Endokrin tizimi patofiziologiyasi


Kalsitonin sekresiyasining buzilishi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Kalsitonin sekresiyasining buzilishi.
Tireoidektomiyaning ba’zi oqibatlari, 
qalqonsimon bez kalsitonin gormoni sekresiyasining etishmasligidan kelib chiqadi. 
Kalsitonin hosil bo‘lishi, shuningdek, tireostatik dorilar ta’sirida paydo bo‘lgan 
gipotireozda, 
endogen va 
ekzogen 
etiologiyali gipertireozida buziladi. 
Kalsitoninning ortiqcha sekresiyasiga ba’zida ushbu gormon sintez qilinadigan, 


follikullar orasida joylashgan qalqonsimon S-hujayralaridan kelib chiqqan 
o‘smalar sabab bo‘ladi. Ko‘pincha, kalsitoninning ko‘payishi paratiroid bezlarining 
normal 
ishlashiga 
qaramay, 
gipokalsemiya 
va 
boshqa 
kalsiy-fosfor 
metabolizmining buzilishi kuzatiladigan soxta gipoparatireoz kasalligi bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Paratireoid bezlarining funksiyasining buzilishi 
Paratireoid bezlarining gipofunksiyasi.
Paratireoid bezlari funksiyasining 
etishmasligi, ya’ni og‘ir gipoparatireoz, paratiroid tetaniyasining rivojlanishiga 
sabab bo‘ladi. Eksperimentda it va mushukdagi bezlarni olib tashlash orqali 
modellashtiriladi. Operatsiyadan 1-2 kundan keyin hayvonlar sustlashgan holga 
keladi, xayvon ovqatdan bosh tortadi, chanqash, tana haroratining pasayishi va 
nafas qisilishi kuzatiladi. Qonda kalsiy konsentratsiyasining pasayishi tufayli bir 
valentli (Na+, K+) va ikki valentli (Ca2+, Mg2+) ionlarining nisbati o‘zgaradi. 
Natijada asab-mushak qo‘zg‘aluvchanligi keskin oshadi. Mushaklarning rigidligi 
paydo bo‘ladi, yurish buziladi. Bunday holda, butun tanadagi mushaklarning ko‘p 
sonli fibrillyar qisqarishi kuzatiladi, keyinchalik ularga tonik qisqarishlar 
qo‘shiladi. tonik qisqarishlar tonik tutqanoqlarga aylanadi, opistotonus rivojlanadi 
(boshni orqaga tashlagan holda tananing keskin egilishi). Qisqarishlar ichki 
organlarga ham tarqalishi mumkin (pilorospazm, laringospazm). Ushbu 
tutilishlardan birida hayvonlar, odatda, nafas olish mushaklarining spazmi 
natijasida o‘ladi. 
Qonda gipokalsemiya fonida noorganik fosfor miqdori ko‘payadi. Mineral 
moddalar almashinuvining buzilishi suyaklarning rezorbsiyasini ingibitsiya qilish, 
ichakdagi kalsiyning so‘rilishi va nefron tubulalarida fosfat reabsorbsiyasining 
kuchayishi natijasida yuzaga keladi. 
Paratiroid tetaniyasi patogenezida jigarni detoksikatsiya funksiyasining 
buzilishi ahamiyatga ega. Paratiroid bezlari olib tashlangan itlarning go‘sht bilan 
oziqlanishi azot almashinuvi mahsulotlarini yetarli darajada zararsizlantirish
xususan, jigarning ammiyakni karbamidga aylantirish qobiliyatini pasayishi 
sababli tetaniyani kuchaytiradi. 
Xayvonlarda qo‘shimcha paratiroid bezlari mavjud bo‘lganda (quyonlar 
yoki kalamushlarda) yoki operatsiya paytida paratiroid bezining bolagi saqlab 
qolinganda, surunkali gipoparatireoz rivojlanadi, uning klinik ko‘rinishi paratireoid 
kaxeksiyasi deb nomlanadi. Bu xayvonlarda tana vaznining pasayishi, ovqatdan 
bosh tortish (anoreksiya), asab-mushak qo‘zg‘aluvchanligi, diareya va turli trofik 
kasalliklar bilan tavsiflanadi. 


Odamlarda gipoparatireoz ko‘pincha qalqonsimon bezdagi operatsiya 
paytida paratiroid bezlarini tasodifan shikastlanishi yoki olib tashlanishi natijasida 
rivojlanadi. Tananing kalsiy tuzlariga bo‘lgan ehtiyojining ortishi bilan 
tavsiflangan intensiv o‘sishda, homiladorlik vaqtida, laktatsiya davrida va boshqa 
holatlarda bezlarning nisbiy gipofonksiyasi kuzatiladi. 
Odamlarda gipoparatireozning patogenezi va klinik ko‘rinishi eksperimentda 
kuzatilganiga o‘xshashdir.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish