ANIQ NISBAT
Bajaruvchisi aniq boigan harakat yoki holatni bildirgan fei shakli aniq nisbat deyiladi. Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi, ular bosh nisbat ham deyiladi. Maxsus qo’shimchasi yo’q: o’qidi, yozdi, uxladi.
O ZLIK NISBAT
Bajaruvchining o’zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisbat deyiladi. Harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo'ladi. 0’zlik nisbat shakli fe’l asosiga -n, -in, -1, -il qo’shimchalarini qo'shish bilan yasaladi: tarandi, yuvindi, maqtandi, tanildi, qayrildi.
0’zlik nisbat shakli quyidagi fe’llarga qo’shilmaydi:
3
1.O’timsiz fellarga: yayra, yashna, qichqir, uxla, bor, kel.
2.ba’zi 0’timli feMIarga: o’qi, hayda, ek, min, kes, sug’or, hidla.
O’zlik nisbat shakli ba’zi so’zlarda -la fe'l yasovchi bilan yaxlitlanib, bir butunlik hosil qilgan. Bunday fe’llar aniq nisbat shaklida deyiladi: jonlanmoq, odatlanmoq, harakatlanmoq.
MAJHUL NISBAT
Bajaruvchisi noma’lum bo‘lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l shakli majhul nisbat deyiladi. Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe’l asosiga -n, -l; undosh bilan tugagan fe’l asosiga esa -in, -il qo‘shimchalarini qo‘shish bilan hosil boMadi.
O‘zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisi nuqtayi nazaridan farq qiladi. 0‘zlik nisbatida harakat-holat bajaruvchining o‘zi ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi nomaMum boMadi. Solishtiring: tarandi taraldi, kiyindi —kiyildi
Bunda so’zlovchi bajaruvchiga emas, bajariluvchiga, ya’ni obyektga asosiy e’tibomi qaratadi: pol yuvildi, yer haydaldi (bunda yer, pol so’zlari obyekt hisoblanadi). Majhul nisbatda har doim bajaruvchi toMdiruvchi yoki hol vazifasida keladi va tomonidan so’zi bilan beriladi, obyekt esa ega vazifasida keladi: Yer (obyekt) Ahmad tomonidan (subyekt) haydaldi.
Majhul va o’zlik nisbatni farqlashda majhul nisbatdagi feMga kim tomonidan? nima tomonidan so’rogMni beramiz: yuvildi (kim tomonidan). 0’zlik nisbatga esa kim? Savolini beramiz: tarandi (kim?)
BIRGALIK NISBAT
Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan feM shakli birgalik nisbati deyiladi.
Birgalik nisbat shakii unli bilan tugagan fe’l asosiga -sh, undosh bilan tugagan feM asosiga esa - ish qo‘shimchasim qo‘shish orqali hosil boMadi. Masalan: ishlashdi, kelishdi Bunda harakat bajaruvchisi ko’p ekani anglashiladi. Shuning uchun III shaxs ko'plik son shakldagi aniq nisbat fe’liga III shaxs birlik son shaklidagi birgalik nisbati ma'nodosh boMadi: keldilar- kelishdi.
Ma’nolari: - birga ishlash: ular kelishdi;
-ko’maklashish: ukasiga paxta terishdi;
-ko'plik: talabalar imtihonga tayyorlanishdi.
-galma-gallik: ikkovlari birga arra tortishdi.
Quyidagi fe’llarda birgalik nisbat shakli -la fe’l yasovchisi bilan yaxlitlanib qolgan va ular aniq nisbat deyiladi: gaplashdi, ommalashdi, o’rtoqlashdi.
ORTTIRMA NISBAT
Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruv- chi fe’l shakllari orttirma nisbat shakli deyiladi. Orttirma nisbat shakllari: -t, -dir (-tir), -giz(-kiz), -qiz, (-g'iz), -gaz (-kaz, -qaz), -ir, -ar, -iz kabi qo‘shimchalar yordamida yasaladi. Orttirma nisbatning -t qo‘shimchasi unli tovush bilan tugagan feM asoslariga qo‘shiladi. Masalan, to‘qit, ishlat. Jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli feM asoslariga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek, z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchisidan keyin -dir, jarangsiz undosh bilan tugagan feM asoslariga esa -tir qo‘shimchasi qo‘shiladi. -ir, -ar, -iz qo‘shimchalari undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli fe'llarga qo‘shiladi. Masalan: shoshir, chiqar, oqiz. -giz, -g‘iz qo‘shimchalari jarangli undosh bilan tugagan feM asoslariga, -kiz, -qiz qo‘shimchalari esa jarangsiz undosh bilan tugagan feM asoslariga qo‘shiladi. Masalamjwty/z, ketkiz, yurgiz, turg‘iz. Ba’zan feM asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo‘shimchalar qo‘shilishi mumkin. Masalan, o‘qit — o'qittir, to'ldir —to‘ldirg‘iz,yozdir —yozdirtir. Bunday holaida orttirma nisbat maMiosi
4
kuchayadi.Orttirma nisbat qo’shimchsai bir-biriga sinonim boMishi mumkin: bitir-bitgaz. Bir feMning o’ziga orttirma nisbat birdan ziyod qo’shilishi mumkin. Bunda bajaruvchi va bajartiruvchi soni ortgan bo’ladi: yozdirtir.
Do'stlaringiz bilan baham: |