7.2. Issiqlik elektr stansiyalarining o‘z ehtiyojlari tizimlari. GESlarning o‘z ehtiyojlari tizimlari. Blokli IES o‘z ehtiyojining ish transformatorlari blokdan chiqqan shoxobcha yordamida ulanadi (7.1b–rasm). Bu transformatorlarning quvvati aniqlanib, undagi RO‘,e,max blokning belgilangan quvvatiga qarab hisoblanadi. 300 MVt va undan yuqori kuchlanishdagi blokli elektr stansiyalardagi o‘z ehtiyojining quvvatli mexanizmlari (ta’minlash nasoslari, puflash ventilyatorlari) ning bir qismi turboyuritmaga ega bo‘lishi mumkin. Bu o‘z ehtiyoji uchun sarflanadigan elektr energiyasinn ancha kamaytiradi. Masalan, gaz–mazutda ishlaydigan KES ning 800 MVt li bloki uchun quyidagi formula bO‘yicha quvvatni aniqlaymiz:
ya’ni O‘z ehtiyoji uchun 40 MV•A quvvatli transformator tanlash lozim. Agar ta’minlash nasosi bilan puflash ventilyatori turboyuritmaga ega bo‘lsa, u holda HET ning quvvati 32 MVA gacha kamaytiriladi.
O‘z ehtiyojining taqsimlash qurilmasi shinalarning seksiyalangan bitta tizimi ko‘rinishida tayyorlanadi.
Blokli IES ning 6–10 kV li seksiyalari soni quyidagicha qabul qilinadi: har bir blokka ikkitadan (blok quvvati 160 MVt dan katta bo‘lsa).
Har bir seksiya yoki juft-juft seksiya o‘z ehtiyojining ish transformatoriga ulanadi.
O‘z ehtiyoji seksiyalarining zahira ta’minlanishi o‘z ehtiyoji ishga tushiruvchi zahira transformatorlari bilan bog‘langan zahira magistrallardan amalga oshiriladi.
Zahirali magistralning ishonchliligi bilan ixchamliligini oshirish uchun ular ikki–uch bloklar orqali o‘chirgichlar bilan seksiyalanadi.
Blokli IES uchun o‘z ehtiyoji zahira transformatorlarining sonlari asosida quyidagicha qabul etiladi: ikki blokka–bitta, bloklar soni uchdan oltitagacha bo‘lsa — ikkita. Bloklar soni katta bo‘lganda ta’minlovchi manbaga ulanmagan, ammo stansiyaga o‘rnatilgan va istagan ish XETni almashtirish uchun tayyor bo‘lgan generator kuchlanishdagi uchinchi zahira transformator nazarda tutiladi. O‘z ehtiyojining zahira transformatorlari, VN liniya bo‘yicha energetik tizim bilan bog‘langan (stansiyaning hamma generatorlari avariyada uzilgan holat uchun) yuqori kuchlanishli yig‘ma shinalarga ulangan bo‘lishi lozim. Agarda energetik tizim bilan 500–750 kV li liniya orqali bog‘langan bo‘lsa, bu talabni bajarish qiyin. Bu holda zahira XETning VN shinasi bilan avtotransformator orqali bog‘lanish sharti bilan o‘rta kuchlanish (110, 220 kV) li shinalarga ulanadi.
Zahira XETni avtotransformatorning NN cho‘lg‘amiga yoki generatorli o‘chirgich o‘rnatilgan generator–transformator blokidan chiqqan shoxobcha yordamida ulashga ham ruxsat etiladi.
Har bir zahira XETning quvvati bir blokning ish transformatorining o‘rnini bosishi va ikkinchi blokni bir vaqtning o‘zida ishga tushirishni yoki avariyali to‘xtatishni ta’minlashi lozim.
O‘Z-O‘ZINI NAZORAT QILISH SAVOLLARI: 1. O‘z ehtiyoj manbalariga nimalar kiradi? 2. IES ning o‘z ehtiyoj tizimlari nimalardan iborat? 3. IES uchun xususiy ehtiyoj transformatori qanday tanlanadi? 4. GES uchun xususiy ehtiyoj transformatori qanday tanlanadi?