IES, GESNING O‘Z EHTIYOJLARI
Reja:
7.1.Elektr ta’minoti manbalari, o‘z ehtiyojlari tizimining ishchi mashinalari.
7.2. Issiqlik elektr stansiyalarining o‘z ehtiyojlari tizimlari. GESlarning o‘z ehtiyojlari tizimlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
O‘z ehtiyoj manbalari, o‘z ehtiyoj iste’molchilari, xususiy ehtiyoj transformatorlari, operativ zanjirlar, yoritish, signalizatsiya, zaryadlovchi moslamalar.
7.1. Elektr ta’minoti manbalari, o‘z ehtiyojlari tizimining ishchi mashinalari.
Agar stansiyada 6–10 kV li GTQ nazarda tutilsa, unda o‘z ehtiyojining taqsimlash qurilmasi (TQSN) liniyalarga reaktor orqali ulangan GTQ ning shinalaridan bevosita yoki pasaytiruvchi transformator XET (XET) orqali tok oladi (7.1a –rasm)
7.1–rasm. O‘z ehtiyoji ish ta’minotining struktura sxemalari:
a–GTQ shinalaridan; b–blokdan olingan ot’ayka; v–yordamchi turboagregatdan; 1–bosh turboagregat; 2–yordamchi turboagregat; g– yordamchi generatordan.
Hozir o‘z ehtiyoji tizimida qo‘llaniladigan asosiy kuchlanish bo‘lib 6 kV (200 kVt dan yuqori quvvatli elektr dvigatellar uchun) va qolgan dvigatellar hamda yoritish uchun 0,38/0,23 kV hisoblanadi. 3 kV li kuchlanish o‘zini oqlamadi, chunki 3 va 6 kV li elektr dvigatellarning narxi bir–biridan kam farqlanadi, 6 kV liga qaraganda 3 kV li tarmoqlarda rangli metallarni sarflash hamda elektr energiyaning isrofi ancha yuqori.
Quvvatli–blokli TES da 16–630 kVt li elektr dvigatellari uchun 0,66 kV li va yirik elektr dvigatellari uchun 10 kV li kuchlanish qo‘llash mumkin.
Agar elektr stansiya generatorlari bloklar tarzida ulangan bo‘lsa, u holda o‘z ehtiyoji shoxobcha orqali blokdan ta’minlanadi (7.1d–rasm).
Bloklarning quvvati ortishi bilan o‘z ehtiyojini ta’minlash ortadi, demak, o‘z ehtiyoji transformatorlarining quvvati ortadi. XET quvvati qancha katta bo‘lsa o‘z ehtiyoji tizimidagi q t. toki ham shuncha katta bO‘lib, o‘rnatilgan asbob–uskunalar vazni shuncha og‘ir bo‘ladi. Q. t. toklarini cheklash uchun qisqa tutashuv kuchlanishi kop miqdorli transformatorlarni yoki 6 kV li ajratilgan cho‘lg‘amli transformatorlarni qo‘llash mumkin. O‘z ehtiyojini ta’minlash quvvati 25 MV•A va undan yuqori bo‘lganda, odatda, ajratilgan cho‘lg‘amli transformatorlar qo‘llaniladi.
Yordamchi generatorni bosh generator bilan bir valga o‘rnatish – kapital mablag‘ni kam sarflashni talab etadi (7.1g–rasm). O‘z ehtiyojini ta’minlashning bunday sxemasi AES larda qo‘llaniladi.
O‘quv jarayonidagi loyihalashda o‘z ehtiyojining yuklamasi RO‘,e,max bilan o‘z ehtiyojiga sarflanadigan elektroenergiya WO‘,e ni yetarli aniqlikda 7.1–jadval [A. 3–4] bo‘yicha taxminan olish mumkin.
7.1–jadval ma’lumotlaridan foydalanib o‘z ehtiyojining tegishli quvvatini aniqlash mumkin, MVA,
7.1–jadval
O‘z ehtiyoji tizilmalarining yuklamalari, elektr energiya sarfi va ehtiyoj koeffitsienti
Elektr tizilmalarnnng tipi
|
|
|
|
IEM
|
Chang-ko‘mirli
Gaz-mazutli
|
8–14
5–7
|
8–10
4–6
|
0,8
0,8
|
KES
|
Chang-ko‘mirli
Gaz-mazutli
|
6–8
3–5
|
5–7
3–4
|
0,85–0,9
0,85–0,9
|
AES
|
Gaz issiqlik eltuvchi
Suvli issiqlik eltuvchi
|
5–14
5–8
|
3—12
4—6
|
0,8
0,8
|
GES
|
Kichik va o‘rta quvvatli
Katta quvvatli
|
3–2
1–0,5
|
2—1,5
0,5–0,2
|
0,7
0,8
|
podstansiya
|
tuman
asosiy (uzlaviy)
|
50–200 kVt
200–500 kVt
|
–
–
|
–
–
|
Do'stlaringiz bilan baham: |