Lid formalar
Qaysi sohalarga lid formalar to'g'ri keladi:
Umuman olganda, B2B segmentiga, xizmat ko'rsatish sohalariga to'g'ri keladi.
- Mijozni telefonda kelishuvni keyingi etapida yopish mumkun bo'lgan sohalar.
- Oshxonalar
- Ta'mirlash sohasi
- Mashina test drayvi
- Turarjoyda kvartira ko'rish
- Marketing xizmatlari. RK, SEO sozlamalari, veb-sayt yaratish.
- Maxsus uskunalarni ijaraga olish
- Uy qurish
- Interer \ landshaftlar dizayni
- To'ylar. Tashkilotlar, fotograflar, ko'ylaklar va bezatish
- Kompyuterni yig'ish yoki ta'mirlash
- Telefonlarni ta'mirlash
"Niyatni kuchaytirish" kabi tezkor formalar faqat mobil qurilmalar uchun Facebook lentasida ko'rsatiladi.
Lid forma muammolari:
- Taxminan 20-30% lidllar maqsadsiz bo'ladi.
- Lidning narxi sayt yoki quiz landingdan ko'ra qimmatroq bo'lishi mumkin
- Ba'zan lid forma servisi integratsiya xizmatlari, buziladi va mijozga ariza kelmaydi.
Quiz landing - bu mijozlar uchun savollar joylashgan mini sayt. Ular savollarga javob berishadi, va so'rovnomaning oxirida bonus chiqariladi. Bonusni olish uchun esa ariza qoldirishadi.
Lid formaning plyus tomonlari:
- Katta narxlarda sotish mumkin emas, lekin agar oraliq qadamlar bo'lsa, bunday buyurtmalarni ham olishingiz mumkin.
- Agar lid formadan keyin oddiy bir qadam bo'lsa, mijzoni yopish Instagramdagi trafikdan ko'ra osonroq bo'ladi.
- Reklama yoki offer ishlayaptimi, yo'qmi ko'rish mumkun.
Lid forma maqsadlari ko'pincha "Oshxona", "Mebel" tipidagi bizneslar tomonidan foydalaniladi. Umuman olganda, avtomobil yoki ko'chmas mulk kabi qimmat xizmatlar yoki tovarlar sohasi bo'yicha ishlatiladi. Shuning uchun ushbu maqsadni to'g'ri ishlatish juda muhim, o'z vaqtida mijozga avtomatik arizalarni yuborish va sifatni nazorat qilib borish kerak.
Lid forma nima: bu reklamani bosganda sayt o'rniga chiqadigan sahifadir. Ushbu sahifada foydalanuvchi o'zini ma'lumotlarini to'ldirib, bizga yuborishi, savollarimizga biz keltirgan variantlarni tanlab javob berishi mumkun. Shunday qilib, biz mijozni kontaktlarni olamiz (telefon, ism, pochta, savollarimizga javoblar) va telefon orqali mijoz bilan bog'lanib, xizmatimizni sotish uchun yoki konsultatsiya / uchrashuv uchun chaqiramiz.
Lid formaning maqsadi - sotish uchun emas, ko'rib chiqish uchun ariza olish.
Xususiyatlar: Lid formalar Facebook uchun "konversiya" dan ko'ra qiyinroq maqsadlidir. Shuning uchun oxvat narxi "konversiya" maqsadiga qaraganda qimmatroq bo'ladi va buni hisobiga barcha ko'rsatkichlar qimmat bo'ladi. (CPC - klik narxi). Xarajat 1000 ta ko'rsatishga 70.000 so'mga aylanishi mumkun, klik esa o'rtacha 1500 - 3500 so'm bo'lishi mumkun.
Odatda, lid formani to'ldirishda konversiya 10 foizdan yuqori bo'ladi, shuning uchun klik narxi 3500 bo'lganda, tushadigan ariza narxi 35000 bo'ladi. Lid formning o'rtacha ariza qiymati 7000 - 27.000 so'mgacha chiqadi, bundan qimmatlari norma emas. Shakl va CPCni to'ldirayotganda har doim konversiyaga e'tibor bering. Agar CPC shakli 14000 so'mdan yuqori bo'lsa, unda bu sifatsiz e'lon haqida haqida dalolat beradi va buni o'zgartirish kerak.
Arizalar sifatiga diqqat bilan e'tibor bering, lid formaning 20-30% foizi maqsadga ega bo'lmaydi. Bizning maqsadimiz, bunday arizalar sonini minimal darajaga kamaytirish va iloji boricha sifatli ravishda bajarish. Axir, agar 20.000 so'mdan bitta arizani hisoblasak, 10 ta arizani 3 tasi noto'g'ri bo'lib chiqsa bu -60.000 so'm degani va oxirida maqsadli arizani narxi 55.000 bo'ladi.
Arizalar sifatini qanday yaxshilash mumkin: Buning uchun javoblarda variantni tanlash, telefonni avtomatik ravishda emas qo'lda to'ldirish so'raladi. Bunday holda, lid formani tasodifan yoki avtomatik tarzda to'ldirish yo'qoladi.
Lid forma va offer ichidagi matnni o'zgartirish ham yahshi foyda beradi. Masalan, Oshpazlik sohasi. Siz javob uchun 3 ta varianti bo'lgan shakllar qilishingiz mumkin (ism va telefonga qo'shimcha ravishda).
Oshxona mebellari to'g'risida bitta oyna, ikkinchisi rejalashtirilgan byudjet va uchinchisi oshxona zarur bo'lganda belgilangan muddatlar.
Mijozga ariza borguncha bo'lgan 3 ta vazifa tayyor bo'ladi. Bunday holda, ariza yanada maqsadli bo'ladi va biz mijoz haqida ko'proq ma'lumotni bilib olamiz.
Lid forma sozlamalari: lid formani sozlash uchun oldin reklama kampaniyasiga to'g'ri keladigan maqsadni tanlashingiz kerak.
FOTO
Reklama kompaniyasini sozlash, faqatgina reklama e'lonini tashkil etish punktidan tashqari boshqa narsalardan farq qilmaydi.
Yangi Facebook sahifalari e'lonlarni guruhini tuzayotganda avval ruxsatnomalarni qabul qilish kerak. Buning uchun "Условия" ni bosing va " Я соглашаюсь принять..." knopkasini bosing. Shundan so'ng siz lid formani sozlashingiz mumkin.
FOTO
Biz reklama yaratishga kiramiz va "Моментальная форма" menyusida kontaktlar formasini yaratamiz.
Surat
Forma uchun oldingi va kelajakdagi formalarni ajratish uchun nom beramiz. Uning nomidan, forma ichida nimaligi va u qaysi aktsiya uchun yaratilganligi bilinishi kerak. Masalan, "Oshaxona aksiyasida 01.04.2021 dan 30.04.20201 gacha shkaf - kupe sovg'a"
Bunda aksiya va uning muddatlari yaqqol ko'rinib turibdi.
Shuningdek, biz "Повышение объема" formasi turini tanlaymiz.
FOTO
"Настройки" menyusiga o'tamiz va forma tilini rus tiliga o'zgartiramiz. Aks holda, forma ichidagi barcha texnik ma'lumotlar , knopkalar nomi inglizcha bo'ladii. Bu foydalanuvchi uchun noqulay. Bundan tashqari, almashish imkoniyatini yoqamiz. Kamdan-kam hollarda ishlaydi, lekin nega biz odamlar formani do'stlari bilan baham ko'rishga va bepul arizalarni qabul qilishini taqiqlashimiz kerak?
FOTO
"Kontent" menyusidagi va "Qisqacha ma'lumot" bo'limini ko'rib chiqamiz.
Birinchisi, 1200x628 pikselli rasm. U yerga formada hamma narsa organik va chiroyli ko'rinishi uchun maxsus rasmni qo'shishimiz mumkun. Rasmdagi matnni cheksiz yozishimiz mumkin. Shuning uchun, asosiy offerni unda takrorlashimiz mumkin.
Men lid formasi uchun maxsus rasmni yaratishni tavsiya qilaman. Avtomatik ravishda almashtirish funksiyasidan paydo bo'lganlarni emas. Bunday holda, hamma narsa qiyshiq va xunuk ko'rinadi.
Facebook sahifasining nomi va uning profil rasmi ko'rinib turadi. Shuning uchun, nom va profil rasmi to'g'ri bo'lishi kerak.
Sarlavha - 60 ta belgidan iborat joy, Facebook sahifasining nomi ostida joylashgan. Biz mijoz uchun asosiy offer, ma'lumotni yozamiz.
FOTO
"Заголовок"dan keyingi katta blokda "Макет" maydoni matn yozish uchun xizmat qiladi. "Параграф" yoki "Списки" bo'limidan formatni tanlashingiz mumkin. Men "Параграф" formatini tavsiya qilaman, u to'liq va qulay. Ushbu joyga biz offer bo'yicha asosiy ma'lumotni, kompaniyamizning afzallik tomonlarini dubllaymiz (nusxasini ko'chiramiz). Biz mijozni ariza berishdan oldin imkon qadar qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Bu blokda smayliklarsan foydalanmang, ular noto'g'ri belgilar "?" sifatida ko'rsatiladi.
FOTO
"Вопросы" bloki forma uchun savollar yozishga zarur. Ular bo'lmasa, mijoz bilan aloqa qilish uchun hech qanday kontakt bo'lmaydi. Avtomatik ravishda 2ta "Эл.Адрес” va “Полное имя” maydoni ishlatiladi. Ko'p hollarda bizga "To'liq ism" va "Telefon" kerak. Shuning uchun, qo'shimcha maydonlarni o'chirib tashlaymiz.
FOTO
"Yangi savol qo'shish" knopkasi yordamida biz javob uchun yangi maydonlarni qo'shishimiz mumkin. Bizga "Contact Fields"ya'ni "Telefon raqami" maydoni va "User Information" ya'ni "To'liq ism" maydoni kerak.
Maydonlar avtomatik ravishda to'ldiriladi, bu joylar uchun ma'lumot qayerdan keladi?
Telefon - Instagramga bog'langan telefon raqami, aniqroq esa registratsiyada kiritilgani, biznes akkauntda aloqa uchun yaratilgani emas.
To'liq nomi - Instagramdagi "Nomi" deb nomlangan blok maydoni, profil shapkasidan 30 belgi tepada joylashgan.
Bizga boshqa avtomatik bloklar kerak emas, ular shunchaki Instagramda yo'q.
FOTO
"Custom questions"da qo'lingiz bilan yozib javob berishingiz yoki taklif qilingan variantlardan birini tanlashingiz kerak bo'lgan savollarni joylashgan.
Qisqa javob - bu yerda telefon klaviaturasida yozilishi kerak bo'lgan har qanday savolni yozishimiz mumkin.
Bir nechta javob variantlari - savol berishimiz va javobga variantlar keltirishimiz mumkin. Javob variantlarini o'rnatish maydonga xohlagan matnni kiritib Enter tugmasini bosishimiz kerak.
Ishlatish variantlari - byudjet, loyiha doirasi, shahar yoki shahar tashqarisi, qo'ng'iroq qilish uchun hafta kuni yoki vaqt oralig'i. Har bjr sohada bu har xil o'ziga xos muhim savollar bo'lishi mumkin.
Boshqa ikkita maydon (shartlar va uchrashuvlar grafigi) bizga kerak emas, ular 99.99% hollarda ishlatilmaydi yoki kerak emas.
"Oshxona" sohasi uchun lid forma misoli
Byudjet bilan savol
Yuqoridagi formadagi ma'lumotlar avtomatik ravishda telefon raqami va to'liq ismi bilan to'ldiriladi. “Желаемый бюджет” va “Стадия покупки” maydonlari potentsial mijoz tomonidan to'ldiriladi.
Olingan lidlar qayerga ketadi
Forma to'ldirilganda lidlar menyuni bir necha variantiga tushadi va siz ularni u yerdan yuklab olishingiz mumkin. Birinchi variant - "Объявления" ga o'tish va lentada chiqqan natijalardan “Лиды на Facebook” ga o'tish.
Keyin lidlarni yuklash diapazonini tanlashingiz va "Скачать" knopkasini bosishingiz kerak.
Shundan so'ng, e'lon Excel jadval formatida yuklab olinadi. Uni XLS formatini yuklab oling, bu qulayroq.
Mijozga telegram chatda lidlarni yuborish uchun, kerakli diapazonni Ctrl + C komandasi orqali tanlab, telegramga kirib Ctrl + V orqali chatga jadval ma'lumotlarini tashlaymiz.
Yuborayotganingizda sizga uni rasm yoki fayl sifatida yuborish taklif etiladi, biz ESC knopkasini bosamiz va bizda mo'jiza, chatda rasm o'rniga matn chiqadi.
Keyin biz matnni bo'lamiz va mijozga yuboramiz.
Ikkinchi usulda biz mijozning Facebook sahifasiga kirib, “Инструменты для публикаций” menyusini bosamiz.
Formalari kutubxonasiga kiramiz.
Kerakli lid formani topamiz va "Yuklab olish" knopkasini bosamiz.
Yoki (hali yuklab olinmagan) yangi lidlarni, yoki xohlagan sana diapazonidagi lidlarni yuklab olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |