Yotmoq, yurmoq, turmoq ko‘makchi feTIari ravishdoshning -(i)b shakliga qo‘shilib, harakatning davomiyligini bildiradi.
Yubormoq, tashlamoq, qo'ymoq ko‘makchi feTlari harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydi.
Chiqmoq ko‘makchi feTi harakatning toTa yakurilan- ganini bildiradi.
13
Nisbat va bo’ishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko‘makchi fe’l tarklbida ham kelishi mumkln. Zamon, shaxs-son qo‘shimchalari faqat ko'makchi fe’llarga qo‘shiladi. Ikkala fe’l bir xil shaklda juftlashsa, sanalgan qo’shimchalar har ikkisida bo’lishi mumkin: tamomlashdi- qo’yishdi.
Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi fe’l+fe’l tipidagi qo’shma fe’l va ravishdosh+fe’l tipidagi so’z birikmasiga o’xshab ketadi. Farqi:
ko’makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi biroz o’zgaradi: yozib bordi-yozdi, qo’shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o’zgartiradi: ishlab chiqardi-ishladi.
so’z birikmasida birdan ortiq gap bo’lagi mavjud: quvonib (qay holda?) so’zladi; ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi bitta gap bo’lagi vazifasida keladi: o’ylab qoldi (kesim).
Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasida yetakchi yoki ko’makchi fe’l bir necha so’zdan iborat bo’lishi mumkin:
-yetakchi fe’li qo’shma so’zdan iborat bo’ladi: jim bo’lib ketdingiz;
-yetakchi fe’li yasama so’zdan iborat bo’ladi: kengayib ketdi;
-yetakchi fe’li juft so’zdan iborat bo’ladi: qizarib-bo’zarib ketdi;
-yetakcni fe’li takroriy so’z bo’Iadi: aytib-aytib qo’ydi;
-ko’makchi fe’li bir necha so’zdan iborat bo’ladi: indamay qo’ya qoldi.
Kelib ketdi, yozib qo'ydi singari yetakchi va ko'makchi fe'l qolipidagi fe'llarda bo'lishsizlik qo'shimchalari ikki qismning bittasiga (yo yetakchi qismga, yo ko'makchi qismga) yoki har ikki qismga qo'shilib kelib, turli ma'nolarni ifodalaydi.
LFe'lning yetakchi qismi bo'lishsiz shaklni oladi:
O'qib qo'ydi O'qimay qo'ydi
Fe'lning ko'makchi qismi bo'lishsiz shaklni oladi:
O'qib qo'ydi O'qib qo'ymadi
Fe'lning har ikki qismi bo'lishsiz shaklga ega bo'ladi:
O'qib qo'ydi O'qimay qo'ymadi
Birinchi holatda bo'lishsiz shakl davomiy bo'lishsizlik ma'nosini, ikkinchi holatda bir martalik harakat inkorini, uchinchi holatda esa tasdiq ma'nosini ifodalaydi.
FE’LLARNING YASALISHI
Fe'llar ham boshqa mustaqil so'z turkumlari kabi tub va yasama bo'ladi. Masalan, kel, ket, yur, o'qi singari fe'llar tub fe'llar: ishla, o'yna, jonlan, tasdiq qildi, kasal bo'ldi kabi fe'llar yasama sanaladi.
Yasama fe'llar yasashga asos qismga ma'lum yasovchi vosita qo'shish yordami bilan hosil qilinadi. Yasovchi vosita qo'shimcha yoki so'z bo'lishi mumkin. Jumladan, yuqorida keltirilgan misollardan oxirgi ikkitasi yasashga asos qismga (tasdiq, kasal) so'z holidagi yasovchi vosita (qildi, bo'ldi) qo'shish yordamida hosil qilingan. Boshqalari esa qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan yasalgan. Shunga ko'ra, fe'l yasalishi ikki guruhga bo'linadi:
qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan (affiksatsiya);
so'z qo'shish yo'li bilan (kompozitsiya).
Birinchi yo'l bilan yasalgan fe'llar sodda fe'llar, ikkinchi yo'l bilan yasalgan fe'llar qo'shma fe'llar hisoblanadi.
Bu yo’l bilan faqat boshqa turkumlardan fe’l yasaladi. Ular quyidagicha:
Fotdan: ishlamoq, gullamoq.
sifatdan: yaxshilamoq, pasaymoq.
sondan: ikkilanmoq. Birik.
4.olmoshdan: sensiramoq, mensimoq.
ravishdan: ko’paymoq, ozaymoq.
modal so’zdan: yo’qotmoq, yo’qolmoq.
7 undov so’zdan: dodlamoq.
8. taqlid so’zdan: yaltiramoq.
14
Fe'l yasashning eng keng tarqalgan turi qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan fe'l yasash sanaladi. Bunday usul bilan fe'l bo'lmagan so'zlardan fe'l yasaladi. Hozirgi o'zbek tilida eng faol fe'l yasovchi qo'shimcha -la qo'shimchasidir. Bu qo'shimcha sondan boshqa barcha so'z turkumlariga qo'shilib fe'l yasay oladi. Masalan, oqla, ishla, tekisla, tezla, dodla, voyvoyla kabi.
-la qo'shimchasi otlarga qo'shilib fe'I yasaganda, quyidagi ma'nolarni bildiradi:
yasashga asos qismdan anglashilgan narsa— predmet bilan ta'minlash: o'g'itla, moyla;
narsa qurol bildiruvchi otlarga qo'shilib, shu asbob bilan bajariladigan harakatni bildiradi: qaychila, arrala, egovla, ketmonla;
d) yasashga asos qismdan anglashilgan narsani yuzaga keltirish ma'nosini bildiradi: urug'la, bolala kabi.
2.Sifat va ravishlarga -la yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda yasashga asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi. Masalan, tekisla, silliqla, to'g'rila, tezla, tozala kabi.
-Ia qo'shimchasi undov so'zlarga qo'shilib, yasashga asos qismdan ifodalangan his-hayajon, buyruq xitoblarning bajarish harakatini bildiradi: hihila, ufla, dodla kabi.
-la qo'shimchasi taqlid so'zlarga qo'shilib, yasashga asos qism ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi.
Sifat, ravish, undov va taqlid so'zlarga -la yasovchi qo'shimchasi qo'shilib fe'l yasalganda, yasovchi qo'shimcha qil, et, de singari ko'makchi fe'llari bilan sinonimik munosabatda bo'Iadi va ularni ko'pincha biri o'rnida ikkinchisini qo'llash imkoniyati bo'ladi. Masalan, tekisla-tekis qil, silliqla-silliq qil, ufla-uf de, dodla-dod de, gumburla- gubur et, taraqladi-taraq etdi kabi. Lekin doimo emas. Masalan: tezla ni tez qilga almashtirib bo'lmaydi.
Eslatma: 1. -la fe'l yasovchi qo'shimchasi ba'zan -ta (izla ista), -ga, -ka (hidla — iska) holida ham talaffuz qilinadi.
-la fe'l yasovchi qo'shimchasi ba'zan bilan qo'shimchasining qisqargan shakli -la (qo'l-la bajarib bo'lmaydi) hamda -la (-oq, -yoq yuklamasi bilan ma'nodosh) yuklamasi bilan omonimlik munosabatida bo'ladi. Shuning uchun -la yasovchisini so'zga kuchaytiruv-ta'kid ma'nosini yuklaydigan -la yuklamasidan farq qilish kerak. Masalan, kelib -la ketdi kelib ketdi; qo'lla (madad qil) va qo'l-la (qo'l bilan)
0’zbek tilida fe’ldan fe’I qo’shimcha qo’shish orqali yasalmaydi. -la qo’shimchasi fe’lga qo’shilsa, lug’aviy shakl yasovchi bo’ladi: quvla, savala.
Taqlid so’z!arning barchasidan fe’l yasaladi.
Hozirgi o'zbek tilida -la qo'shimchasidan tashqari yana quyidagi qo'shimchalar yordamida fe'l yasaladi:
i: boy-boyi, tinch-tinchi, chang-changi kabi
illa: chirq-chirqilla, uv-uvilla, guv-guvilla kabi
ira: yarq-yarqira, chirq-chirqira kabi
(a)y: past-pasay, sust-susay, ko'p-kc'pay, oz-ozay
(a)r: ko'k-ko'kar, sariq-sarg'ay, eski-eskir, qisqa- qisqar kabi
sir a: suv-suvsira, yot-yotsira, tuz-tuzjsira kabi
(i), (i)q: yo'l-yo'liq, kech-kechik, z.o 'r-zo 'riq va boshqalar.
-a: sana, yasha;
-an: kuchan;
-ik: ko’zik, birik;
-lan: afsuslan;
-lash: gaplash;
-lat: qoyillat;
-ol: yo’qol;
-ra: ho’ngra;
-sin: qiziqsin;
-sit: aybsit, kamsit;
15
-sira: suvsira;
-t,-it,-ot: to’lat, berkit, yo’qot;
ESLATMA! -la, -a qo‘shimchalari ot, sifat, undov so‘zlardan, ~(a)y, -i, -sira, -sa qo‘shimchalari ot va sifat- lardan, ~(a)r qo‘shimchasi sifatlardan, -ilia, -ira qo‘shim- chalari taqlid so‘zlardan fe’l yasaydt.
Do'stlaringiz bilan baham: |