Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi Reja: 1.Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobi va ularni moliyalashtirish tartibi. 2.Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi. Lizing muomalalari hisobining xususiyatlari. 3.Asosiy vositalarni xo’jalikdan chiqishi va tugatilishining hisobi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobi va ularni moliyalashtirish tartibi.
BHMA-5 “Asosiy vositalar” milliy andozasining 47-bandiga binoan asosiy vositalar bo’yicha joriy (ish holatini saqlab turish), o’rtacha (ayrim qismlarini tiklash yoki almashtirish) va kapital ta’mirlash (to’liq ta’mirlash, eskirgan qismlarini almashtirish, tiklash)ga bo’linadi.
Kapital ta’mirlash odatda bino, inshoat, texnika va ayrim boshqa asosiy vositalarga tegishli.
Ishlab chiqarish asosiy vositalarini barcha turdagi ta’mirlash xarajatlari ular xizmat ko’rsatadigan tarmoqlar mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib boriladi.
Ma’muriy va ijtimoiy-madaniy maqsadlarga xizmat qiladigan asosiy vositalar bo’yicha ta’mirlash xarajatlari davr xarajatlariga olib boriladi.
Asosiy vositalami ta’mirlash xarajatlari yuqorida ta’kidlanganidek bir yula tegishli tarmoqlar xarajatiga yoki unga tashkil etilgan rezerv hisobidan qoplanishi mumkin.
Xo’jalik asosiy vositlarini ta’mirlash pudrat (maxsus ta’mirlash tashkilotlari amalga oshirganda) va xo’jalik (xo’jalikni o’zi amalga oshirganda) usulida amalga oshiriladi. Xo’jalikda asosiy vositalarni qaysi usulda bo’lmasin ta’mirlash xarajatlarini qoplash uchun rezerv tashkil etilishi 8910 - “Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi” hisobvarag’i orqali amalga oshiriladi. Bunda rezerv summani aniqlash uchun ta’mirni smetadagi summasuni remont davridagi oylar soniga bo’linib oylik summa aniqlanadi. Shu asosda har oyda asosiy vosita xizmat qiladigan sohalar xarajatiga olib boriladi va unga DT 2010, 2310, 2510, 9420 va boshqa hisobvaraqlar debetlanib 8910 hisobvaraq kreditlanadi. Vaqti kelib ta’mirlash amalga oshirilganda uni xarajatlariga 8910 hisobvaraq debetlanib 2310, 6010 va ayrim boshqa hisobvaraqlar kreditlanadi.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari uchun rezerv tashkil etilmaganda xarajatlar ta’mirlash xarajatlari amalga oshirilgan hisobvaraqlardan (2310, 6010) to’g’ridan to’g’ri tegishli tarmoqlar xarajatiga olib boriladi (2010, 2310, 2510, 9420 va boshqalar).
Asosiy vositalarni ta’mirlashni pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilganda hisobvaraq-faktura va dalolatnomalar orqali rasmiylashtiriladi, xo’jalik usulida amalga oshirilganda unga nima sarflanishiga qarab tabel, ichki xo’jalik nakladnoyi va boshqa hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Har ikkala holda ham xo’jalik ta’mirlangan asosiy vositalarni AV-2 “Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” orqali qabul qiladi.
8910 hisobvarag’idagi rezervdan foydalanilmagan qismi yil oxirida DT 8910 KT 9390 holida boshqa operatsion daromadlarga qo’shilishi lozim.
Asosiy vositalarni ta’mirlash pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilganda 6010 - “Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”, xo’jalik usulida amalga oshirilganda 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarish” (ta’mirlash ustaxonasi) yoki ayrim boshqa hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.
Hisobvaraqlar rejasiga ko’ra 6010 hisobvaraq passiv hisobvaraqlar jumasiga kiradi, 2310 aktiv hisobvaraqlardan.