ENDOKRIN TIZIMI PATOFIZIOLOGIYASI
Gormonlar va ularning organizmdagi ro‘li
Endokrin tizim gormonlar yordamida, asab va immun tizimlari bilan
birgalikda tananing fiziologik va biokimyoviy jarayonlarini boshqarishini
ta’minlaydi. Gormonlar organizmga umumiy va uzoq muddatli ta’sirga ega. Ular
embriogenezda va organizmni o‘sish rivojlanishida, gomeostazni saqlanishida,
ko‘payish jarayonlarini, mavjudlik, sharoitlariga moslashishni davom ettirishda
qatnashadilar, shuningdek metabolizm, xatti-harakatlar va boshqa psixofiziologik
funksiyalar ro‘yobga chikarishda bevosita ishtirok etadi.
Ichki sekresiya bezlarida: qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari, oshqozon
osti bezi orolchalarida gormonlar biosintezlanadi(tiroksin, kortizol, insulin va
boshqalar). Bundan tashqarib ko‘plab gormonlar to‘qimalar, alohida hujayralar
yoki ularning bezsiz tuzilish klasterlari tomonidan ham ishlab chiqariladi. Xususan,
ovqat hazm qilish gormonlari ovqat hazm qilish organlarida hosil bo‘ladi, gastrin,
sekretin, xolesistokinin va boshqalar. Buyraklar eritropoetin sintezlaydi, yurak
aurikulyar natriuretik peptid, estrogenlarning yog to‘qimalari va yaqinda topilgan
gormonlar - leptin, adiponektin va boshqalar.
Diffuz neyroendokrin hujayralar, APUD tizimlari gormonlarning muhim
manbai hisoblanadi. Endokrin tizimning bunday xilma-xil va funksional tashkil
etilishi endokrin kasalliklarni aniqlash va davolashni juda qiyinlashtiradi.
Klassik gormonlar quyidagi mezonlarga javob beradi:
1) ixtisoslashgan endokrin organlar yoki hujayralar tomonidan sintez qilinadi;
2) qon, limfa, serebrospinal, aylanadigan biologik suyuqlikka quyiladi (ichki
sekresiya);
3) uzoqdan, ya’ni masofadan turib ta’sir qilish;
4) juda yuqori fiziologik faollikka ega, bu 10
-11
10
-9
mmol/l konsentratsiyalarda
aniqlanadi;
5) to‘qimalarga selektiv va o‘ziga xos ta’sir o‘tkazish.
Shunga qaramay, ushbu mezonlarning ma’lum darajada shartli ekanligini
ta’kidlash kerak. Estrogenlar, yog‘ to‘qima va bosh miya neyronlari tomonidan
qisman hosil bo‘ladi va qo‘shni hujayralar, (parakrin ta’sir) yoki hatto o‘zlari ular
ishlab chiqarilgan hujayralarga ta’sir qiladi, masalan, tuxumdon follikulalariga
neyronlarga yoki granuloza hujayralariga va boshqalarga (autokrin ta’sir). Ba’zi
to‘qima gormonlari, xususan prostaglandinlar, nafaqat mahalliy darajada ta’sir
qiladi, balki qonda ham tarqalib, uzoqda joylashgan organlar va to‘qimalarga ham
ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ular fiziologik faoliyatini keng ko‘lamli namoyish etishi
bilan ajralib turadi. Bunday gormonga o‘xshash moddalar, gistogormonlar yoki
gormonsimon moddalar deyiladi. Ayni paytda deyarli 100 ga yaqin gormon va
gormonsimon moddalar mavjud. Ularning eng muhim vazifasi gumoral tartibga
solish tizimida axborot signalini uzatishdir. Gormonlar ta’sirida nishon
hujayralarda ko‘payish, apoptoz, atrofiya, gipertrofiya, sekresiya va boshqa
jarayonlari bilan bog‘liq bir qator funksional va morfologik o‘zgarishlar
rivojlanadi. Hujayrada membranalarining elektr potensiali, ularning ionlar,
glyukoza, aminokislotalar, yog kislotalari va boshqa moddalar uchun
o‘tkazuvchanligi, genlarning faolligi o‘zgaradi. Strukturaviy oqsillar, nuklein
kislotalar, fermentlar va boshqa moddalar sintezlanadi. Ushbu gormonlarning
aksariyati faollashtiruvchi yoki ingibirlovchi ta’sirga bog‘liq klassik triada
gormon-gen-ferment bo‘yichab hujayraning yadro genomidagi transkripsiya
jarayonlariga ta’siri etadi. Biroq, ularning katta qismi ekstragenomik ta’sirga ega.
Shunday qilib, glyukoza yoki aminokislotalarni mushak va yog hujayralariga
plazmolemma orqali insulin ta’sirida kirish tezligining ortishi, transporter
oqsillarni polisomalarga sintezini to‘g‘ridan-to‘g‘ri stimulyatsiya qilish yoki
hujayra membranasi sitoplazmik mikrovezikulalardan GLUT-4 ning harakatlanishi
tufayli yuzaga keladi. Genomga bog‘liq bo‘lmagan ta’sirlarga deyarli bir zumda
erishiladi, steroid gormonlari ta’siri tufayli neyronlarning qo‘zg‘alishi bunga misol
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |