Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi



Download 0,94 Mb.
bet18/32
Sana20.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#564935
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Bog'liq
STANSIYA va podst elektr qsmi

10.2. YTQga qo‘yiladigan talablar.
Taqsimlash qurilmasi – bu elektr energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi hamda elektr apparattlar, shinalar va yordamchi qurilmalarga ega bo‘lgan elektr tizilmadir.
Agar taqsimlash qurilmasi bino ichiga joylashgan bo‘lsa, u yopiq taqsimlash qurilmasi deb ataladi.
Yopiq taqsimlash qurilmalari (YTQ-ZRU) odatda 3–20 kV li kuchlanishga mo‘ljallab quriladi. Odatda, katta kuchlanishlarda ochiq TQ quriladi. Biroq TQ ga ajratilgan maydon cheklangan bo‘lsa, yoki atmosfera juda ifloslangan bo‘lsa, shuningdek chekka shimol tumanlarida ham 35–220 kV kuchlanishli YTQ qo‘llanilishi mumkin.
Taqsimlash qurilmalari elektr tizilmalarning ishonchli ishlashini ta’minlash kerak. Bu talab elektr asbob-uskunalarini to‘g‘ri tanlash va joylashtirish, TQ tipi bilan konstruktsiyasini PUE ga muvofiq to‘g‘ri tanlash yo‘li bilan bajariladi.
TQ ga xizmat qilish qulay va xavfsiz bo‘lishi kerak. TQ da joylashgan asbob–uskunalar bir–birini to‘smay yaxshi ko‘rinishi, ta’mir ishlari qulay bajarilishi, ta’mir qilishlarda va ularni ko‘zdan kechirishda to‘la xavfsiz bo‘lishi kerak. Xavfsizlikni ta’minlash uchun YOTQ larning tok o‘tkazuvchi qismlaridan uning turli elementlarigacha bo‘lgan masofa minimal bo‘lishi talab etiladi [A.1-12].
Izolyatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketmaslik uchun ular kameraga joylanishi yoki ihotalangan bo‘lishi kerak. Ihota yaxlit yoki to‘rli bo‘lishi mumkin. Kopchilik YTQ larning konstruktsiyalarida aralash ihota qo‘llaniladi – ihotaning yaxlit qismida o‘chirgichlar va ajratkichlarning yuritmasi mahkamlanib, to‘r qismi esa asbob–uskunalarni ko‘zdan kechirish imkoniyatini beradi. Bunday ihotaning balandligi 1,9 m dan kam bo‘lmasligi, to‘r o‘lchami 25X25 mm dan katta bo‘lmagan teshiklarga ega bo‘lishi kerak. Ihotalar qulflab qo‘yilishi lozim. 3–10 kV li tizilmalarda poldan balandligi 2,5 m dan kam, 20–35 kV li tizilmalarda 2,7 m balandlikda joylashgan izolyatsiyalanmagan tok o‘tkazuvchi qismlar to‘r bilan to‘silib, bunda to‘r tagidan o‘tadigan ochiq joy balandligi 1,9 m dan past bo‘lmasligi kerak.
Asbob–uskunalarni ko‘zdan kechirish, ularning joylashishi bir tomonlama bo‘lsa, kengligi 1 m dan kichik bo‘lmagan, ikki tomonlama bo‘lsa 1,2 m bo‘lgan, xizmat qilish yo‘lagidan olib boriladi.
Agar YTQ yolagida ajratkich bilan o‘chirgichlarning yuritmasi joylashsa, unda bunday boshqarish yo‘lagining kengligi tegishlicha 1,5 va 2 m bo‘lishi kerak.
YTQ xonalaridan tashkariga chiqish yoki uning ichiga kirish uchun yonmaydigan devor va to‘siqlardan o‘tish joylari qilinadi. TQ uzunligi 7 m gacha bo‘lsa, bitta chiqish joyi; uzunligi 7 dan 60 m gacha bo‘lsa, ikki chekkasida ikkita chiqish joyi; uzunligi 60 m dan ortiq bo‘lganda ikki chekkasidan ikkita va qo‘shimcha chiqish joylari Shunday qo‘yiladiki, bunda TQ yo‘lagining istagan nuqtasidan chiqish joyigacha bo‘lgan masofa 30 m dan oshmasligi kerak. TQ ning eshigi tashqariga ochiladigan va o‘z–o‘zidan qulflanadigan qulfga ega bo‘lib, TQ tomonidan kalitsiz ochilishi kerak.
YTQ yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlashi kerak. Yopiq taqsimlash qurilmalari konstruktsiyalarini qurilish norma va qoidalari (SNiP), shuningdek, yong‘indan saqlanish qoidalari (PO) talablariga javob berishi kerak. TQ ning binosi o‘tga chidamli materiallardan quriladi. YTQ ni loyihalashda yuz bergan avariyaning tarqalashini cheklash uchun tadbirlar nazarda tutiladi. Buning uchun TQ ayrim elementlarining asbob–uskunasi kameralarga hamma tomonidan devorlar, ihotalar bilan chegaralangan xonalarga joylashtiriladi. Agar ihotaning bir qismi to‘rtdan iborat bo‘lsa, unda uni ochiq kamera deyiladi. Bunday kameralarda ajratkichlar, moysiz, kam moyli o‘chirgichlar bilan moyi 25 kg gacha bo‘lgan bakli o‘chirgichlar joylashadi. Hozirgi YTQ larda moyi kop bo‘lgan bakli o‘chirgichlar (60 kg dan yuqori) qo‘llanilmaydi, chunki ularni o‘rnatish uchun tashqariga chiqadigan chiqish joy bo‘lgan yopiq kamera talab etilib, bu esa qurilish qismini birmuncha murrakablashtiradi.
YTQ ga moyli transformatorlar o‘rnatilganda moy yig‘ish va uni moy yig‘ish tizimiga chiqarish tadbirlari ko‘riladi.
YTQ da transformatorlar bilan reaktorlar xonalarini tabiiy shamollatish, shuningdek moy to‘ldirilgan asbob–uskunalar o‘rnatilgan ochiq kameralarning xizmat qilish yo‘laglarida avariyali tortib oladigan ventilyatsiya nazarda tutiladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish