Endokrin tizimi patofiziologiyasi


BOShQA ENDOKRIN ORGANLAR FUNKSIYaLARINING BUZILIShI



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

BOShQA ENDOKRIN ORGANLAR FUNKSIYaLARINING BUZILIShI 
Qalqonsimon bez funksiyalarining buzilishi 
Qalqonsimon bez gipofunksiyasi 
Hayvonlarda 
gipotireoz
bezni to‘liq yoki 
qisman jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash, tiroid gormonlarining sintezi va 
ajralishiga xalaqit beradigan tireostatik dorilarni yuborish yo‘li bilan 
modellashtiriladi. 
Umumiy tiroidektomiya natijasida og‘ir gipotireoz holati kelib chiqadi, bu 
xolat 
qalqonsimon bez kaxeksiyasi 
deb ataladi. Tiroidektomiya operatsiyasidan 
so‘ng yosh itlarda, kalamushlarda, quyonlarda va boshqa hayvonlarda o‘sishning 
sezilarli darajada sustlashishi, jinsiy rivojlanmaganlik, metabolizmning barcha 


turlarining buzilishi, trofik kasalliklar kuzatiladi. Oksidlanish jarayonlari pasayishi 
natijasida asosiy almashinuv 25-40% ga pasayadi, tana harorati tushadi va 
gipoglikemiyaga moyillik kuzatiladi. Xolesterinnini parchalanishi va undan 
foydalanishni sekinlashishi natijasida qonda xolesterin konsentratsiyasi 2-3 
martagacha oshadi. Giperxolesterinemiya fonida aterogen omillarning ta’siri 
kuchayadi. Radioizotop tadqiqotlar natijalari oqsillar sintezini ingibitsiyasini 
ko‘rsatadi. To‘qimalarda suvni ushlab qolinishi kuzatiladi (shish). 
Tiroidektomiyadan so‘ng hayvonlar xarakati sekinlashib qolishi, shartli 
reflekslar yetarli darajada shakllanmasligi, MNS yuqori qismlarida disfunksiya va
tormozlanish jarayonlarining ustunligi kuzatiladi. 
Odamlarda gipotireoz rivojlanishidagi etiologik omillarga quyidagilar kiradi: 
qalqonsimon bez gormonlari biosintezidagi tug‘ma nuqsonlar; qalqonsimon 
bezning tug‘ma gipoplaziyasi yoki aplaziyasi; bezdagi autoimmun va yuqumli 
jarayonlar; operatsiya vaqtida qalqonsimon bez parenximasining ko‘p qismini olib 
tashlash; tireostatik dorilar dozalarini oshirish, yoki organizmga radionukleotidlar 
yuborish vaqtida radioaktiv yod bilan bezni zararlanishi, texnogen falokat tufayli 
mahalliy tashqi nurlanish ta’sirida zararlanish (masalan, Chyernobil atom elektr 
stansiyasidagi avariya natijasida). Shu bilan birga, gipotireozning eng keng 
tarqalgan sabablaridan biri yodning oziq-ovqat va ichimlik suvida yetishmasligidan 
organizmga tushmasligi. Qalqonsimon bezning og‘ir yetishmovchiligi, kasallik 
bolalikda paydo bo‘lgan, yoki tug‘ma bo‘lsa kretinizm, kattalarda esa miksedema 
rivojlanadi. (teri, shilliq qavatlar shishi). Psixik faoliyat, trofika, suv-minerallar 
tuzlar, oqsil, lipid almashinuvi, o‘sishi va jinsiy rivojlanishi, termoregulyatsiyai va 
organizmning boshqa funksiyalarining gipotireozga xos buzilishi kretinizmda 
yuqori darajaga yetadi. Homiladorlik paytida ona organizmiga yodning oz 
miqdorda yetishmasligi ham homila miyasining rivijlanishi buzilishiga olib kelishi 
mumkin, chunki tiroid gormonlari asab tizimining shakllanishida asosiy rol 
o‘ynaydi. Natijada, bolalik davridayoq aqliy salohiyatning, o‘rganish 
qobiliyatining pasayishi, va boshqa buzilishlar vujudga keladi.
Miksedema uchun metabolizmning sekinlashishi, semirish, harakatsizlik va 
tana haroratining pasayishi xarakterlidir. Terining, teri osti yog klechatkasida 
gidratatsiyaning kuchayishi va ularda gidrofil shilliq moddalarning haddan tashqari 
ko‘p to‘planishi tufayli bemorning yuzi, burun va lablar shishgan bo‘lib, mimikalar 
ifodalanishi kam seziladi. Tirnoqlar mo‘rtligi, soch to‘kilishi va boshqa trofik 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Jinsiy funksiyalar asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadi, aql-idrok 
pasayadi, xotira yomonlashadi, bu befarqlik, uyquchanlik va kasallikning oxirgi 
davrida aqli pastlikni vujudga keltiradi.


Yod yetishmovchiligi natijasida qalqonsimon bez hajmining ko‘payishi 
endemik bo‘qoq deb nomlanadi. Ushbu kasallik Alp va Karpat, Ximolay, And va 
dunyoning boshqa tog‘li mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, bu erlarda tuproq va 
suvda yod kam uchraydi. Yod tanqisligi tiroksin va triyodotironin sintezining 
kamayishiga olib keladi, natijada gipofizda tireotropin ishlab chiqarish ko‘payadi. 
Bu o‘z navbatida, qalqonsimon bezning giperplaziyasini keltirib chiqaradi, ba’zan 
uning massasi bir necha kilogrammga etadi. Yod tanqisligining endemik bo‘qoq 
rivojlanishidagi etiologik roli tajribada tasdiqlangan. Agar, itga bir yarim yil 
davomida yod bo‘lmagan suv berilsa, normada 1 g tashkil etgan qalqonsimon 
bezning massasi 100 gramga etib boradi. Buning eng ishonchli isboti - kasallikning 
tarqalish markazlarida yod bilan endemik bo‘qoqning muvaffaqiyatli oldini 
olishdir. Ko‘pgina endokrinologlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yodli 
tuzlarning ichimlik suvi yoki osh tuziga qo‘shilishi kasallikning rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish