Oldi-berdi, bordi-keldi kabi juft so‘zlar ot turkumiga o‘tgan so‘zlar hisoblanadi.
Juft fe’llar quyidagicha bo’ladi:
biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shakida bo’ladi: yelib-yugurmoq, yeb-ichmoq.
2,ikkisi ham bir xil shaklda (bunga ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasining juftlashgan shakli ham kiradi): o’lib-lirilib, chiqdi-qoldi, qo’llab-quvvatlab.
Takroriy fe’l. Asosni takrorlash bilan hosil boTgan juft feTlar takroriy feTlar ham deyiladi. Takroriy feT qismlari ham chiziqcha bilan yoziladi: o‘yladi-o(yladi kabi.
0’zak holidagi va aniq o’tgan zamon shaklidagi takroriy feTlaming ba’zisi otga o’tgan: yugur- yugur, dedi-dedi.
KO’MAKCHI FE’LLAR
Ravishdoshning -a//-y, ~(i)b shakllariga qo‘shilib, o‘z mustaqil ma'nolarini yo‘qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq, yubormoq, turmoq, chiqmoq singari feTlar ko'makchi fe'llar hisoblanadi.
Ko‘makchi feTni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi feT hisoblanadi. Ko‘makchi fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qoTlanadi. Ana shu xususiyati bilan mustaqil qoTlanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o'qishni tugatmoq), turmoq (o'rnidan turmoq), tashlamoq (qog'oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.
Ishlab chiqdi, ishlab bo 'Idi, ishlay boshladi, ishlab yuribdi, ishlab qo 'ydi, ishlab yubordi, ishlab yozdi, ishlab turibdi, ishlab ko 'rdi singari so'zlarga e'tibor bersangiz, ularning hammasi bir umumiy ma'noni — «ishlamoq» ma'nosini ifodalaydi. Bu ma'no, asosan, ravishdosh shaklidagi birinchi qismdan anglashiladi. Ikkinchi qism esa birinchi qismdan anglashilgan leksik ma'noga turli qo'shimcha ma'nolami (harakatning boshlanishi, davomiyligi, tugallanishi, oson bajaril- ganligi, tez bajarilganligi, harakatni bajarishga uringanligi kabi) ma'nolami yuklaydi.
Bunday so'zlar ham tuzilishiga ko'ra, fe'l+fe'l tarzida bo'ladi. Birinchi fe'l so'zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. Shuning uchun u yetakchi fe'l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga (yetakchi fe'lga) qo'shilib, unga turli xil qo'shimcha ma'nolarni yuklaydi, lekin yetakchi fe'lning leksik ma'nosini o'zgartirib yubormaydi.
Undan yangi fe'l hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday fe'llarga ko'makchi fe'llar deyiladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, faqat ko'makchi fe'l vazifasini bajaruvchi alohida fe'llar mavjud emas. Bir qator mustaqil fe'llar yetakchi fe'l qo'shilganda ko'makchi fe'l vazifasida keladi.
Ularga quyidagilar kiradi: boshla, yot, lur, bor, o'tir bo'I, bitir, bit, ol, ber, qol, qo 'y, chiq, bor, kel, ket, yubor, tashla, sol, tush, yot, qara, boq va boshqalar.
Yuqoridagi fe'llar taqat yetakchi fe'lga qo'shilgandagina ko'makchi fe'l vazifasida keladi. Yetakchi fe'l esa ravishdoshning -(i)b va -a, -y shakllarida bo'ladi.
Keyingi so'zlar ko'makchi fe'llar bo'lib, ular ravishdosh shaklidagi yetakchi fe'lga qo'shilib, turli xil qo'shimcha ma’nolarm anglatmoqda.
Yetakchi va ko’makchi fe’l uch xil birikadi:
Ravishdoshning-b, -ib shakli orqali: aytib qoldi;
Ravishdoshning-a/y shakli orqali: yura boshladi, so’ray qol;
Juftlashish orqali: vozib oldim- yozdim-oldim.
Ravishdoshning -a//-y shakliga qo‘shiluvchi boshlamoq ko‘makchi feTi harakatning boshlanishi, olmoq ko‘makchi feTi esa harakatni bajarishga imkoni- yat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |