-sira qo‘shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe’l yasaydi.
Fe’l yasovchi qo’shimchalarning imlosi: Fe’l yasovchi -a qo‘shimchasi o ‘yin, qiyin kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda bu so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inidagi / unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi.
Fe’l yasovchi -ay qo‘shimchasi past, sust so‘zlariga qo‘shilganda bu so‘zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi.
-illa qo‘shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo‘lgan bir bo‘g‘inli so‘zlarga qo‘shilganda - ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi.
-ir qo’shimchasi taqlid so’zlardan fe'l yasaganda tovush almashadi: tuf+ir-tupir.
Yasama fe’llarda o’ziga xoslik mavjud:
ba’zi yasama fe’llar iboraga teng keladi va u bilan ma’nodoshlik hosil qiladi: gulladi-gulga kirdi.
fe’l yasovchi tizimida ma’nodoshlik qatori hosil qiladigani bor: suvsadi-suvsiradi, senladi- sensiradi.
Barcha qo’shimchalar bilan yasalgan fe’llarni qo’shma fe’lga almashtirish mumkin:
tasdiqladi-tasdiq qildi.
So’z qo’shib fe’l yasash. Yasashga asos qismga yasovchi vosita sifatida aylamoq, qilmoq, etmoq, olmoq, bermoq singari so'zlar qo'shilib yangi fe'l yasalishi ham mumkin. Masalan, javob berdi, olib keldi, bayon qildi, kasal bo 'Idi va hokazo.
Bunday yo'l bilan, odatda, qo'shma fe'llar hosil bo'ladi.
Qo'shma fe'llar tarkibiga ko'ra ikki turli bo'ladi: a) ot+fe'l tuzilishidagi qo'shma fe'llar. Masalan, tasdiq qildi, vayron bo'Idi kabi; b) fe'l+ fe'l tuzilishdagi qo'shma felllar. Masalan, borib keldi, kirib chiqdi, olib keldi kabi.
Fe'ldan boshqa so'zlarga qilmoq, aylamoq, etmoq, bo'lmoq fe'llarining qo'shilishidan hosil bo'lgan qo'shma fe'llar ot+fe'l tuzilishidagi qo'shma fe'liarni hosil qiladi. Masalan, bayon qilmoq (etmoq, aytmoq), turmush qilmoq, o'sal bo'lmoq, o'sal qilmoq, bayram qilmoq (etmoq), yangi bo'lmoq, shunday bo'Idi, taraq etdi kabi.
Ikki fe'lning o'zaro birikishidan hosil bo'lgan fe'llar fe'I+fe'l tuzilishidagi qo'shma fe'llar sanaladi. Bunday qo'shma fe'llarning birinchi qismi fe'lning -b (-ib), ba'zan -a ravishuosh shaklida bo'ladi. Shaxs-son, zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik singari qo'shimchalar qo'shma fe'lning ikkinchi qismiga qo'shiladi. Masalan, sotib olmoq, olib keldi (ola keldi).
Fe’llaming lug’aviy shakllari. Ular harakatning tarzini bildiradi. Masalan:
Lharakatning kuchsiz darajasini bildiradi:
-msira/-imsira: kulimsira;
-qira/-inqira: ishonqira, oqarinqira;
-sh/-ish: toTish, qizish,
-q/-iq/-k/-ik: tutaq, toliq, ko’nik.
2. Harakatning kuchli darajasini bildiruvchi qo’shimchalar:
-la/-ala: quvla, savala;
-qi/-g’i: yulqi, to’zg’l, bijg’1;
-a: bura, quvna,
-ga/ka/qa: chayqa, surka.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |