Fe’l nisbatlari. Aniq nisbat. Bajaruvchisi aniq bo’lgan fe’lga aytiladi. Masalan: Yurtimizda katta yangilanishlar yuz bermoqda. O’zlik nisbat. Bajaruvchisi o’zi ustida amalga oshiradigan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli deyiladi. Masalan: kiyidi (aniq) – kiyindi(o’zlik) Majhul nisbat. Bajaruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalaydi. Masalan: bola qoqildi (o’zlik) – tut qoqildi (majhul) Birgalik nisbat. Birdan orttiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni ifodalaydi. Masalan: kelishdi (majhul) – keldilar (hurmat tarzda) Orttirma nisbat. Ish – harakatning biror boshqa vosita orqali bajarilganligi anglashiladi. Orttirma nisbat: - t, -dir, -giz, -gaz, - ir qo’shimchalari bilan yasaladi. Masalan: ishltamoq, kiydirmoq, yurg’izmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |