a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga -v qo‘shimchasi qo‘shilganda, a unlisi o ga, / unlisi u ga ay- lanadi va shunday yoziladi. Masalan, ishla — ishlov, tani tanuv.
Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shiinchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo’laklari vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli yozishni o‘rgan!
Harakat nomi zamon, mayl, shaxs-son ma'nosini ko'rsatmaydi. Harakat nomining boTishsiz shakli -maslik qo'shimchasi orqali yasaladi: o'qish-o'qimaslik.
Harakat nomi nisbat shaklini qabul qila oladi: o'qish, o'qittirish, kiyinish.
Sintaktik xususiyati:
U ot bajargan barcha sintaktik vazifani bajaradi:
Ega: o'qish- yaxshi ish.
To’ldiruvchi: tortishuvga sabab bo’ldi. q.aniqlovchi: o'qishning foydasi ko’p. hol: kelishimda ko'rdim.
5
SIFATDOSH
Fe’lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdosh otga bog’lanib, otning o'zgaruvchan belgisini harakat-holat orqali ifodalaydi. Shu jihati bilan sifatdan farq qiladi:
Eski kitob (sifat), eskirgan kitob - sifatdosh. Sifatdoshlar fe’l asoslariga -gan (-kan, -qan), - ydigan (-adigan), -(a)yotgan, ~(a)r qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Sifatdoshlar shaxs va narsalaming belgisini bildirishi bilan sifatga o‘xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar o‘zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtiring: katta (sifat) daryo, oqar (sifatdosh) daryo.
Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lganligi uchun fe’lga xos bo‘lgan zamon, bo‘lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi.
Sifatdoshning -gan (-kan, -qan) qo‘shimchasi shaxs-narsalarning o‘tgan zamonga xos harakat belgisini ifodalaydi. Bu qo‘shimcha unli bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, -gan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilib, - kan holida talaffuz qilinsa ham, -gan yoziladi (ko‘cligan, o‘sgan kabi). Jarangsiz q undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘- shilganda -qan, k undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘shilganda -kan holida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi (tiq — tiqqan, tik — tikkan). Jarangli g‘ undoshi bilan tugagan fe’l asoslariga qo‘- shilganda -qan holida talsffuz qilinsa ham - gan yoziladi (tug — tug‘gan).
Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -(a)yotgan qo'shimchasini qo‘shish bilan yasaladi.
Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asoslariga -ydigan, -adigan, -(a)r qo‘shimchaIarini qo‘shish bilan yasaladi.
Sifatdoshning bo‘lishsiz shakli fe’llardagi kabi -ma qo‘shimchasi yordamida yasaladi. -(a)r qo‘shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlarga -mas qo‘shimchasi qo‘shiladi. Masalan: kelar kelmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |