3.1–misol. Agar sov=+ 20° bo‘lsa, 3.1–rasmda keltirilgan grafik bo‘yicha ishlovchi TDN–16000 transformatorining o‘ta yuklanishiga ruxsat etilishi yoki etilmasligi aniqlansin.
Yechish. O‘ta yuklanishdan oldingi 10 soat uchun ekvivalent yuklamani aniqlaymiz:
Boshlang‘ich yuklama koeffitsienti:
O‘ta yuklanish koeffitsienti:
Yuklanish qobiliyati grafigi (3.2–rasm) dan tegishli transformator tipi va sovitish muhiti haroratiga qarab, egri chiziqdan t = 4 soat, k 2 ko‘sh = 1,22 ni aniqlaymiz. Demak, TDN–16000 transformator ko‘rsatilgan grafik asosida ishlay olmaydi, chunki maksimum soatlarida yuklama haddan tashqari katta. Maksimum yuklamani 1,22 Inom gacha yoki maksimumning davomiyligini 3 soatgacha kamaytirish lozim. Shunisi qiziqki, shu transformator qish oylarida sov = + 0° S da 1,38 Inom gacha, sov = + 10°S da esa 1,321 Inom gacha yuklanishi mumkin
3.2–rasm. Muhitning sovitish ekvivalent harorati +20oS, quvvati 6,3 dan 32 MV A gacha bo‘lgan D sovitish tizimli transformatorlarning yuklanish qobiliyati grafigi.
O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI:
1.Bog‘lovchi transformatorlar qanday talab asosida tanlanadi?
2.Foydalilik koeffitsienti nima?
3. Yakka transformatorni tanlash shartlarini ayting.
4.Yuklamalar grafigi nimani ifodalaydi?
ELEKTR USKUNALARINING ELEKTR SXEMASI
Reja:
4.1 Elektr sxemalarining turlari. Elektr uskunasining elektr sxemasini tanlashga ta’sir etuvchi faktorlar. Elektr stansiyalari bosh sxemalariga qo‘yiladigan talablar.
4.2. IES, GES va podstansiyalarning namunaviy sxemalari, tanlash va tuzish xususiyatlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
Asosiy talablar, bog‘lovchi transformator, sxemalar, sxema turlari, strukturaviy, operativ, bir chizikli sxemalar, iste’molchilarning toifalari, stansiyaning sxemalari, stansiyaning sxemalari, turlari, ishonchliligi.
4.1. Elektr sxemalarining turlari. Elektr sxemasini tanlashga ta’sir etuvchi faktorlar va qo‘yiladigan talablar.
Elektr tizilmaning bosh sxemasini tanlashga ta’sir etadigan kompleks shartlardan sxemalarga qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablarni ko‘rsatish mumkin:
Ishonchlilik – bu elektr tizilmaning elektr tarmog‘i uchastkasining yoki energetik tizimning iste’molchilarini belgilangan sifatdagi elektr energiyasi bilan uzluksiz, to‘la ta’minlash xususiyatidir. Sxemaning istagan joyidagi asbob–uskunaning buzilishi, elektr bilan ta’minlashni, tizimga energiya berishni, shina orqali quvvatni tranzitlashni mumkin qadar buzmasligi kerak. Sxemaning ishonchliligi shu elektr tizilmadan ta’minlanayotgan iste’molchining tavsifi toifasiga to‘g‘ri kelishi kerak.
Elektr tizilmalarning ta’mir ishlariga moslanganligi iste’molchilarni elektr bilan ta’minlashni cheklamasdan yoki buzmasdan turib, ta’mir ishlarini olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan baholanadi. Shunday sxemalar borki, o‘chirgichni ta’mir qilish uchun uni ta’mir tamom bo‘lguncha uzib turish kerak bo‘ladi, boshqa sxemalarda ulanganlardan ayrimini maxsus ta’mir sxemasini tuzish uchun vaqtincha uzib turish talab etiladi; uchinchilarda – o‘chirgichlarni ta’mir qilishda elektr bilan ta’minlash hatto qisqa vaqtga ham uzilmay amalga oshiriladi. Shunday qilib, ko‘rilayotgan sxemaning ta’mir ishlarini amalga oshirish uchun moslanganligini son jihatidan quyidagicha: asbob–uskunalarni ta’mir qilish va iste’molchilarni uzish chastotasi hamda o‘rtacha davomiyligi bilan baholash mumkin.
Elektr sxemaning operativ ixchamliligi kerakli ekspluatatsion rejimlarni hosil qilish va operativ qayta ulanishga moslanganligi bilan aniqlanadi.
Operativ ixchamlilik operativ qayta ulanishlar soni, murakkabligi va davomiyligi bilan baholanadi.
Stansiyalarni parallel ishlashga birlashtirish va energetik tizim yaratish xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega va bir qancha texnik hamda iqtisodiy afzalliklar beradi:
energetikani rivojlantirish sur’atlarini oshirish hozirgi sharoitlar uchun eng tejamkor yo‘llar bilan, ya’ni katta quvvatli blokli agregatlarga ega bo‘lgan yirik IES va AES larni ko‘proq ishga tushirish hisobiga olib borishga imkon beradi;
iste’molchilarni elektr bilan ishonchli ta’minlashni keskin oshiradi;
tumanning energetik resurslaridan (yoqilg‘i, suv energiyasi va hokazolardan) to‘g‘ri foydalanib, yuklamani elektr stansiyalar o‘rtasida eng ratsional taqsimlash hisobiga umuman energetik tizim bo‘yicha elektr energiyasi hosil qilish va uni taqsimlashda tejamkorlikni oshiradi; elektr energiya sifatini oshiradi, ya’ni chastota va kuchlanishni GOSTda belgilangan chegaralarda ushlab turishni ta’minlaydi, chunki ko‘p agregatlar yuklamaning o‘zgarib turishiga ta’sirchan bo‘ladi;
energetik tizim agregatlari umumiy quvvatining 12–20% ini tashkil etuvchi jami zahira quvvatni pasaytirishga imkon beradi.
Hozir dispetcherlik usulida boshqarishning quyidagi strukturasi ishlab turibdi: bizning qit’a yagona energetika tizimining Markaziy dispetcherlik boshqarmasi (YaES MDB); territorial energetika tizimlarining markaziy dispetcherlik xizmati (Markaz, Janub, Ural va hokazolarning BDB); tuman energetika tizimlarining markaziy dispetcherlik xizmati; elektr stansiyalarini boshqarish punktlari, elektr va issiqlik tarmoqlari korxonalarining dispetcherlik punktlari.
Dispetcherlik punktlari eng yangi boshqarish vositalari: dispetcherlik shitlari, teleboshqarish qurilmalari, telesignalizatsiya, tele o‘lchash, hisoblash texnikasi vositalari, avtomatika va hokazolar bilan jihozlanmoqda.
Sxemaning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi tizilmani qurish uchun sarflangan kapital mablag‘, uni ekspluatatsiya qilish va elektr bilan ta’minlash buzilganda ko‘rilgan zararlarni o‘z ichiga oladigan umumiy sarf miqdori bilan baholanadi.
4.2. IES, GES va podstansiyalarning namunaviy sxemalari, tanlash va tuzish xususiyatlari.
Kuchli KES va AES larning tipaviy sxemalari
Hozirgi KES va AESga quvvati 500; 800; 1000; 1200 MVt li bloklar o‘rnatiladi. Beriladigan elektr energiyaning kuchlanishi 220, 330, 500, 750 kV bo‘ladi.
Quyida tipaviy sxemalardan namunalar keltirilgan. 4.2–rasmda har biri 300 MVt li sakkiz blokli KES va keyinchalik u kengaytirilganda 1200 MVt li blokni o‘rnatish sxemasi ko‘rsatilgan. 1, 2, 3 bloklari, ikkita ish shinali va aylanib o‘tuvchi SSH sxemasi bo‘yicha tuzilgan 220 kV li TQ ga elektr energiyasi uzatadi. Elektr stansiyalarning taraqqiy etish protsessida 220 kV li shinalarga ulanadigan ulanmalar soni ortganda, SSH lardan bittasi seksiyalanadi.
Avtotransformatorli 4 blok 220 kV va 500 kV li TQ ni bog‘laydi. Birlashgan bloklar 6,5 va 7,8 olti burchak sxemasida tayyorlangan, keyinchalik kengayganda 1200 MVt li blok o‘rnatilganda esa ulanmagan 3/2 o‘chirgichli sxema bo‘yicha tuziladigan 500 kV li TQ ga energiya beradi (4.2–rasmda kengaytirish sxemasi punktir bilan ko‘rsatilgan).
Odatda, GES iste’molchilardan uzoqda quriladi, shuning uchun hamma quvvat bir yoki ikki kuchaytirilgan kuchlanishda uzatiladi. GES ning bu xususiyati generatorli kuchlanishdagi yig‘ma shinalarni nazarda tutmay, generator –transformatorli blokli ulanishni qo‘llash imkoniyatini beradi.
GES ning belgilangan quvvatini amalda oshirib bo‘lmaydi, chunki u maksimal suv oqimiga loyihalanadi. Shu sababli yuqori kuchlanish liniyalar soni ortmaydi, shuning uchun yuqori kuchlanishli TQ ni kengaytirish talab etilmaydi. GESning bu xususiyati ko‘p burchaklar, ikkilangan kvadratlar sxemasi, bir zanjirga 3/2 va 4/3 o‘chirgichli sxemalarni keng qo‘llash imkoniyatini beradi.
4.2-rasm. (8x300+1x1200) MVt quvvatli KES sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |