Tezkor xotira



Download 79,91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.07.2022
Hajmi79,91 Kb.
#822333
Bog'liq
Tezkor xotira - Vikipediya



Tezkor xotira
Tezkor xotira (
ruscha
оперативная память
inglizcha
Random Access Memory, RAM) —
oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har
doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter
xotirasining turlaridan biridir
[1]
. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni
tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt,
gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt
ichida oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
Kompyuterlarda tezkor xotira sifatida foydalaniladigan xotira modullari dizaynining evolyutsion rivojlanishi. Yuqoridan
pastga: DIP, SIPP, SIMM 30 pin, SIMM 72 pin, DIMM, DDR DIMM


EHMlarning
 dastlabki modellarida yuzlab yoki minglab bit sig‘imli asosiy xotira funksiyasini
bajarish uchun rele, kechiktiruvchi xotira qatori yoki har xil turdagi vakuum naychalaridan
foydalanilgan
[2]
.
Zamonaviy tezkor xotiraning keng tarqalgan ikkita shakli statik RAM (SRAM) va dinamik RAM
(DRAM) mavjud. SRAMʼda maʼlumotlarning bir qismi oltita tranzistorli xotira xujayrasining
holatidan foydalangan holda odatda oltita MOSFET (metall-oksid-yarim oʻtkazgichli maydon
effektli tranzistorlar) yordamida saqlanadi. RAMʼning bu shakli ishlab chiqarish qimmatroq
boʻlib, biroq odatda tezroq hamda DRAMga qaraganda kamroq dinamik quvvat talab qiladi.
Zamonaviy kompyuterlarda SRAM koʻpincha protsessor uchun kesh xotirasi sifatida
ishlatiladi
[3]
.
Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, oʻyinlar bilan kompyuterni band qilganda,
kompyuterga tushayotgan yuklama asosan tezkor xotiraga tushadi. Bu xotiraning o’lchami
dastur va o’yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu xotira turi vaqtinchalik
axborotni o’zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab tezkor xotiraga yuklanadi va u yerdan
ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki, tezkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, bir
paytning o’zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin bo’ladi (misol uchun
ashula eshitib, o’yin o’ynash mumkin).
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab tezkor xotiraga xotiraga yuklab), soʻng bu dasturdan
chiqib ketib, ya’na shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga
oshiriladi. Chunki kompyuter dastlab tezkor xotiraga murojaat qiladi, agar yuklangan dastur u
yerda mavjud bo’lsa, o’sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi.
Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda uning hajmi va shu
xotira ishlaydigan chastota miqdori inobatga olinadi. Tezkor xotira chastotasi ishlash tezligini
aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers chastotali
tezkor xotira 100 MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000 megagersli tezkor xotira bu
jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
Tezkor xotira koʻrinishi va ona plata (материнская плата, motherboard)ga oʻrnatilishi
boʻyicha bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon tezkor xotiralariga DDR1, DDR2, DDR3,
DDR4 kiradi:
DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;
DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha;
DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha.


Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor
xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib
bo’lmaydi. Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil
boʻlishi mumkin lekin tishlari oʻrtasida farq bor.
Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham tezkor xotirani oʻrnatishda e’tiborga
olish, uning chastotasini ham bilib qoʻyish zarur. Bu ma’lumotni kompyuter platasi hujjatidan
topishingiz mumkin. Misol uchun, 800 MGʼda ishlaydigan DDR2 tezkor xotirasini 533 MG
shinada ishlaydigan plataga qoʻyilsa, tezkor xotira ham 533 MGʼda ishlaydi yaʼni shu
chastotaga moslashadi. Agar har xil chastotada ishlaydigan 2 ta tezkor xotirani bir plataga
oʻrnatilganda, umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol
tariqasida 1000 MG va 600 MG chastotada ishlaydigan tezkor xotirani bitta plataga oʻrnatilsa,
shunda tezkor xotira 600 MGЦ chastota bilan ishlaydi. Tezkor xotira koʻplab oʻyin va dasturlar
uchun javobgardir.
1. 
Принципы организации основной памяти в современных компьютерах (http://citforu
m.ru/hardware/app_kis/glava_38.shtml)
2. Как повышают производительность компьютеров // Воеводин В. В., Воеводин Вл. В.
Параллельные вычисления. — СПб : БХВ-Петербург, 2002. — Гл. 2. — 608 с. — 
ISBN 5-
94157-160-7
.
3. Sze, Simon M. (2002). Semiconductor Devices: Physics and Technology (2nd ed.). Wiley. p.
214. 
ISBN 0-471-33372-7
.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Tezkor_xotira&oldid=239466
1
" dan olindi 
Izohlar


 
Soʻnggi tahrir 21 kunlar avval Zafar Shamsiddinov tomonidan amalga oshirildi

Download 79,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish