Endokrin tizimi patofiziologiyasi


Buyrak usti bezlari funksiyasi buzilishi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Buyrak usti bezlari funksiyasi buzilishi. 
Buyrak usti bezining pustlok moddasi gipofunksiyasi.
Ikkala buyrak usti 
bezlarini olib tashlash (adrenalektomiya) organizmda chuqur patologik 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bunday holatda, kortikal moddaning etishmasligi 
hal qiluvchi ahamiyatga ega, medulla yetishmovchiligi esa vegetativ asab tizimi 
simpatik qismining xromaffin hujayralari tomonidan katexolaminlarni ishlab 
chiqarish bilan qoplanadi. 
Buyrak usti korteksining o‘tkir yetishmovchiligi
odamlarda, shuningdek 
qo‘shimcha buyrak usti po‘stlog‘iga ega bo‘lmagan hayvonlarda (itlar, mushuklar 
va dengiz cho‘chqalari) rivojlanadi.
Adrenalektomiyadan 
1-2 
kun 
o‘tgach, mushaklarning kuchsizligi, 
anoreksiya, qusish, diareya kuzatiladi. Hayvonlar befarq, tashqi ta’sirga yomon 
reaksiya qiladi. Tana harorati pasayadi. Adrenalektomiya qilingan hayvonlar 
infeksiyaga, intoksikatsiyaga, gipotermiyaga va boshqalarga juda sezgir bo‘lib 
qoladi. Natijada o‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligi belgilari yanada rivojlanib 
boradi.
Adrenalektomiyadan so‘ng jigar va mushaklarda glikogen zaxirasii tugaydi. 
Glyukoza-6-fosfataza faolligining pasayishi tufayli jigar hujayralarida glikogenoliz 
darajasi pasayadi. Shu bilan birga, aminokislotalardan glyukoza hosil bo‘lishi 
(glyukoneogenez) sekinlashadi, bu esa gipoglikemiyaga olib keladi.
Oqsillar va nuklein kislotalar metabolizmining buzilishi dissimilyatsiya 
jarayonlarining ustunligi, qondagi oqsil parchalanishi mahsulotlarining azotli 
birikmalari darajasining ortishi bilan tavsiflanadi. 
O‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligining so‘nggi bosqichida qon bosimi 
pasayadi. Arterial gipotenziya xarakatdagi qon xajmi pasayishi, bradikardiya va 
katexolaminlarning vazokonstriktor ta’sirining zaiflashishi bilan bog‘liq. 
O‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligining genezida suv-elektrolitlar 
almashinuvining buzilishi eng muxim rol o‘ynaydi. Fiziologik sharoitda 
aldosteron nefronlarning distal kanalchalarida natriy ionlarining qayta so‘rilishini 


ta’minlaydi va glyukokortikoidlar qon bosimini oshiradi, bu esa buyraklar 
glomerulasidagi suyuqlikni filtrlashni kuchaytiradi. Buyrak usti bezlari olib 
tashlangandan so‘ng siydikda natriy ionlari ko‘p miqdorda chiqarilishi sababli 
uning qon plazmasidagi konsentratsiyasi pasayadi. Dastlab poliuriya, so‘ngra 
oliguriya va anuriya kuzatiladi. Shu bilan birga, hujayraning gidratatsiyasi 
rivojlanadi. Bu natriy reabsorbsiyasining buzilishi natijasida qonning osmolyarligi 
pasayib, hujayralarga suvning o‘tib ketishi bilan bog‘liq. Qon plazmasidagi kaliy 
ionlari konsentratsiyasining keskin o‘sishi bioelektrik jarayonlarning buzilishiga, 
yurak qisqarishining kuchi va ritmining (fibrilatsiyaga qadar) o‘zgarishi va 
mushaklarning qisqarish qobiliyatining susayishiga sabab bo‘ladi. 
O‘tkir buyrak usti bezi yetishmovchiligining terminal bosqichida siyish 
butunlay to‘xtaydi, puls va nafas olish sekinlashadi. Hayvonlar komaga tushib, 
so‘ng o‘lishadi. Adrenalektomiya qilingan itlar va mushuklarning umr ko‘rish 
davomiyligi 2- 3 dan 9- 1 1 kungacha. 
Odamlarda buyrak usti bezi po‘stlog‘ining o‘tkir yetishmovchiligi ularga 
qon kuyilishidan kelib chiqishi mumkin. 
Odamlarda buyrak usti bezi po‘stlog‘ining surunkali yetishmovchiligi 
(gipoadrenokortitsizm) Addison yoki bronza kasalligi deb nomlanadi. Kasallik 
ko‘pgina hollarda, bu buyrak usti bezlarining sil kasalligi natijasida, shuningdek, 
og‘ir yuqumli kasalliklar yoki kortikosteroidlar bilan uzoq muddatli davolanish 
tufayli po‘stloq atrofiyasi natijasida rivojlanadi. 
Surunkali gipoadrenokortitsizm tana vaznining pasayishi, tez jismoniy va 
aqliy charchoq, ishtahaning pasayishi, xazm tizimining disfunksiyasi, arterial 
gipotenziya va terining progressiv giperpigmentatsiyasi bilan tavsiflanadi. 
Giperpigmentatsiya 
mexanizmi 
kortikotropin 
progormoni 
bo‘lgan 
pro-
opiomelanokortin sekresiyasining ko‘payishi va gipofizning melanotsitlarni 
stimulyatsiya qiluvchi faolligining ortishi bilan bog‘liq. Addison kasalligi bilan 
og‘rigan bemorda turli xil patogen ta’sirlar (travma, infeksiya, qon yo‘qotish va 
hatto tish oldirish) buyrak usti bezining o‘tkir yetishmovchiligini keltirib chiqarishi 
mumkin. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish