FE L
Tuzuvchi: Alimova Manzura
FE’L
Harakat-holat ma'nosini ifodalab, nima qildi (bo'ldi)?, nima qilyapti (bo'lyapti)?, nima qiladi (bo'ladi?) singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'z turkumiga fe'l deyiladi.
Masalan: Talaba o'qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi (nima qiladi?) kabi.
Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga bo'linadi.
TYumush fe'Ilari: ishladi, mehnat qildi, ter to 'kdi va boshqalar.
Tafakkur fe'Ilari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.
3.Sezgi fe'llari: sezdi, his qildi.
Ruhiy holat fe'llari: kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.
Nutq fe'llari: gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'irladi, do'ng'illadi 6.Ishora fe'Ilari: imo qildi, labini burdi, ko 'zini qisdi va boshqalar.
Jismoniy holat fe'llari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, Icuchaydi, charchadi kabi.
Tabiiy holat fe'Ilari: eridi, muzladi, uxladi va boshqalar.
Ko'rish fe'llari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.
Yuqoridagi fe'l turlarining har qaysisi bir necha fe'IIarni o'z ichiga oladi. Bu fe'llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlami kuzatish mumkin:
1.Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq — kulimsiramoq — kulmoq.
2.Jjobiy va salbiy bahoga ega bo'lishligiga ko'ra: kulmoq tiijaymoq; so'zlamoq — to'ng'illamoq, ming'irlamoq.
3.Uslubiy xoslanishiga ko'ra kulmoq: (umumiste'moldagi so'z) tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umum iste'moldagi so'z) nutq ijod etmoq (badiiy uslubiga xos) kabi. Yuqoridagi fe'llarning har qaysisini o'z o'mida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi.
Fe'llar nimani atab kelishiga ko‘ra harakat feTIari va holat feTlariga boTinadi.
Shaxs va narsalaming jismoniy faoliyati natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi feTlar harakat fe'llari hisoblanadi. Shaxslaming ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini ifodalovchi feTlar esa holat fellari sanaladi.
6-sinf ona tili kitobida feTlamingHchki ma'noviy turi 4 guruhga boTingan:
Tnutqiy faoliyat: gapirmoq, demoq, pichirlamoq;
aqliy faoliyat: fikrlamoq, o’ylamoq.
jismoniy faoliyat,fellari: chizmoq, yozmoq, o’chirmoq.
holat: kuldi, uxladi, yig’ladi.
FE’L NISBATLARI
O'qidi, o'qitdi, o'qishdi, o'qildi fe'Ilarining o'xshash va farqli tomonlariga e'tibor bering. Ularning hammasi bir xil o'zakdan iborat. Shu bilan birga, ularning hammasi bir xil zamon shakliga (-di) ega. Shunday bo'lishiga qaramay, ular bir-biridan ma'lum ma'nolariga ko'ra farqlanadi. Ikkinchi fe'lda fe'l o'zagiga qo'shimchasi qo'shilib, bir shaxs boshqa shaxsga o'qish harakatini bajartirganini bildiradi.
Uchinchi fe'lda esa fe'l o'zagiga -sh qo'shimchasi qo'shilib, fe'l o'zagida ifodalangan o'qish harakatining birgalikda bajarilganini, to'rtinchi fe'lda esa fe'l o'zagiga -/ qo'shimchasi qo'shilib o'zakdan anglashilgan o'qish harakatining kim tomonidan bajarilgani noma'- lumligini ifodalaydi. Ko'rinadiki, yuqoridagi feTlarning hammasi harakat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni qanday ifodalashiga ko'ra o'zaro farqlanadi.
Feldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar tizimiga esa nisbar kategoriyasi dcyiladi. FeTlardan anglashilgan harakat va holat maTum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi (sub’yekt) sanaladi. Harakat tushgan shaxs yoki narsa esa obyekt deyiladi. Bajaruvchining harakat va holat
2
T/r
1.
|
Nisbat
turlari
|
Nisbat shakllari
|
Ma'nolari
|
Misollar
|
Bosh nisbat
|
0
|
Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi
|
o'qidi, kelyapti
|
2.
|
Birgalik
nisbat
|
-ish, -ish
|
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilganini ifodalaydi
|
o'qishdi,
kelishyapti
|
3.
|
Orttirma
nisbat
|
-dir (-tir), -giz, (- qiz, -g'iz), -kaz (- qaz), -t, -iz, -ar, - sat
|
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatga da'vat qilingan shaxs ma'nosini bildiradi
|
qoldirdi, keltirdi, kir gizdi, o'tkazdi (o't-
kizdi), o'qitdi, tomizdi, qaytardi, ko'rsatdi
|
4.
|
O'zlik nisbat
|
-l(il), n(-in)
|
Harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan hoida bo'ladi "
|
yuvindi, kiyindi, qo'zg'aldi
|
5.
|
Majhul
nisbat
|
-l(-il), -n (-in)
|
Harakatni bajaruvchi shaxs noma'lum bo'ladi
|
yuvildi, qilindi, bajarildi
|
Ba'zan bir nisbat ma'nosi o'rnida boshqa nisbat shakilaridan foydalaniladi. Xususan, bosh nisbat ma'nosida birgalik nisbat shakllari ishlatilishi mumkin. Masalan, keldi kelishdi, kelyapti kelishyapti, Shuningdek, bosh nisbat ma'nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o'miga qilindi, bajardim o'miga bajarildi, kiring o'miga kirilsin kabi. Bunday holat ma'lum uslub- emotsional ma'no talabi bilan ro'y berdi. Ko'pincha keyingi holat hurmat, kamtarlik ma'nolarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |