Kkinchi jahon urushi yakunlanganda Yaponiyaning ahvoli juda ayanchli edi. Urushda 6,5 mln yapon halok bo'ldi, yana 1,5 mln kishi bedarak yo'qoldi. Urush oxiridagi ommaviy bombardimonlar katta talofatlarga olib keldi



Download 31,08 Kb.
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi31,08 Kb.
#665000
  1   2   3
Bog'liq
Yaponiya okkupatsiya davri


Ikkinchi jahon urushi yakunlanganda Yaponiyaning ahvoli juda ayanchli edi. Urushda 6,5 mln yapon halok bo'ldi, yana 1,5 mln kishi bedarak yo'qoldi. Urush oxiridagi ommaviy bombardimonlar katta talofatlarga olib keldi. Tokio, Iokogama va boshqa yirik shaharlarda binolarning yarmidan ko'prog'i, 200 ta yirik aholi punktlaridan 80 tasi vayron qilindi. Ishlab chiqarish uskunalarining katta qismi yaroqsiz holga keltirildi.
Bularning barchasiga urushning yana bir qancha salbiy natijalari qo'shildi: Yaponiya o'zining barcha mustamlakalaridan, xomashyo bazasidan, mahsulotlar bozoridan, chet ellardagi, o'z boyliklaridan mahrum bo'ldi. Mamlakat 1910-yili Yaponiya tarkibiga kirgan Koreyadan, 1894-1895 yillardagi yapon-xitoy urushidan keyin Yaponiyaga o'tgan Tayvan va Peskador orollaridan, 1904-1905 yillardagi rus-yapon urushidan keyin Yaponiyaga o'tgan Janubiy Sakalin va Kuril orollaridan, shuningdek, AQSh tomonidan bosib olingan Ryukyu orolidan ayrildi.
Ichki bozorning hukumat harbiy buyurtmalari bilan bog'liq bo'lgan katta qismi boy berildi. Urushdan keyingi ommaviy ishsizlikka Yaponiyaga Koreya, Tayvan va boshqa Osiyo mamalakatlaridan ko'chib kelgan yana 10 mlndan ziyod kishi hamda armiya va flotdan demobilizatsiya qilingan 10-15 mln kishi qo'shilib, ahvolni yanada murakkablashtirdi. Ko'chib kelgan aholini tarixiy vatanida uy-joy, ish, yashash sharoiti bilan ta'minlash lozimligini va Yaponiya zimmasiga yuklatilgan juda katta reparatsiya to'lovlarini ham hisobga olsak, mamlakat halokat yoqasida turardi.
Ammo urushning eng og'ir natijasi axloqiy-psixologik jarohat bo'ldi. Urushdagi mag'lubiyat, omma tomonidan qo'llab- quvvatlangan kokutay (yaponlarning o'ziga xosligini bildiruvchi mafkura) g'oyasini Yaponiyaning buyuk tarixiy miyasiga deb qabul qilgan totalitar rejimning ag'darilishi, mamalakatning chet el qo'shinlari tomonidan bosib olinishi, butun Yaponiya tarixi uning nomi bilan bog'langan imperator taqdirining noma'lumligi jamiyatda qo'rqinch va tushkunlik hissini uyg'otdi. Odamlar Yaponiya tarixi o'z intihosiga yetdi, deb o'yladilar. 1945 yil 14 avgustda imperator Yaponiyaning taslim bo'lishi tog'risdagi aktni imzolagandan so'ng minglab mutaassib yaponlar qadimgi samuraylar odatiga ko'ra o'zini o'zi o'ldirdi. Yaponiyada yuz yillar davomida urug'lar o'rtasida bo'lgan urushlar jarayonida mag'lub tomon xulq-atvorining o'ziga xos an'analari shakllangan edi: ular o'zini to'liq g'olib tomon ixtiyoriga topshirar, ularning irodasiga to'liq bo'ysunardi. 1945-yil ham yaponlar qandaydir qarshilik haqida yoki hatto g'oliblarga bo'ysunmaslik haqida o'ylab ham o'tirmasdan, okkupatsion hukumatning har qanday buyrug'ini bajarishga tayyor edi.
AQShning Yaponiyaga nisbatan maqsadlari nimadan iborat edi? Amerikaliklarni o'ylantirayotgan masala: Yaponiyaning dushmanga aylanishiga yo'l qo'ymaslik uchun nima qilish kerak? Buning uchun, avvalo, Yaponiyada shunday iqtisodiy tizimni yaratishga ko'maklashish kerakki, u tashqi tajovuzga ehtiyoj qoldirmasdan rivojlanish imkonini bersin.
Bunday tizim faqat bozor iqtisodiyoti bo'lishi mumkin edi. Ammo uni yaratish uchun Yaponiyada an'anaviy hisoblangan iqtisodiyot va davlat o'rtasidagi aloqani uzish lozim bo'lardi. Ijtimoiy tizimni ham o'zgartirish zarur: faqat samuraylar emas, aholining barcha qatlamlariga imkoniyat berish lozim.
Davlatning o'z fuqarolariga ijtimoiy g'amxo'rlik qilishdan voz kechishi an'analarining buzilishi edi, ammo iqtisodiy rivojlanishni boshqacha rag'batlantirish mumkin emas edi.
Siyosiy tizimning xarakterini ham o'zgartirish, Yaponiyada ham parlament demokratiyasi ko'nikmalari hosil qilish lozim edi. Yaponlarda G'arb tushunchasidagi demokratik an'analar mutlaqo mavjud emasligini hisobga olsak, bu oson ish emas edi. Yaponiyada azaldan har bir kishi xoh hunarmandchilik yoki qishloq xo'jaligida, urush yoki boshqaruv sohasida bo'lsin o'z ishi bilan shug'ullanishi lozim deb hisoblangan. Oddiy insonning davlatni boshqarishda ishtirok etishi - xayolga ham kelmaydigan ish edi.
Masalan, Yaponiyada siyosiy partiyalar tizimi va inson huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlariga juda qiyinchilik bilan ko'nikishdi. Yapon an'analarida har doim shaxsning huquqiga emas majburiyatiga e'tibor qaratilar, ijtimoiy hayotning xarakterli jihati jamoaviy hamkorlik bo'lib, individualizm har doim qoralandi.
Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni: birinchidan Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; ikkinchidan, yaponlarda o'zining ming yillik jangchilik an'analariga ega bo'lgan jangovarlik ruhini sindirish ko'zlangan edilar. Jangovarlik ruhini va militarizmni yo'q qilish uchun jamiyatning barcha jabhalarida faoliyat yuritgan amaldorlarning keng qatlami orasida tozalash o‘tkazishga to‘g’ri keldi. 660 ming kishi shu jarayonga tortildi, ulardan eski rejim bilan chambarchas bog'liq bo'lgan 200 ming amaldor ishdan haydaldi. Ular asosan harbiylar edi. Harbiy jinoyatchilar uchun Tokio xalqlari harbiy tribunali tashkil qilindi.
Yaponiyani tor-mor qilishda AQSHning hissasi shunchalik katta ediki, u urushdan keyin ittifoqchilari bilan hisoblashib ham o'tirmadi. Stalin maqsad qilgan Xokkaydo orolini sovetlar tomonidan okkupatsiya qilinishiga qarshilik qilgan AQSH rasman Yaponiya masalasini hal qilish vakolatiga ega bo'lgan ikkita hokimiyat organini tuzdi.
Birinchisi - AQSH, SSSR va Xitoy, shuningdek, Buyik Britaniya va Tinch okeani mamlakatlari Hamdo'stligi vakillari ishtirokidagi Ittifoq kengashi Tokioda joylashdi.
Ikkinchisi - Uzoq sharq komissiyasi - Vashingtonda joylashdi va 11 nafar a'zolardan iborat bo'ldi. Ammo amalda Yaponiyada hokimiyat J. Makartur boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo'shinlari shtabiga tegishli edi.
AQSH okkupatsiya ma’muriyati Yaponiya rasman kapitulyatsiya bo'lgan 1945 yil 2-sentabrdan so'ng darhol tuzilgan edi. Amalda J. Makartur Yaponiyaning oliy hukmdoriga aylanadi. U nafsoniyatli va avtoritar odatlarga moyilligi kuchli inson bo'lib, uning xarakteridagi bu jihatlar dastlabki paytda ijobiy rol o'ynadi.
Boshlanib ketgan ”sovuq urush” sharoitida Yaponiyadagi ittifoqchi organlar faoliyati deyarli to'xtatilib, amerikaliklar to'liq harakat erkinligiga ega bo'ldi. Ammo ular faoliyati cheklangan edi. Yaponiyada amerikalik harbiylarning bevosita boshqaruvini o'rnatish mumkin emas edi. Buning uchun AQSHda yapon tilini biladigan kishilar soni yetarli emas edi. Shu sababli Yaponiyani faqat yapon ma'murlariga tayangan holda boshqarish mumkin edi. Davlat apparatida tozalash o'tkazilgandan so'ng (yuqorida aytilgandek, 200 ming amaldor lavozimidan bo'shatildi) amerikaliklar bunday boshqaruv uchun yaroqli tizimni yaratdi.
Yaponiya hukumatining faoliyati 1952 yilgacha J. Makartur shtabi tomonidan nazorat qilindi, mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha reja va tashabbuslar ham shtabga tegishli edi.


Download 31,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish