Kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari (KES). Issiqlik elektr stansiyalari — issiqlik elektr markazlari Issiqlik elektr stansiyalarida yondirilayotgan yoqilg‘ining ximiyaviy energiyasi bug‘ generatori (qozon) da turboregat (generator bilan biriktirilgan bug‘ trubinasi)ni aylantiruvchi suv bug‘i energiyasiga aylanadi. Aylanishning mexanik energiyasi generatorda elektr energiyasiga o‘zgaradi. Elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i sifatida ko‘mir, torf, yonuvchi slanetslar shuningdek, gaz va mazutdan foydalaniladi.
Vatanimiz energetikasida hosil qilinadigan elektr energiyasining 60% gacha qismi KES hisobiga to‘g‘ri keladi.
1.2–rasm. KES ning printsipial texnologik sxemasi: 1 – yoqilg‘i ombori va yoqilg‘i uzatish tizimi; 2 – yoqilg‘i tayyorlash tizimi; 3 – bug‘ generatori; 4 – turbina; 5 – kondensator; 6 – sirkulyatsion nasos; 7 – kondensat nasosi; 8 – ta’minlovchi nasos; 9 – bug‘ generatorining gorelkasi; 10 – ventilyator; 11 – tutun so‘rgich; 12 – havo isitkich; 13 – suv ekonomayzeri; 14 – past bosimli suv isitkich; 15 – deaerator; 16 – yuqori bosimli isitkich. KES ning asosiy xususiyatlari quyidagilar: ular elektr energiyasining bevosita iste’molchilaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘ladi, shu sababdan asosan yuqori va o‘ta yuqori kuchlanishdagi quvvat berish va stansiyani blok prinsipida qurish imkoniyatini beradi. Zamonaviy KESning quvvati Shundayki, ularning har biri mamlakatning yirik bir tumanini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Bu tipdagi elektr stansiyalarni davlat tuman elektr stansiyasi — GRES deb atalishi sabablaridan biri ham shundandir.
KESning texnologik sxemasi bir necha tizimdan: yoqilg‘i uzatish; yoqilg‘i tayyorlash; bug‘ generatori v turbina bilan birgalikdagi asosiy bug‘-suv konturi; sirkulyatsion suv bilan ta’minlash; suv tayyorlash; kul tutish va uni chiqarib tashlash tizimlaridan va nihoyat, stansiyaning elektr qismidan tashkil topgan (1.2-rasm).
isroflar asosan elektr stansiyasining FIKni aniqlab, hatto eng zamonaviy KESda ham ko‘pi bilan 40—42% ni tashkil etadi.
Issiqlik elektr stansiyalari — issiqlik elektr markazlari. Bu turdagi elektr stansiyalari sanoat korxonalari va shaharlarni issiqlik hamda elektr energiyasi bilan markazlashgan usulda ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ular ham KESlar kabi issiqlik stansiyalari bo‘lib, turbinalarda «ishlatib bo‘lingan» bug‘ning issiqligidan sanoat ishlab chiqarishi ehtiyoji, shuningdek, isitish, havoni konditsionerlash va issiqlik suv bilan ta’minlash uchun foydalanilishi bilan KESlardan farq qiladi. Elektr va issiqlik energiyasi hosil qilishning bunday kombinatsiyalangan usulida energiya bilan alohida ta’minlashdagiga qaraganda, ya’ni elektr energiyani KESda, issiqlikni esa mahalliy qozon tizilmalarida olishga qaraganda yoqilg‘idan ancha tejaladi. Shuning uchun IEM issiqlik va elektr energiyasi ko‘p miqdorda iste’mol qilinadigan tuman (shahar)larda keng tarqalgan. Umuman olganda bizning qit’ada hosil qilinadigan elektr energiyasining 25% gacha qismi IEM da olinadi.
Atom elektr stansiyalari (AES), Gaz turbinali elektr stansiyalari AES–bu O‘z mohiyati bilan issiqlik stansiyalari hisoblanib, ular yadro reaksiyasining issiqlik energiyasidan foydalanadi.
Gidroelektrostansiyalar (GES). GESda elektr energiyasi hosil qilish uchun suv oqimi (daryo, sharshara va hokazo) larning energiyasidan foydalaniladi.
Hozir hamma elektr energiyasining 15% ga yaqini GESda hosil qilinadi. Bu turdagi stansiyalarning intensiv qurilmasligiga sabab katta kapital mablag‘ talab etishi, qurilish muddatining uzoqligi va gidroresurslarning bizning qit’a maydoni bo‘ylab joylashishining o‘ziga xosligidadir (ularning ko‘p qismi mamlakat sharqida joylashgan).
1.2.Fan tarixi va rivojining tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va hududiy muammolarning elektr energetika istiqboliga ta’siri Ma’lumki, energetikaning rivojlanishi xar qanday davlatning texnik–iqtisodiy potensialini belgilaydi.
Bizning diyorimizda xalq xo‘jaligining istalgan sohasida energetikani ulushi muhim o‘rin tutadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tishda yangi bozor iqtisodiyotiga mos bo‘lgan raqobatbardosh katta va kichik korxonalar, yangi energetik tarmoqlar, chet el texnologiyalarining kirib kelishi, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining o‘sishi va shu kabi faktorlar energetikani uzluksiz taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi.
Farg‘ona viloyati Respublikamiz hududida o‘zining so‘lim tabiati, ishlab–chiqarish sanoatidagi salmog‘i va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining unumdorligi, serxosilligi bilan yetakchi o‘rinlarda turadi. Farg‘ona viloyatidagi sanoat korxonalari, qishloq xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarini ta’minlash masalalari hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida dolzarb masala hisoblanadi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning piravard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlari tashkil qilib berishdan iboratdir.
Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘otish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi [1].
Respublika qudratli, rivojlangan energetika bazasiga egadir. Gazning aniqlangan zaxiralarida 2 trillion kubometrga yaqin gaz, ko‘mir konlarida –2 milliard tonnadan ziyod ko‘mir, 350 million tonnaga yaqin neft zaxiralari mavjudligi aniqlangan. O‘zbekiston gaz eksport qiladigan 10 ta yirik davlatlar safiga kiradi. Respublikada bir qancha katta elektr stansiyalar bunyod etilgan bo‘lib, ular bir yilda 50 milliard kilovatt soatga qadar elektr energiyasi ishlab chiqaradi [2].
Bundan tashqari hozirgi sharoitda Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistonda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009–2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining qabul qilinishi va unda inqirozga qarshi choralar yuzasidan vazifalar belgilab o‘tildi, ya’ni [3]:
korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish;
eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lishini qo‘llab–quvvatlash va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillarni yaratish;
qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish;
ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish;
elektr energetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish;
ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab–quvvatlash.
Bugungi kunda modernizatsiyalash jarayonlari mamlakatimiz xayotining deyarli barcha jabxalarini qamrab olgan. Ayniqsa, mazkur yo‘nalishlar orasida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz raxbariyatining qabul qilgan qarorlari va chora –tadbirlariga tayanib ushbu o‘quv qo‘llanmada ham elektr energiyasini ishlab–chiqarish, taqsimlash va uzatishda eng zamonaviy, qulay va sodda texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos usullariga urg‘u berilgan.