Mustaqil ishi mavzu: Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar. Mavzu: Mavzu: Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar



Download 0,98 Mb.
bet1/6
Sana23.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#506815
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kadikologiya



Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unversiteti Tarix fakulteti Arxivshunoslik yo‘nalishi 3-kurs sirtqi bo‘lim talabasi Xudoyberdiyev Ikromjonning Kodikologiya fanidan tayyorlagan

Mustaqil ishI

Mavzu:Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar.

Mavzu: Mavzu:Kitobot jaroyonida ishtirok etuvchi mutaxassislar.
Reja:
Kirish

  1. Nashr jarayonining birinchi bosqichi

  2. Nashr jarayonining ikkinchi bosqichi

  3. Nashr jarayonining uchinchi bosqichi

  4. Nashr jarayonining to`rtinchi bosqichi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Nashr jarayoni deganda, bugungi kunda, kitobshunoslik sohasidagi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan, qonuniy ketma ketlikka ega bosma nashrni tayyorlash va chop etish ishlari tushuniladi.Tor ma’noda tayyor qo‘lyozmaning nusxasini ko‘paytirish anglashiladi. Har holda matn bosish dastgohi ixtiro qilingunga qadar kitobat ishi shunday bo‘lgan. Noshirlik ishida texnika va texnologiyaning rivoji mazkur jarayonni muayyan bosqichlardan tashkil topishiga olib keldi. O‘tmish tajribasini umumlashtirgan holda bugungi kun noshirlik ishi nashr jarayonini aniq belgilab, nashriyotlaming adabiy asar chiqarishini tashkillashtirishdagi faol ishtiroki alohida ta’kidlanadi. Bundan tashqari bosma nashrlar chiqarishdagi muharriming o‘rni va ahamiyati yuksak baholanadi. Nashr jarayonining boshlanishi mavzuli reja tuzish bo‘lsa, kitobni tarqatish va kitobga jamiyatning baho berishi yakunlovchi bosqich hisoblanadi.

Nashr jarayonining birinchi bosqichi
Birinchi bosqichda - tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi, ya’ni muallif qo‘lyozmani topshirgunga qadar mavzuli reja tuziladi. Bu bosqichda muharrir albatta mavzuli rejani tuzish va tasdiqlashda faol ishtirok etadi. U mavzu yuzasidan muallif bilan suhbatlashadi, muhokama yuritadi, bo'lajak kitob rejasi ustida ishlaydi. Muallif taklifiga ko‘ra asar qismlari bilan tanishib chiqadi, ayrim muammolarni xal etish va kamchiliklarni to‘g‘rilashda muallifga ko‘maklashadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgunga 1991-yilga qadar nashriyotlar alohida yuridik shaxs hisoblangan. Bosmaxonalar ham mustaqil ishxona bo‘lgan. Bosmaxonalar barcha tur nashr mahsulotlarini ishlab chiqarsalar, nashriyotlar muayyan tur adabiyotlar chiqarishga ixtisoslashgan edi. Shunga ko‘ra nashriyotlar ular chiqarilgan mahsulotlariga ko`ra farqlangan. Adabiyot turlari bo`yicha keng ko‘lamli va ixtisoslashgan. Tasarufidaligiga ko‘ra esa davlat, tashkilot (muassasa) va xususiyga ajraladi. Ilgari (1991 -yilgacha) “O‘zbekiston” nashriyotida bir necha tur siyosiy, ommaviy-siyosiy, ilmiy-ommabop, iqtisodiy, falsafiy, tarixiy va xarbiy mavzulardagi, ma’lumotnoma adabiyotlar, shuningdek, kalendar, plakatlar chiqarilgan. “Ensiklopediya” nashriyoti faqat ensiklopedik (umumiy, sohaviy ensiklopediyalar, ensiklopedik lug‘atlar), “Fan” nashriyoti ilmiy adabiyotlar, “O‘qituvchi” nashriyoti o‘rta maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun faqat o‘quv adabiyotlari chiqarar edi. Boshqa nashriyotlar ham to`liq ixtisoslashgan bo‘lib, muayyan tur adabiyotlar chiqargan. Albatta, yuqoridagi tur tasnifimiz nisbatan shartli. Bundan tashqari qat’iy buyurtma asosida nashriyotlarda ixtisoslashuvi doirasiga kirmaydigan nashr mahsulotlari ham chiqarilgan. Adabiy asarlar chop etuvchi nashriyotlar bilan bir qatorda gazeta va jumallar chop etadigan Birlashgan nashriyot ham faoliyat yuritgan. O‘zbekistonda nashr etiladigan barcha markaziy gazeta va jumallami chiqarish
shu nashriyotning monopoliyasida edi.
Nashriyotlar asosan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘lgan:
- kitob tahririyati bo‘limlari.
- qo'lyozmani kо‘chirib bosish bo‘limi (mashinkada yozuvchilar bo‘limi).
-grafika, rassomlar, badiiy tahrir bo'limi.
-fotolaboratoriya.
- musahhihlar bo‘limi.
- kutubxona.
- ishlab chiqarish bo‘limi.
- reja-iqtisod bo‘limi.
- buxgalteriya.
- kadrlar bo‘limi.

- yuridik xizmat.
- та’muriy -xo‘jalik bo‘limi va boshqalar.

Bugunga kelib nashriyotlaming tarkibiy bo‘lim, bo‘linmalari alohida olingan har bir muassasaning ish hajmi, nashrlar tavsifi, turi va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘ra belgilanadi. Nashriyot bo‘ysunadigan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi. Bozor iqtisodiyoti tizimiga o‘tilgandan so‘ng O‘zbekistondagi barcha davlat tasarrufidagi nashriyotlar, bosmaxonalar qayta tashkillashtirildi. Endilikda nashriyot, bosmaxonalar birlashib, aytish mumkunki, yirik ishlab chiqarish birlashmasi - nashriyot-matbaa ijodiy uylari yuzaga keldi. Ular yagona axborot-matbaa agentligi tasarrufiga o‘tkazildi. Albatta, bunday yirik nashriyotlar o‘ziga xos murakkab tuzilishga ega. Masalan, “O‘zbekiston” nashriyotmatbaa ijodiy uyiga umumiy rahbarlikni bosh direktor amalga oshiradi. Uning tarkibida bir nechta direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va hokazo ma’muriy-boshqaruv xodimlari faoliyat ko‘rsatadi. Ixtisoslashuvidan qat’iy nazar ularda boshqa tur adabiyotlar ham chop etilmoqda. Xususan, ensiklopedik asarlar chiqarishga ixtisoslashgan nashriyot o‘quv adabiyotlari, hatto badiiy asarlami ham nashrdan chiqarmoqda. Nashriyot-matbaa ijodiy uylari tarkibida tijorat (kitob savdosi), reklama, marketing bo‘limlari ham mavjud. Ba’zi nashriyotlarda ayrim mustaqil bo‘limlar vazifasini maxsus xodim bajarmoqda. Kitob nashri bilan shug‘ullanuvchi nashriyotlarda tahrir bilan shug'ullanuvchi bo‘limlar asosiy tarkibiy qism hisoblanadi. Bunday bo‘limlar adabiyot turlariga ko‘ra tashkil topgan bo‘ladi. Ba’zi shunday nashriyotlarda, masalan O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyida ikkita bo‘lim faoliyat yuritadi. Biri ijtimoiy-gumanitar adabiyotlar, ikkinchisi tabiiy – texnikaviy adabiyotlar tahririga ixtisoslashgan. Albatta bunday paytda tuzilish, shakllanishlar davr talabi asosida yuz bermoqda. Buni bozor iqtisodiyoti taqozo etadi. Endilikda nashriyotlar mavzuli reja tuzishda bozor talabidan kelib chiqishi va shunga yarasha taklifni shakllantirishi kerak bo‘ladi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish