31-§. Biosfera evolutsiyasi. Biogenez 11 sinf "Biologiya" darsligi asosida



Download 2,72 Mb.
Sana05.06.2022
Hajmi2,72 Mb.
#637719
Bog'liq
Biosfera evolutsi

31-§. Biosfera evolutsiyasi. Biogenez

11 sinf "Biologiya" darsligi asosida. 2018

  • Biosfera evolutsiyasi bosqichlari. V.I.Vernadskiyning asarlarida bio -sfera evolutsiyasi konsepsiyasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu konsepsiyaning asosiy g‘oyasi shundaki, biosfera tirik organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan va rivojlangan. Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lgandan boshlab biosfera evolutsiayasi davom etib kelmoqda. V.I.Vernadskiy biosfera evolutsiyasini uch bosqichga ajratadi.
  • Birinchi bosqich – Yerda hayotning va birlamchi biosferaning paydo bo‘lishi. Bu bosqich paleozoy erasining kembriy davrigacha davom etadi. Bu bosqichning asosiy omillari geokimyoviy va iqlim omillari hisoblanadi.
  • Ikkinchi bosqich – ko‘p hujayrali organizmlar xilma-xilligining ortishi tufayli biosfera strukturasining murakkablashuvi. Bu bosqichning asosiy omili biologik evolutsiya hisoblanadi. Bu davr kembriy davridan boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo‘lishigacha davom etgan.
  • Uchinchi bosqich insoniyat jamiyatining kelib chiqishiga bog‘liq. Bundan taxminan 40–50 ming yillar avval boshlanib, hozirgi vaqtgacha davom etmoqda. Uchinchi bosqich insoniyat jamiyati kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘liq bo‘lgani uchun uni noogenez davri deyiladi.
  • Biogenez bosqichi. Yerda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Tirik organizmlar evolutsiyasi ta’sirida biosfera ham o‘zgara borgan. Dastlabki tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof oziqlanuvchi anaerob prokariotlar bo‘lgan.
  • Dastlabki tirik organizmlar abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib, biosferaning birlamchi biomassasini to‘plab borgan. Birlamchi biosferada organik moddalar kam bo‘lgani uchun geterotrof prokariotlar tez ko‘paya olmas edi.
  • Atmosferaning yuqori qatlamlarida elektrokimyoviy jarayonlar ta’sirida kisloroddan ozon ekrani hosil bo‘lgan. Ozon ekrani Yer yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ultrabinafsha nurlari va kosmik nurlarining halokatli ta’siridan himoya qilgan. Bunday qulay sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko‘paya borgan.
  • Atmosferada erkin kislorodning ko‘payishi Yer yuzasida aerob tipda kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p hujayralilarning kelib chiqishiga zamin yaratgan.
  • Dengizda yashovchi avtotrof organizmlar keragidan ortiqcha kislorod hosil qilgan va aerob organizmlarning yanada tez rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‘p energiya ajralgan. Ko‘p energiya esa organizmlarning morfologik va fiziologik jihatdan murakkablashishga imkon yaratadi.
  • Organik olam evolutsiyasidagi muhim hodisalardan biri tirik organizmlarning qu ruqlikka chiqishidir. Olimlarning fikriga ko‘ra, quruqlikka dastlab bakteriyalar va sianobakteriyalar eukariotlar paydo bo‘lishidan 3,5– 3,2 mlrd yil avval chiqqan. Tuproqning paydo bo‘lishi prokariotlarning quruqlikka chiqishi bilan bog‘liq. 500– 450 mln yil avval eukariot organizmlar – o‘simliklar, so‘ngra hayvonlar quruqlikka chiqqan.
  • O‘simliklar bilan bir vaqtda hayvonlar ham quruqlikka chiqqan. O‘rgimchaklar va chayonlar dastlabki quruqlik hayvonlari hisoblanadi. 380 mln yil avval suvda hamda quruqlikda yashovchilar (amfibiyalar), 300 mln yil avval sudralib yuruvchilar (reptiliyalar), 200–230 mln yil avval sutemizuvchilar va qushlar kelib chiqqan deb taxmin qilinadi
  • Hayvonlarning biosferadagi roli ularning geterotrof usulda oziqlanishi va harakatlanish xususiyati bilan bog‘liq. Ular o‘simliklar tomonidan yaratilgan organik birikmalarni iste’mol qiladi va ularni uzoq masofalarga ko‘chiradilar. Shu tarzda hayvonlar o‘simliklarning meva, urug‘, sporalarining tarqalishini ta’minlaydi.
  • Tabiatda moddalar davriy aylanishida ishtirok etuvchi produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar faoliyatlarining muvozanatlashishi natijasida biosferaning gomeostaz holati shakllanadi. Insonning paydo bo‘lishi bilan biosfera tarixida yangi juda kuchli omil paydo bo‘ldi va bu omil o‘z ta’siriga ko‘ra katta geologik jarayonlarga teng keladi.

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish