O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:
Podstansiya uchun elektr ta’minoti manbalarini ayting?
Podstansiyaning o‘z ehtiyoj transformatorini tanlash shartlari.
O‘zgaruvchan operativ tok zanjiriga nimalar kiradi?
O‘zgarmas operativ tok zanjiri qanday ta’minlanadi?
STANSIYA (PODSTANSIYA)NI ENERGETIK TIZIM BILAN BOG‘LANISH ELEKTR SXEMASI VARIANTLARINI TEXNIK - IQTISODIY QIYOSLASH
Reja:
9.1. Stansiyani energetik tizim bilan bog‘lanish elektr sxemasi variantlarini texnik - iqtisodiy qiyoslash.
9.2. Podstansiyani energetik tizim bilan bog‘lanish elektr sxemasi variantlarini texnik - iqtisodiy qiyoslash.
Tayanch so‘z va iboralar:
keltirilgan minimal xarajat, normativ koeffitsient, ekspluatatsiya xarajatlari, zarar, kapital xarajatlar, tanlangan variantlarni texnik-iqtisodiy qiyoslash
9.1. Stansiyani energetik tizim bilan bog‘lanish elektr sxemasi variantlarini texnik - iqtisodiy qiyoslash.
Sxemaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi minimal keltirilgan sarflar bilan aniqlanadi:
(9-1)
bunda K–elektr tizilmani qurish uchun sarflangan kapital mablag‘, ming sO‘m hisobida; P–iqtisodiy samaradorlikning normativ koeffitsienti — 0,12. ga teng; I — yillik ekspluatatsion xarajat, ming so‘m/yil; U — elektr energiyani to‘liq berilmaganligi sababli ko‘rilgan zarar, ming so‘m/yil.
Elektr energiyani berishning optimal ulanish sxemasi va transformatorlarni tanlashdagi kapital mablag‘ K sxema elementlari tannarxining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi.
Hisoblangan xarajatlarning ikkinchi tashkil etuvchisi — yillik eksplutatsiya xarajati quyidagi ifodadan aniqlanadi;
(9-2)
bu yerda Pa, Po — amortizatsiya va xizmat ko‘rsatish uchun ajratmalar, %; — elektr energiya isrofi, kVt • soat; — 1 kVt • soat elektr energiya isrofining narxi, tiyin /(kVt • soat).
Eslatma. Loyihalash amaliyotida elektr energiyaga sarflangan xarajatni aniqlash uchun aniqroq usuldan foydalaniladi, ya’ni yuklamaga bog‘lik bo‘lgan isroflar va yuklamaga bog‘liq bo‘lmagan isroflar (masalan, transformatorlarning misi bilan po‘latidagi isroflar) hisoblanadi. Quvvat bilan elektr energiyaning isrof bo‘lishini to‘ldirish uchun sarflangan xarajat quyidagicha aniqlanadi:
(3-3)
bu yerda ', "—ish rejimi (Tmax, ) va inshootni qurish joyiga bog‘liq holda aniqlanadigan elektr energiya 1 kVt-soat isrofining tannarxi.
Ikki cho‘lg‘amli transformatordagi elektr energiyaning isrofi quyidagi formuladan aniqlanadi, kVt soat:
(9-4)
9.1–rasm. Maksimal isroflar davomiyligining maksimal yuklamadan foydalanish davomiyligiga bog‘liqligi
bu yerda —salt yurishdagi quvvat isrofi, kVt; –qisqa tutashuvdagi quvvat isrofi, kVt Smax — transformatorning hisoblangan (maksimal) yuklamasi, MVA; Snom–transformatorning nominal quvvati, MVA; T– transformatorning ishlash davomiyligi (odatda, T=8760 soat deb qabul qilinadi); –maksimal isrofning davomiyligi bo‘lib, 9.1–rasmdagi egri chiziqdan maksimal yuklamadan foydalanganlik davomiyligi Tmax ga qarab olinadi.
Tmax miqdori podstansiyaning NN shinasidagi yuklama grafigi yoki bog‘lovchi transformator orqali energetik tizimga quvvat uzatish grafigidan aniqlanadi. Agar grafiklarni qurish amalga oshirilmasa, u holda podstansiyaga o‘rnatilgan transformatorlar uchun Tmax ning miqdori iste’molchilarning NN shinasidagi Tmax ga teng qilib olinadi.
Uch cho‘lg‘amli transformator (avtotransformator) dagi elektr energiya isrofi quyidagi formuladan aniqlanadi:
(9-5)
bu yerda V, S, N indekslar bilan tegishlicha yuqori, o‘rtacha va past kuchlanishli cho‘lg‘amlar (VN, SN, NN) ga tegishli miqdorlar belgilangan. v, s, n miqdorlar tegishli Tmax dan yuqorida aytilganga o‘xshab aniqlanadi. Ayrim hollarda soddalashtirish maqsadida v=s=n deb olinadi.
9.2. podstansiyani energetik tizim bilan bog‘lanish elektr sxemasi variantlarini texnik - iqtisodiy qiyoslash.
Qiyoslanayotgan variantlar ishonchli ta’minlashi bo‘yicha keskin farqlangan holdagina, elektr energiyani to‘liq bermaslikdan ko‘rilgan zarar aniqlanadi. Bu kattalikni hisobga olish uchun avariyali uzilishlar ehtimolligi bilan davomiyligi, ishlab chiqarish xarakteri va maxsus adabiyotlarda batafsil ko‘riladigan qator boshqa omillarni bilish lozim bo‘ladi. O‘quv jarayonidagi loyihalashda, odatda, variantlar elektr energiyani to‘liq bermaslikdan ko‘rilgan zararni hisobga olmay qiyoslanadi.
9.2–rasm. Yuklamalar grafiklari:
a – IEM ning hamma generatorlari ishlab chiqaradigan quvvat grafiklari;
b–ikkita generator ishlab chiqaradigan quvvat grafiklari; v– ikkita generator ishlab chiqaradigan quvvat g–ikkita generatorning energetik tizimga quvvat berish grafiklari; d–yuklama davomiyligining yillik grafigi:––qishki grafik; -yozgi grafik.
O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:
1. Elektr sxemasining variantlari qanday tanlanadi?
2. Texnik–iqtisodiy qiyoslash variantlari qanday tanlanadi?
3. Amortizatsiya ajratmalari qanday kattaliklar?
4. Zarar, tannarx, isrof, xarajat kattaliklarini izohlang?
5. Nima uchun keltirilgan minimal xarajat asosida hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |