Avtotransformatorli rejimlarda (2.2 a,b –rasm) nominal quvvat Snom VN cho‘lg‘amdan SN cho‘lg‘amga uzatilishi va aksincha bo‘lishi mumkin. Ikkala rejimda umumiy cho‘lg‘amda toklar farqi Is – Iv = kfoyI c o‘tadi, shuning uchun ketma–ket va umumiy cho‘lg‘amlar tipaviy quvvat bilan yuklangan bo‘ladi, bu esa ruxsat etiladi.
Transformatorli rejimlarda (2.2e,g–rasm) quvvatni NN cho‘lg‘amdan SN chO‘lg‘amiga yoki VN ga uzatish mumkin. NN chO‘lg‘amini Sti’ dan ortiq yuklash mumkin emas. Rejim ning ruxsat etilish sharti:
Agar NN dan SN ga Smun transformatsiyalanadigan bO‘lsa, unda umumiy chO‘lg‘am shu quvvat bilan yuklangan va ketma–ket chO‘lg‘am yuklanmagan bO‘lsa ham VN dan SN ga qO‘shimcha quvvat uzatilishi mumkin bO‘lmaydi. Transformatorli rejimda (2.2, g –rasm) Smun quvvatni NN chO‘lg‘amdan VN ga uzatishda umumiy va ketma–ket chO‘lg‘amlar tO‘la yuklanmaydi:
,
shuning uchun SN chO‘lg‘amidan VN ga qO‘shimcha ma’lum miqdordagi quvvatni uzatish mumkin
Kombinatsiyalashgan rejimda quvvatni avtotransformatorli yO‘l bilan va transformatorli yo‘l bilan uzatilganda (2.2, d–rasm) ketma–ket cho‘lg‘amdagi tok
bunda Pv, QV–VN dan SN ga uzatiladigan aktiv va reaktiv quvvatlar.
Ketma–ket cho‘lg‘am yuklamasi
Bundan shu narsa ko‘rinadiki, nominal quvvat SV=Snom ni uzatganda ham ketma–ket cho‘lg‘am o‘ta yuklanmaydi.
Umumiy cho‘lg‘amdagi toklar avtotransformatorli va transformatorli rejimlarda bir tomonga yo‘nalgan:
Umumiy cho‘lg‘am yuklamasi
Toklar miqdorini o‘rniga qo‘yib va tegishli o‘zgartirishlardan so‘ng quyidagi natijani olamiz:
bunda PNN, Qnn–NN cho‘lg‘amdan SN cho‘lg‘amga uzatilayotgan aktiv va reaktiv quvvatlar.
Shunday qilib, kombinatsiyalangan rejim umumiy cho‘lg‘am yuklamasi bilan chegaralanadi va quyidagi shartda ruxsat etiladi:
Quvvatni NN va SN cho‘lg‘amlardan VN cho‘lg‘amga uzatuvchi kombinatsiyalashgan rejimda toklarning taqsimlanishi 2.2 ye –rasmda ko‘rsatilgan. Umumiy cho‘lg‘amda avtotransformatorli rejimdagi tok yo‘nalishi transformatorli rejim tokining yo‘nalishiga qarama–qarshi, shuning uchun cho‘lg‘amning yuklamasi ruxsat etilgandan ancha kichik va nihoyat nolga teng bo‘lishi mumkin. Ketma–ket cho‘lg‘amdagi toklar o‘zaro qo‘shiladi va natijada uni o‘ta yuklanishi mumkin. Bu rejim ketma–ket cho‘lg‘amni yuklash bilan chegaralanadi:
bunda RS, QS–SN tomonidagi aktiv va reaktiv quvvatlar; Rnn , Qnn –NN tomonidagi aktiv va reaktiv quvvatlar.
Agar quyidagi shart bajarilsa kombinatsiyalashgan rejim ga yo‘l qo‘yiladi:
2.3–rasm. Avtotransforma
torlar yuklamasini nazorat qilish uchun tok transfomator
larining ulanish sxemasi.
Boshqa kombinatsiyalashgan rejim ham bo‘lishi mumkin, ya’ni SN cho‘lg‘amdan NN va VN cho‘lg‘amlarga quvvat uzatilishi yoki VN cho‘lg‘amdan SN va NN cho‘lg‘amlarga quvvat uzatib pasaytiruvchi rejimda ishlashi mumkin.
Hamma hollarda ham avtotransformator cho‘lg‘amlarining yuklanishini nazorat qilib turish kerak. IKK=Iv bo‘lganligi uchun ketma–ket cho‘lg‘am tokini tok transformatori TA1 orqali nazorat qilish mumkin (2.3–rasm). SN cho‘lg‘am chiqishlaridagi tokni tok transformatori TA2 nazorat qiladi, umumiy cho‘lg‘amdagi tok esa shu cho‘lg‘amga o‘rnatilgan tok transformatori TAO orqali bevosita nazorat etilishi mumkin. Umumiy cho‘lg‘amning ruxsat etilgan yuklamasi avtotransformatorning pasport ma’lumotlarida ko‘rsatiladi. Bir fazali avtotransformatorlar uchun qilingan xulosalar sxemasi 5.4–rasmda ko‘rsatilgan uch fazali avtotransformator lar uchun ham to‘g‘ri keladi. VN va SN cho‘lg‘amlar nol nuqtasi chiqarilgan yulduzchada ulanadi. NN cho‘lg‘am uchburchaklik ko‘rinishida ulanadi. Avtotransformatorlar konstruktsiyalarining xususiyatlariga VN va SN cho‘lg‘amlar uchun umumiy bo‘lgan neytralni yerga mustahkam tutashtirish lozimligini kiritish mumkin. Buni quyidagicha tushuntiriladi. Agar neytrali yerga samarali ulangan tizimga neytrali yerga ulanmagan pasaytiruvchi avtotransformator ulansa, u holda SN tarmoqdagi fazalardan biri yerga tutashganda, shu fazaning ketma–ket cho‘lg‘amidagi kuchlanish o‘rniga to‘liq kuchlanish bO‘ladi va SN cho‘lg‘am chiqqichlaridagi kuchlanish taxminan Uv gacha ortib, shikastlanmagan fazalar cho‘lg‘amidagi kuchlanish keskin ortadi.
2.4–rasm. Uch fazali avtotransformator sxemasi.
Xuddi shu holat neytrali yerga samarali ulangan tizimga neytrali yerga ulanmagan kuchaytiruvchi avtotransformator ulanganda ham kuzatiladi.
Bu kabi o‘ta kuchlanishlarga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagani uchun avtotransformatorlarning hamma neytrallari yerga mustahkam ulanadi. Bunday holatda VN yoki SN tomonlar yerga tutashganda xavfli o‘ta kuchlanish bo‘lmaydi, biroq VN va SN tizimlarda bir fazali qisqa tutashuv toki ortadi.
Avtotransformatorlarning shu quvvatdagi transformatorlarga nisbatan afzalligi quyidagilar:
materiallar kam sarflanadi (mis, po‘lat, izolyatsiya materiallari);
massasi va o‘lchamlari kichik bo‘lganligi uchun transformatorlarga nisbatan katta nominal quvvatli avtotransformatorlar yaratish imkonini beradi;
isroflar kam bo‘lib, FIK katta;
sovitish sharoitlari ancha yengil.
Avtotransformatorlarning kamchiliklari:
neytralini yerga mustahkam ulash zaruriyati bir fazali qisqa tutashuv tokining ortishiga olib keladi;
kuchlanishni boshqarish jarayoni murakkab;
VN va SN cho‘lg‘amlarning elektrik bog‘lanishi sababli o‘ta kuchlanishlarning atmosfera orqali o‘tish xavfi tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |