilida nashr etilgan Abdulla Qodiriyning "Bygone days" ("O‘tkan kunlar") kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Romanni taniqli amerikalik tarjimon va tadqiqotchi Mark Riz tarjima qilgan.
"O‘tkan kunlar" - bu o‘zbek romanistikasidagi birinchi qaldirg‘ochdir. Qodiriy romanning kirish so‘zida shunday deb yozadi: “Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu ‎yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash ‎dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni ‎shu zamonning "Tohir-Zuhra"lari, "Chor darvesh"lari, «Farhod-Shirin»... lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.‎ Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — “O‘tkan kunlar”, yangi zamon ro‘monchilig‘i ‎bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi bir havasdir”. Butun roman davomida yozuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchiga murojaat qiladi, rang-barang obrazlarni yaratadi, qahramonlarning haqiqiy his-tuyg‘ularini yetkazadi.
Abdulla Qodiriyni bejizga "millat ko‘zgusi" deb atashmaydi. Yozuvchi o‘z asarlarida XIX asrdagi Turkiston tarixini haqqoniy tarzda yoritib beradi, o‘zbek hayotining chinakam manzarasini yaratadi va o‘sha davr muammolari haqida mulohaza yuritadi.
Abdulla Qodiriy oʻz davrining ilgʻor bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri xususida qaygʻurdi. Zamon talotoʻplari adib qalbini iztirobga soldi. “Oʻtkan kunlar” romani orqali xalqning milliy ongini uygʻotmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari” — yurtni mustamlaka balosiga yoʻliqtirgan keyingi noahil “xon zamonlari”dan soʻz ochib, bu ayanchli haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi boʻldi.
Romanning maʼno-mundarija doirasi nihoyatda keng. Unda xilma-xil insoniy taqdirlar, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy-ishqiy muammolar qalamga olingan. Biroq ular orasida yurtning taqdiri, mustaqilligi masalasi alohida ajralib turadi. Asarning bosh qahramonlari Otabek va Yusufbek hoji shu yurt istiqloli, farovonligi, osoyishtaligi yoʻliga hayotini, jonini tikkan fidoyi kishilar sanaladi.
“Oʻtkan kunlar” romani bamisoli ulkan va tiniq koʻzgu, unda oʻzbek millatining muayyan tarixiy sharoit, vaziyatdagi turmushi, urf-odatlari, ruhiy-maʼnaviy dunyosi, boʻy-basti, qiyofasi keng koʻlamda aniq-ravshan tasvirlanadi. Romandagi uchlik — oshiq, maʼshuqa va agʻyor, bir qarashda, anʼanaviy ishq dostonlarini ham eslatadi. Unda Otabek bilan Kumushning toza muhabbati, ishqiy kechinmalari, baxti va baxtsizligi juda zoʻr mahorat bilan koʻrsatiladi. Asardagi juda kam insonlar qalbidan chuqur joy oladigan bir “durri bebaho” — ishq-muhabbat tuygʻusiga doir inja tafsilotlar kitobxonni hayajonga soladi. Otabek bilan Kumushning saodatli onlaridan mahrum etgan fojiaviy sahnalar kishini chuqur oʻyga toldiradi. Muallif oshiqlarning ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni — Turkistonning rus bosqini arafasidagi ahvoli, qora kunlarini koʻz oldimizda gavdalantiradi. Ayni damda oʻlkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi jaholat, qoloqlik va oʻzaro ichki nizolardir, degan fikrni gʻoyat ustalik bilan asarning mazmun-mohiyatiga singdiradi.
Adibning badiiy soʻzida betakror joziba mujassam boʻlgani bois “Oʻtkan kunlar”ni necha bor oʻqisa ham, odam toʻymaydi, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi. Roman oʻquvchini zeriktirmaydi. Qayta oʻqish jarayonida asarning yangidan-yangi qirralari ochiladi. Bir oʻqilganda eʼtiborsiz oʻtilgan epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldordir. Zero, koʻrkam adabiyotdek sanʼat dunyosida badiiy soʻz — poetik nutq muhim sanaladi: soʻz vositasida manzara, ruhiyat va obraz chiziladi.Abdulla Qodiriy soʻzida oʻquvchini oʻziga bogʻlab turadigan, insonni oʻziga ohanrabodek tortadigan quvvat bor. Buni oʻquvchi sezmasligi mumkin emas. Aynan soʻzning taʼsiri bois Kumush oʻlgan sahnada hoʻng-hoʻng yigʻlaydi kitobxon. Aytmoqchi, bu epizodning oʻzi yigʻlab yozilgan. Demak, adibning titragan, ichikkan, oʻksigan yuragi shu sahifalarga koʻchgan. Badiiy ijoddagi bir qonuniyat shuki, mujmal tasavvurlar mujmal ifodalanadi, yigʻlab yozilgan sahifalar yigʻlab oʻqiladi. Chinakam adibning estetik dunyosi, ijodkor qalbi ana shunday sahifalarga muhrlanadi.
Abdulla Qodiriy romanlarini oʻzbek adabiy tilining zamonaviy koʻrinishda shakllanayotgan bir davrda yozdi. Adabiy tilning rutbasi, maqomi yuksalishida adibning xizmati katta boʻldi. Til millatni birlashtiruvchilik qudratiga ega qadriyatdir. Qodiriyshunos olimlar fikriga eʼtibor berilsa, Abdulla Qodiriy toshkentlik boʻla turib oʻz romanlarida mahalliy sheva unsurlarini umuman qoʻllamaydi. Hatto qahramonlarining nutqini individuallashtirishda ham boshqa badiiy vositalardan foydalanadi. Demak, adib shu zaylda bor mahorati bilan oʻzbek adabiy tilining boyligini, oʻzbek tilining keng imkoniyatlarini namoyish ham qiladi.
“Tana buzoqning turqi tuqgʻanigʻa tamgʻa” yoki “...oldidagi ovni koʻrmay, uzoqdagi yovni koʻradi”, “Xonning qoʻyini boqish uchun, qovoqlarni belga taqish uchun...”, “Endi koʻrsam, miltiqning oʻqidek, pushti gulning toʻqidek kelinim bor ekan” kabi yuzlab xalqona iboralardagi saj, ritm va latiflik adib asarlari tiliga, qahramonlari nutqiga joziba baxsh etadi.
Abdulla Qodiriy bejiz: “Oʻzbek tili kambagʻal emas, balki oʻzbek tilini kambagʻal deguvchilarning oʻzi kambagʻal. Ular oʻz nodonliklarini oʻzbek tiliga toʻnkamasinlar”, degan fikrni aytgan emas. Aynan oʻzbek tilining naqadar boy imkoniyatlarga egaligini asarlari bilan isbotladi. Qolaversa, maʼrifatli bir ziyoli sifatida oʻzbekning soʻzi uchun, adabiy tilning istiqboli uchun qaygʻurdi. Abdulla Qodiriy ijodidagi bunday chin haqiqatni har kim har doim yodda tutmogʻimiz lozim.
“Oʻtkan kunlar” xayoliy va hayotiy omillar uygʻunligida maydonga kelgan ulkan bir maʼnaviyat qasriki, uning ichkarisiga kirgan odam insoniyat abadiyatiga daxldor tushunchalarning badiiy talqiniga, eng nafis his-tuygʻularning betakror tasviriga, oʻzaro chambarchas bogʻlangan ijtimoiy va individual holatlar zanjiriga duch keladi, aqli hayron qoladi.
Oybek Abdulla Qodiriy ijodiga bagʻishlangan tadqiqotida adib shaxsiyati va ijodiga baho berib, yozadi: “Abdulla Qodiriy isteʼdodli, qalbi butun va oʻziga xos ravishdagi shaxs edi... Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi navbatda gʻoyatda hayotiyligi bilan ajralib turadi”. Rost gap, isboti — umrboqiy “Oʻtkan kunlar”.
Nazarimizda, Abdulla Qodiriy asarlarining umrboqiylik asoslarini, eng avvalo, adibning favqulodda isteʼdodidan, shaxsiyatidan, dunyoqarashini shakllantirgan zamindan, adabiyotdagi abadiy mavzularning maromiga yetkazib tasvirlashidan, soʻzning ruhiyatga taʼsiri va shu singari koʻzga koʻrinib-koʻrinmay hamda hisga taʼsir etib-etmay turgan boshqa bir qator sirli unsurlardan izlash kerak.
“Oʻtkan kunlar” romanini har bir avlod oʻzicha tushunadi va tushuntiradi. Garchand shu kunga qadar roman hajmidan bir necha barobar koʻp hajmli talqinu tahlillar yozilgan boʻlsa-da, bunday sharhlash va tushuntirishlar zanjiri kelgusida ham davom etadi. Chunki roman oʻzining choʻng badiiyatiga koʻra shunday talqinlar uchun manba boʻla oladigan sanʼat asaridir.2

I.1 Qodiriyning hayot va faoliyati
Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda bog’bon oilasida dunyoga keldi. “Boshida boy oilada tug’ildimmi yoki kambag’al oiladami, albatta, bilmadim, – deb yozadi A.Qodiriy, – ammo yoshim 7-8ga yetgach, qornim oshga to’ymog’onidan, ustim tuzukroq kiyim ko’rmaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog’i faqat 80 yoshli bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog’ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog’ mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochliqqa duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz”.
Abdulla bolaligidayoq zehni o’tkir, o’qish-o’rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo’lgan. Ammo oiladagi moddiy muhtojlik tufayli bir oz kechikib, 9-10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski maktabda o’qigach, 12 yoshida uni oiladagi nihoyatda qashshoqlik vajidan bir boyga xizmatchilikka beradilar. Xo’jayin savdogar kishi bo’lib, o’rischa yozuv-chizuvni biladigan odamga muhtoj edi. Abdullaning zehnini, o’qishga ishtiyoqini sezgan savdogar uni rus-tuzem maktabiga yuboradi. Ham o’qish, ham o’qishdan keyin xo’jayin qo’lida ishlash Abdulla uchun og’irlik qiladi, maktabga yaxshi bilim ololmaydi. Bu hol ikki davom etadi. So’ng bunga chidolmay, ota-onasiga yolvorib o’z uyiga qaytib keladi, shu yerda turib o’qishga qatnaydi. O’qishdan bo’sh vaqtlarida akasi yoniga kirib toqichilik hunarini o’rganadi. Ikki-uch yil shu toqichilik va bog’ ishlari bilan band bo’ladi. Bolalikda egallagan bu hunarlarni, ayniqsa, bog’dorchilikni u bir umr tark etolmaydi.
Abdulla rus-tuzem maktabini 1912-yil muvaffaqiyat bilan tugatdi. Bu maktabda o’qish, bolaligidanoq rus tilini egallash bo’lg’uvchi yozuvchi ijodiy taqdirida muhim kasb etdi, rus va jahon adabiyoti, madaniyati bilan tanishuvi uchun bevosita yo’l ochib berdi. Ikki yil o’tgach, Abdulla Toshkentdagi Abulqosim madrasasiga o’qishga kirdi. Madrasadagi qisqa ta’lim uning islom ilmi, arab va fors tillarini egallashi, keyinchalik bu sohalarni mustaqil o’zlashtirish uchun zamin hozirladi.
Abdulla 1912-yili Rasulmuhammadboy otliq savdogarga prikazchik bo’lib ishga kirdi. Bu savdogar boy insofli, ochiqko’ngil, mulla, ziyolilarni hurmat qiladigan kishi edi. Bu odam xonadonida yashab, uning savdo do’konida ishlab, Abdulla zamonasining ko’p ilg’or, ziyoli kishilari bilan tanishadi. 1914-yili boyning katta qizi Rahbaroyga uylanadi. Abdullaning bundan keyingi ham totuv, ham sertashvish hayoti, faoliyati umr yo’ldoshi Rahbaroy, u keyinchalik birin-ketin in’om etgan ikki o’g’il, ikki qiz – Nafiza, Habibulla, Adiba, Ma’sudlar bilan kechdi.
Abdulla ijodiy faoliyatining boshlanishi ham o’sha davrga to’g’ri keladi. “Shu miyonalarda, - deb eslaydi A.Qodiriy, - bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadig’on gazetalarni o’qib, dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913-yilda o’zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oina” gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg’ondi”. “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabari bosilgan. Bu xabar ostiga Abdulla Qodiriy deb imzo chekilgan. Shu tarzda matbuotda Abdulla Qodiriy nomi paydo bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay shu nom ostida “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chiqdi. Bu asarlar Qodiriyning ijodidagi dastlabki izlanishlar bo’lib, ular o’sha davrning taraqqiyparvar harakati – jadidchilik g’oyalari bilan sug’orilgan, jadid adabiyoti ta’siri ostida yozilgan edi. Bu asarlarda Qodiriy qoloq odatlarni tanqid ostiga oladi, xalqni o’zligini anglashga, yangilikka da’vat etadi.
Yozuvchining “Juvonboz” asari bevosita Behbudiyning “Padarkush” dramasiga taqlidan yozilgan. Hikoyada o’qishni tashlab buzuq, shaltoq yo’llarga kirib ketgan boyvachcha otasining mol-mulkini sovuradi, sindiradi; ota-onani dog’da qoldirib, oxiri jinoyatga qo’l uradi, qamaladi. “Baxtsiz kuyov”da esa muallif qoloq odatlardan biri – hashamatli to’y ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko’ngilsiz oqibatlari masalasini ko’taradi. Amakisining maslahati bilan Solih ismli yetim yigit katta qarz ko’tarib dabdabali to’y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Vaqtida qarzini uzolmay garovga qo’yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o’zini-o’zi o’ldiradi.
Qodiriyning oktabr inqilobidan keyingi faoliyati asosan matbuot bilan bog’langan. 1919-yili “Oziq ishlari” gazetasiga muharrir bo’lib tayinlandi; so’ngra “Ro’sta” gazetasiga muxbir, “Ishtirokiyun” va “Qizil bayroq” gazetalarida xodim, “Inqilob”, “Kommunist yo’ldoshi” majmualarida sarkotib va xodim bo’lib ishlaydi.
Qodiriy ham matbuot xodimi, ham jurnalist-publitsist, hajviy yozuvchi sifatida O’zbekistonda yangi tipdagi sovet matbuotining tug’ilishi va shakllanishida benihoyat katta xizmat qildi. Ayniqsa, “Mushtum” jurnalining tashkil topishida va oyoqqa turishida katta jonbozlik ko’rsatdi.
Qodiriy matbuot, jurnalistika sohasidagi bilimi va malakasini oshirish maqsadida 1924-1925-yillar orasida Moskvadagi oliy jurnalistika institutida ta’lim oladi. Moskvada o’qigan kezlarida ham respublika matbuoti bilan aloqasini uzmaydi.
Qodiriy 1919-1925-yillar orasida matbuotda yuzlab maqola, hajviyalari bilan qatnashadi. Bu asarlarni u har xil – Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Mahzum, Toshpo’lat, Ovsar, Dumbul, Shig’oy degan imzo-taxalluslar bilan e’lon qilgan.
Qodiriy publitsistikasining mavzu-mundarijasi, muammolar doirasi keng. Ular orasida hayotdagi muhim tadbirlarni, yangiliklarni olqishlab, qo’llab-quvvatlovchi, targ’ib-tashviq etuvchi (“Matbuot kuni”, “Otam va Bolshevik”, “1918-yil yodgori”, G’irvonlik Mallaboy aka“singari”), hayotdagi xilma-xil illatlarni fosh etuvchi maqolalar hamda bir turkum adabiy-tanqidiy ishlarni uchratamiz. Qodiriyning “Bizda teatr ishining borishi”, “Ravot qasgqirlari”, “O’tgan kunlar” va “O’tgan kunlar tanqidi ustida ba’zi izohlar” maqolalari 20-yillar o’zbek tanqidchiligining eng yaxshi namunalaridandir. Ularda realistik adabiyotning jiddiy masalalari – haqqoniylik, milliylik, badiiy shakl haqida muhim fikrlar ilgari surilgan.
Qodiriy oktabr inqilobi tufayli so’z erkinligi, jasorat oldik, deb quvongan edi. Endi bor ovoz bilan haqiqatni aytish, yozishga chog’lanadi. U inqilobni, yangi hayotni olqishlash, himoya qilish bilan barobar bu hayot yo’lidagi xilma-xil to’siqlarni fosh etishga, sho’ro voqealigiga xos ziddiyatlarni, siyosatdagi xato va kamchiliklarni xolis turib ko’rsatishga jazm etdi. U yangi hayot yo’lidagi to’siqlar faqat sinfiy dushmanlar – boy, domla-imom, ruhoniylar qarshiligidan iborat emasligini bilardi. Yangi dunyo quruvchilari ongi, xatti-harakati, o’zi ichki ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga to’la edi. Qator maqolalarida, hajviyalarida adib mana shu ziddiyat, kamchiliklarni ko’rsatishga harakat qildi. Ammo uning bu intilishlari birin-ketin zarbaga uchray boshladi. 1926-yilda “Mushtum” jurnalida bosilgan “Yig’indi gaplar” hajviyasida hayotdagi kamchiliklar, hukumat kishilari haqidagi beozor kulgi, hazil uchun aksil-inqilobiy harakat qilganlikda ayblanib qamoqqa olinadi. Qodiriy o’ziga qo’yilgan asossiz ayblarni qat’iyan rad etadi. Qamoqxonada nohaqlikka norozilik sifatida ochlik e’lon qiladi. Uzoq davom etgan tergovda, nihoyat, sudda mardona turib tuhmatchi, pastkash kimsalarni ayovsiz fosh etadi, siyosiy ayblar va dag’dag’alardan aslo cho’chimay, hech ikkilanmay faqat haqiqatni aytadi, qat’iy turib o’z sha’nini himoya qiladi. “Men to’g’rilik orqasida bosh ketsa “ix” deydirgan yigit emasman” deydi.3

I.2 Romanning yaratilish tarixi.
Abdulla Qodiriy ijodining muhim хislati-tariхiy burilishlar davrida хalq ichida bo’layotgan katta хodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu хislat, ayniqsa uning yirik tariхiy prozasida yaqqol ko’rinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O’tgan kunlar» romani yaqin o’tmishning yeng og’ir, yeng qora kunlari bo’lgan «Хon zamonlariga» bag’ishlangan yedi. «O’tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta ijtimoiy qiziqish tug’dirdi.
Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels «O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani, ingliz romani, rus romani bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan yedi. Ulkan qozoq yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Muхtor Avezov fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning yeng ulkan yozuvchisi bo’lib qolgan yedi».
Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi. U o’zbek romanchilik maktabini yaratdi.
«Modomiki biz yangi davrga oyoq qo’ydik, - deb yozgan yedi u o’sha romanga so’z boshisida-bas, har yo’sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan yergashamiz va shunga o’хshash dostonchilik, romanchilik va hikoyachiliklarda ham yangi asarlar yaratishga, хalqimizni shu zamonning «Tohir va Zuhra» lari, «Chor darvesh» lari, «Farhod va Shirin» lari, «Bahromgo’r» lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his yetamiz». Yozuvchining fikricha «O’tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’rirog’i, bir havas» yedi. Ammo o’zbek adabiyotida to’ng’ich roman bo’lgan-«O’tgan kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning g’alabasigina bo’lib qolmay, butun o’zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o’rin oldi. «O’tgan kunlar» da o’zbeklar va boshqa O’rta Osiyo хalqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi manzarasi yoritilgan. Feodallik zulmi, hukmdorlarning хalqlar va qabilalar orasiga nizo solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning fojiali oqibatlari, bu fojiani ko’rib, mamlakatni manfaatparast хonlar va beklar beboshligidan хalos qilishni orzu yetgan ilg’or kishilarning boshiga tushgan kulfatlar «O’tgan kunlar» ning mazmunini tashkil yetdi.
Davr uchun juda хarakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita aloqador voqealar Abdulla Qodiriy tomonidan san’atkorona tasvirlab bergani uchun «O’tgan kunlar» o’zbek хalqi va O’rta Osiyo хalqlari adabiyotida yangi davr ochdi.
O’tmish хodisalariga asar yaratilgan zamonning ilg’or mafkurasi nuqtai nazaridan baho berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan biridir. Turkistonda feodal mustamlaka zulmini ag’darib tashlab yangi mustaqil hayot qurishga intiladi.
«O’tgan kunlar» o’tmishni ana shu yangi hayotga intilish nuqtai nazaridan baholash ruhi bilan sug’orilgan Abdulla Qodiriy feodal davrni mehnatkashlar uchun zulm, baхtsiz хorlik davri sifatida qoralaydi. O’tmishga shunday baho ma’rifat jihatdangina yemas, ijtimoiy va siyosiy jihatdan ham katta aktual ahamiyatga yega yedi. Yangicha davrga intilish, хalq ongida o’tmishning adolatsizliklari haqida chuqur tushuncha hosil qilish bilan ham bog’liq yedi. Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Abdulla Qodiriy uchun birdan-bir to’g’ri yo’l-haqqoniy tasvir yo’li bilan boradi. Abdulla Qodiriy davrning hayot manzarasini, oddiy kishilarning taqdirini tasvirlash orqali yaratishi хarakterlidir, bu yesa etuk romanchilik хususiyatidir.
«Tariх bizga vog’ealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan ko’rsatadi. Ichkarida bo’layotgan хodisalar ustidagi pardani ko’tarib tashlaydiki, bu хodisalar orqasida haligi bizga ko’rsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy hayotda qanday ro’y berishi ham bekinib qoladi.
Roman tariхiy faktlarni aytib berishdan voz kechadi va voqealar romanning mazmunini tashkil yetuvchi хususiy voqea munosabati bilan tilga oladi, ammo shu shaхsiy voqea orqali bizning ko’z oldimizda tariхiy voqealarning ichki faktlarini, ularning astarini ochib beradi.... Mamlakat hayoti va asarning koloriti, ularning odatlari va хalqlari tariхiy romanning har bir хususiyatida (garchi bu uning maqsadi bo’lmasada) yaqqol ko’rinib turadi. Shuning uchunham tariхiy roman-fan sifatida tariхning san’at bilan qo’shilib ketgan nuqtasidir, tariхning qo’shimchasidir; go’yoki uning boshqa tomonidir.
Abdulla Qodiriy o’z tasvirida tariхiy faktlarga, hatto ayrim shaхslar Хudoyorхon, Musulmonqul, Azizbek va boshqalarni tasvirlashga suyangan holda, davr tavsifi, «jamiyat hayotining poyetik analizi» ni romanning markaziy qahramonlari Otabek va Kumushning taqdirini tasvirlash orqali beradi. Otabek va unga hayrihoh kishilarning taqdiri juda murakkab, ba’zan fojialidir. Bu ayniqsa romanning bosh qahramonlari taqdiri uchun хarakterlidir. Otabek, uning otasi YUsufbek Hoji, Kumushbibi va boshqalarning taqdiri orqali o’quvchini o’z davrining deyarli hamma ijtimoiy tabaqalari hayotiga olib kiradi.
Хon Хudoyorхondan boshlab qul Hasanaligacha jamiyatning turli tabaqalari vakillarining hayoti, bu davrda hukmdorlar va tobelar, хotinlar bilan yerkaklar, yoshlar bilan keksalar orasidagi munosabatlar, kishilarning turmushi va ularning bir-biriga bo’lgan munosabatlari asar davomida lavhalarda gavdalanadi.
Abdulla Qodiriy хarakterlarning ishonchli va yorqin tasvirlanishiga alohida ye’tibor beradi.
Boylar va savdogarlar muhitidan Otabek, YUsufbek Hoji, Qutidor, Ziyo Shoхchi, Homid va boshqalar; feodallar muhitidan Azizbek, Musulmonqul, O’tabboy qushbegi va boshqalar; mehnatkashlar muhitidan (ommaning tasviridan tashqari) Usta Olim, Usta Parpi va Hasanali hamda boshqalarning хarakterlari romanda juda ustalik bilan yaratilgan. Хarakterlar tasvirida yozuvchi, hayot haqiqatiga mos ravishda ularning хilma-хilligi, bir-biriga o’хshamasligini ko’rsatishga intiladi va shu bilan hayotning rang-barang yekani haqida tasavvur uyg’otadi.
Agar faqat boyvachchalar doirasini olsak, Otabek bilan Homid хarakterlari shunchalik farqliki, ular bir-biriga qarama-qarshi bo’lib maydonga chiqadilar. Хotin-qizlardan Kumush, Zaynab, Хushro’y, O’zbekoyim, Oftoboyim bir ijtimoiy muhit va bir jinsga mansubligiga qaramasdan bir-biridan juda farqli, yorqin obrazlardir. Abdulla Qodiriy хarakterlar tasvirida ularning «tabiiyligi» ga katta ye’tibor berar, hatto satira borasida ham «adabiyotda bir necha хil kulgi yo’llari bo’lsa ham... lekin yeng mo’’tabari хarakter kulgisi» yekanini uqtirib berar yedi.
«O’tgan kunlar» qanchalik novatorlik хarakteriga yega bo’lmasin, milliy adabiyotning asriy an’analaridan ajrab qolmagan, ularning yeng yaхshilarini rivojlantirish ruhida yozilgan.
Abdulla Qodiriy o’z romanini Sharq хalqlari tomonidan necha asrlar davomida sevib kelingan «Tohir va Zahra», «Farhod va Shirin» larga o’хshatgani bejiz yemas. Abdulla Qodiriyga mazmundan ajrab qolgan shakl, o’quvchining tabiiy ta’b yehtiyojlari ko’zda tutilmay yozilgan asar, bemaqsad va bema’ni «novatorlik» dan yot yedi. O’z romanida adabiyotning an’analaridan «etarli darajada uzoqlashmagani» ni ayb hisoblagan tanqidchilarga qarata yozuvchi aytgan yedi.
Biz ko’pchillik ishchi va dehqon ommasi uchun yozar yekanmiz, «yeski usul bilan yozadi, binoan alayх bu yozuvchiga birinchi nomerni bermaymiz» deb qilingan tasdiqlardan qo’rqmaymiz.
Sovet adabiyotining ayrim vakillari turli formalistik «oqimlar» ta’siriga tushganidan kulib, A.Qodiriy «Mushtum» jurnaliga she’riy hajviyasida quruq shakliy «izlanishlar» yo’liga tushib ketish halokatli deb ye’lon qilgan yedi. «O’tgan kunlar» ning mumtoz adabiyot va хalq ijodi bilan bog’lanadigan tomonlari-hayotdagi yorqin shaхslarga ye’tibor berish, ularni adabiyotga bosh qahramon sifatida olib kirish va yana ham «ko’tarib» tasvirlashdirki, buning natijasida Abdulla Qodiriyning ijobiy qahramonlari kuchli jozibadorlik kasb yetadilar. Otabek o’z davrining ilg’or kishisi, u mamlakat va хalq taqdirini o’ylaydi, feodal zulmning halokatli yekanini ko’rib, undan хalos bo’lish yo’llarini aхtaradi va zamonasi kishilarining ko’pchilligiga yordam qo’lini cho’zishga harakat qiladi. Qodiriy zamonasi kishilarining ko’pchilligiga хos bo’lgan milliy va diniy cheklanganlik illatlarini engib, ijobiy namunani «yot хalq» dagi idora usulinigina havas qiladi va savdo ishlari bilan Shamayga borganda uning idora uslubini ko’rib, Turkistonda ham хuddi shunday idora uslubi bo’lishini hohlaydi. Ziyo Shohchi oilasida bo’lgan yig’ilishda shu masalaga to’хtalib o’tadi. Otabek haqqoniy va samimiy so’zlariga ahli hayron qoladi.
Xushro‘ybibi Zaynabning egachisidir. Mohirabonu-dan ikki o‘g‘ul va ikki qiz dunyog‘a kelib, to‘ng‘uchi Azimbek, undan keyingisi Xushro‘y (yoshlig‘ida Xushro‘y o‘rniga Xushra der edilar), uchunchisi Karimbek va to‘rtinchisi bizning Zaynab edi. Zaynab egachisi Xushro‘ydan yetti yosh chamasi kichik edi. Garchi bu ikki egachi-singil bir qorindan talashib tushkan bo‘lsalar ham, sajiya — xarakterda tanib bo‘lmasliq darajada birbirlaridan farqlik edilar. Sajiyadagina emas, surat va siymo vajida ham katta o‘zgaliklari bor edi. Xushro‘y uzun bo‘ylik, qotmaroq va zarcha tanlik edi. Zaynab qisqa bo‘y, go‘shtdor va oq tanlik edi. Xush-ro‘yning harakati yengil va lavzi tez edi. Zaynab loppos va o‘nta so‘zga arang bitta javob qaytaradirg‘an edi. Xushro‘yning ko‘zi o‘ynab, har sekuntda o‘n yoqqa alang‘lar edi. Singlisi bo‘lsa birav bilan betma-bet kelib so‘zlashqanida ham ko‘zini hamisha bir nuqtadan uzmas edi. Xushro‘yga bolaliq chog‘idayoq uy ichi va qo‘ni-qo‘shni «shaddod» deb ism berganlar, chunki ul kimdan bo‘lsa-bo‘lsin, aytkanini qildirmay qo‘ymas, agar birarta ish uning tilagiga teskari ketsa shovqin-suronni xudda boshig‘a kiyib olar edi. Shuning uchun Xushro‘yning ra’yini bilmasdan qozon osilmas, unga yoqmagan gapka og‘iz ochilmas, ul bor joyda qadam ham sanalib bosilur edi. Zaynab egachisining aksicha o‘z yaqinlaridan «pismiq» deb ism olg‘an, onasi bo‘lsa achchig‘i chiqg‘anda «ming‘aymas o‘lgur» deb uni qarg‘ar edi. Ayniqsa quyida zikr qiladirg‘an holimiz bu ikki opa-singilning xarakteridagi farqlarini ochib ko‘rsatish uchun yetadir: Mohira oyim har bir hayitdan birar oylar ilgari eriga aytib bolalarig‘a kiyimlik oldirar edi. Oldirg‘an kiyimlik Xushro‘yg‘a yoqmasa darrav yaramag‘anini aytib almashdirib berishka dadasini majbur etar va ko‘ngli-dag‘ini hosil qilib tinchir edi. Ammo Zaynab bo‘lsa o‘ziga kelgan kiyimlikka qarshi boshda bir narsa demas, kiyimlik bichilib va tikilib ham arafa kunlari kelib yetkandan keyin hurpayib hech kim bilan so‘zlashmay qo‘yar edi. Mohira oyim qizining birarta ishdan norozilig‘ini payqab «Ming‘aymas, pismiq o‘lgur, tag‘in nima jin urdi seni?» deb so‘rag‘anida, Zaynab qovoq-dudog‘ini solib bir og‘iz ham javob bermas edi. Nihoyat ertaga hayit degan kuni Zaynabning hurpayishi yig‘i bilan almashar va yig‘i orasi maqsad ochilsa ham ko‘pincha natijasiz qolar edi. Birar joyga mehmondorchiliq uchun boradirg‘an bo‘lsalar, Xushro‘y hammadan ilgari e’lon etar edi: «Men ham boraman!» Albatta uni qoldirib ketish uchun endi hech kimda had yo‘q. Ikkinchi vaqt: «Men bormayman!» Bu taqdirda uni bir qadam siljitilsin-chi! Ammo Zaynab onasi bilan yangasi Hanifa bir joyga otlanadirg‘an bo‘lsalar, «boraman, bormayman» demas, ular ham yig‘lamag‘an bolag‘a sut berilmas qabi-lidan indashmasdan mehmondorchilikka ketar edilar. Kechqurun qaytib kelsalar bir burchakda Zaynab yig‘lab o‘lturipti: — Nega yig‘laysan? — Nega meni birga olib ketmadingiz... Zaynabning shu fe’li balog‘atka yetib, erga tekkandan keyin ham o‘zgarmadi. Otabekning Zaynabka bo‘lg‘an munosabatini o‘qu-g‘uchig‘a albatta so‘zlagulugi yo‘q. Eri unga oylab, yil-lab qaramay qo‘yg‘anida ham ul ih deb tovush chiqarmadi. Otabekning bu holiga qarshi chiqg‘uchi va Zaynabni yo‘l-yo‘ruqqa solg‘uchi yana faqat O‘zbek oyim ediki, buning sababi ham izzatlik o‘qug‘uchimizg‘a bir daraja ma’lum bo‘lsa kerak. Sut bilan kirgan jon bilan chiqar deganlaridek, O‘zbek oyimning o‘shal vaqtlardag‘i tash-viqotlari ham uning tarafidan faqat «kelinlik» majburi-yati ostida qabul qilinar, masalan, qayin ona — «falonchi domlag‘a borib mundog‘ qil, Zaynab», deb buyur-mag‘uncha o‘rnidan qo‘zg‘almas va shuning bilan birga erining tashlab qo‘yishi to‘g‘risida onasi, egachisi va boshqa yaqinlarig‘a churq etib og‘iz ochmas edi. Zaynabning bu holiga hukman — «erining qarash va qaramaslig‘i uning uchun farqsiz edi» deb aytish albatta to‘g‘ri bo‘lmaydir. Chunki kundashining Toshkandga kelish xabarini eshitkan Zaynabni biz yuqorida Otabek quchog‘ig‘a tashlang‘an holda ko‘rib edik. Xulosa, Zaynabning bolaliq vaqti bilan hozirgi holini chaqishdirib qarasaq ko‘ramiz; yosh Zaynab bir oy ilgari tikilib qo‘yilgan kiyimning o‘ziga yoqmag‘anini faqat arafa kuni aytib, yig‘laydir, bu kungi Zaynab o‘zining muhabbatini eriga faqat kundashi kelib yetar oldida e’lon qiladir. Biz yuqorida yosh Xushro‘y bilan o‘qug‘uchini bir darajada tanishdirgan edik. Endi uning oila hayoti bilan ham tanishdirishka majburmiz: Xushro‘yning erga tegishi ham o‘ziga o‘xshash fav-qulodda bo‘lg‘an edi. Masalan aksariyat qizlarimiz ota-ona kimni muvofiq ko‘rsa, shunga tegishka majburdirlar. Lekin Xushro‘yniki mundog‘ bo‘lmadi. Xushro‘y o‘n sakkiz yoshka yetkandan keyin unga sovchilar kela boshlaydirlar. Tabiiy Xushro‘yning fe’lini yaxshi bilgan ota-ona uning ra’yini olmasdan turib bir ish qilmoqdan qo‘rqadirlar. Olim ponsadboshig‘a ma’qul bo‘lg‘an necha yigitlar, Mohira oyimg‘a yoqg‘an qancha tegu taxtlik xonadonlar Xushro‘y tomonidan rad qilina boradir. «Falonchining o‘g‘limi?» deb so‘raydir Xushro‘y va onasidan javob kutmay: «xudoy ko‘tarsin erni. O‘shanga tekkanimdan ko‘ra, qaro yerga tekkanim yaxshi!» deydir. Bir necha vaqt shu yo‘sun Xushro‘yning ra’yiga qarab er-xotin zerikadirlarda, o‘zlaricha bir joyga qudalashmoqchi bo‘ladirlar. Ularning andishasini bilgan Xushro‘y boshda bunga qarshi bir narsa demaydir. Ammo uzil-kesil fotiha o‘qub, qudalashish uchun uyla-riga kelgan sovchi va quda xotinlarning oldilarig‘a kelib betlariga aytadir: «Hali men ersirab qolg‘anim yo‘q, fotiha o‘qub tashvish chekmay uylaringga jo‘nay beringlar». Mohira oyim bu yuzsizlikdan yer yorilsa yerga kirgundek bo‘ladir. Sovchilar ersa mundog‘ uyatsiz qizdan alhazar o‘qushib jo‘naydirlar. Albatta ota-onaning bunga qarshi choralari qarg‘ish va ranjishdan nariga o‘tolmaydir. Og‘asi Azimbekning Xushro‘y ustiga ko‘targan mushti ham «nega meni urasiz, men falonlik qildimmi?» degan haqlik so‘z bilan darmonsizlanadir. Shu voqi’adan so‘ng sovchilar oyoqi uziladir. Xush-ro‘y uchun hech kim og‘iz solmay qo‘yadir. Chunki boyag‘i sovchilar bu favqulodda muomalani ko‘ringan biravga doston qilib o‘quydirlar. Mohira oyim ta’naga til ochadir: «Endi dunyodan ersiz o‘tasan, qizim!» Lekin Xushro‘y hanuz pinagini buzmaydir: «Er qurib ketkan emasdir, xohlasam ertagayoq erga tega olaman», deydir. O‘rtadan bir necha vaqt o‘tib Azimbekning o‘rtoqla-ridan bo‘lgan Nusratbek otlig‘ bir beknikidan xotin ustiga sovchilar keladir. Mohira oyim eridan fikr so‘rash o‘rnig‘a qizig‘a arz qiladir va Xushro‘y munga qolganda quloq qoqmaydir. Bu roziliqni eshitib otasi va og‘asi juda so‘yinishadirlar. Zero Nusratbek beklar ichida obro‘likroq kishining o‘g‘li va hozirgi tutib turg‘an ishi ham ancha dong‘lik bo‘ladir. Shuning uchun uning xotinliq bo‘lish kamchiligi ham e’tiborg‘a olinmaydir. Fotihaning ikkinchi haftasi to‘y-nikohlari bo‘lib, Xushro‘yning Nusratbek bilan chodirda qilg‘an birinchi muomalasidan til biriktirib erga tekkani xotinlarg‘a ma’lum bo‘ladir. Xushro‘y chodirdan chiqmasdanoq choy tashib, xizmat qilib yurgan kundashiga kesatuq bilan hujum boshlaydir. Ikkinchi va uchunchi kunlarda to‘ppa-to‘g‘ri kundash ustiga sapchiydir. Hafta, o‘n kun o‘tmasdan erini o‘z tomonig‘a og‘ishdirib kundashi yonig‘a kirgizmayoq qo‘yadir. Ikkinchi va uchunchi haftalarda o‘choqboshini o‘z qo‘lig‘a olib kundashini ikkita yosh bolasi bilan tomoq vajidan ham siqa boshlaydir. Nusratbek bo‘lsa ko‘chaga chiqg‘anda beklik da’vosini qilib, uyiga kirganda Xushro‘ybekka mute’. Bechora katta xotin Xushro‘yning doimiy hujumiga mahkum qolib, eridan loaqal ikkita go‘daklari yuzi uchun bo‘lsin marhamat ko‘rmay azoblanadir. Ikkinchi oylardan boshlab Xushro‘y kundashini bo‘g‘ib urish odatini chiqaradir va o‘rim-o‘rim kundash sochini alafdek yulib olishdan ham tortinmaydir. Tamom jonidan to‘ygan bechora kundash uchunchi oyg‘a chidab borolmay eridan taloq so‘raydir. Noiloj Nusratbek ham unga javob berishka majbur bo‘ladir. Alamzada bechora ikki go‘dakni eriga tashlab ketmakchi bo‘lg‘anida Xushro‘ydan ochiqchasig‘a shu gapni eshitadir: «Itdan bo‘lg‘an qurbonliqqa yaramas! Bolalaringdan umidingni uzgan bo‘lsang, itbachchala-ringni bu uyda qoldir!» Xushro‘yning og‘zidan chiqg‘an bu tahdid bechora onaning yuragini uyushdiradir. Darhaqiqat, Xushro‘yning bu ishdan ham toymaslig‘ini aniq bilib, yig‘lay-yig‘lay bolalarini o‘zi bilan birga olib ketadir. Xushro‘y uch oy ichida tomir yoyib qolg‘an bir oilani ildizi bilan yulqib tashlab tinchiydir. Mundan boshqa Nusratbek kabi bir odamni ham o‘z ishoratiga qaratadir. Endi yetti-sakkiz yil bor, ul o‘z kayficha yashab ke-ladir. Har narsadan ham mamnun, biroq... Shuncha muddatdan beri ona bo‘lolmag‘anidan xafa, hamma qayg‘u hasrati ana shu tug‘masliqda. Mundan ikki yilcha burun eri Nusratbek: «Olti yildan beri tug‘maysan, ko‘r-satmagan tovuping qolmadi. Endi nima qilamiz?» deb kulgan edi, Xushro‘y erining maqsadi nima ekanini payqab: «Bolasiz kishi dunyoda turolmaydirg‘an bo‘lsa, bir oz zaharni boshlab sizga beraman, undan keyin o‘zim yeyman!» dedi. Shundan keyin Nusratbek mundog‘ gapni ikkinchi gapirmay qo‘ydi. Darhaqiqat, Xush-ro‘yning bu so‘zini hazil deb bo‘lmas edi.

Manba https://tafakkur.net/otkan-kunlar/xushroybibi-va-zaynab.uzb

1 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. Ma’naviyat, 2008 yil.



2 Bahodir Karim,filologiya fanlari nomzodi, professor.Xalq so’zi veb saytidan



3 Abdulla Qodiriy badiiy dunyosi. Toshkent: Universitet, 1994. 120 bet.



Download 38,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish