Endokrin tizimi patofiziologiyasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Simmonds
kasalligi rivojlanadi. Kasallikda, ichki organlar, 
suyak to‘qimalarining distrofiyasi, tishlar va sochlarning to‘kilishi, vegetativ asab 
tizimining buzilishi, gipoglikemiya rivojlanadi. Buzilishlarning aksariyat qismi 
o‘sish gormoni, tireotropin va kortikotropin sintezining to‘xtashi bilan bog‘liq. 
Adenogipofiz gipofunksiyasi
Adenogipofiz gipofunksiyasining patogenezi 
va alomatlari gormon yoki gormonlar ajralib chiqishining buzilishi darajasiga 
bog‘liq tarzda rivojlanadi. 
Adenogipofiz funksiyasining qisman yetishmovchiligi uchun bitta gormon 
ishlab chiqarishning pasayishi xarakterlidir. Masalan, somatotropin funksiyasi 
ingibitsiyasi yoki ishlab chiqarilishi erta to‘htab qolishi gipofizar pakanalik 
rivojlanishiga olib keladi. Kasallikda oqsil sintezining susayishi mushak va 
biriktiruvchi to‘qimalarning atrofiyasini keltirib chiqaradi, bu tashqi tomondan 
umumiy qarishga bog‘liq, ajinlar hosil bo‘lishi va terining quruqlashishi bilan 
namoyon bo‘ladi. Somatotropinning lipolitik ta’sirini yo‘qolishi tufayli tanada 
yog‘ning massasi ko‘payishi mumkin. Jinsiy rivojlanish somatik rivojlanish bilan 
bog‘liq bo‘lganligi sababli, jinsiy a’zolar infantil holatda qoladi (gipogonadizm). 
Gonadotrop gormoni yetishmovchiligi ikkilamchi gipogonadizm, jismoniy 
rivojlanmaganlik, jinsiy rivojlanishdan ortda qolish yoki gipofizar infantilizmga 
olib keladi. Qizlarda hayz ko‘rmaslik, o‘g‘il bolalarda moyaklarning yorgoqqa 
tushishini kechikishi (kriptorxizm) va ularning gipoplaziyasini bilan namoyon 
bo‘ladi. 
Adenogipofiz giperfunksiyasi
Adenogipofizning giperfunksiyasi bo‘lgan 
odamlardagi kuzatiladigan patologik o‘zgarishlarning aksariyatini, hayvonlarga 
gipofiz bezi ekstrakti yoki alohida gormonlar yuborish orqali eksperimental tarzda 
nusxalashtirish mumkin. Odamlarda somatotropinning ortiqcha ishlab chiqarilishi, 
patologiya paydo bo‘lgan yoshga qarab, gipofizar gigantizmi yoki akromegaliya 
kasalliklari sifatida namoyon bo‘ladi. Gipofizar gigantizm bolalarda suyaklar 
epifizidagi o‘sishi zonalari to‘htashidan oldin, o‘sish gormonining ortiqcha 
sekresiyasi tufayli rivojlanadi. Keksa yoshdagilarda o‘sish gormonining ortiqcha 
sekresiyasi, suyaklar epifizidagi o‘sish zonalari o‘sishi to‘xtatgani tufayli ,
akromegaliyaga sabab bo‘ladi. 
Akromegaliyada o‘sish gormoni sekresiyasining ko‘payishining sababida 
ko‘pincha gipofiz eozinofil adenomasidir. Kasallikda tananing alohida qismlari va 


yuz nomutanosib ravishda kattalashadi. Shu bilan birga, splanxnomegaliya yani 
ichki organlarida kattalashish kuzatiladi (jigar, taloq, yurak va boshqalar). 
Bemorning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar periosteal o‘sishni kuchayishi va 
yumshoq to‘qimalarning ko‘payishi bilan bog‘liq. Akromegaliliyal bemor qonida 
somatotropin konsentratsiyasi normal darajadan 100 baravar yoki undan ko‘proq 
ko‘tarilishi mumkin. Somatotropinning ortiqcha miqdorining organizmga 
patologik 
ta’siri, 
aminokislotalar 
uchun 
hujayra 
membranalarining 
o‘tkazuvchanligini oshirish, ularning sintezlanayotgan oqsil tarkibiga kirishini 
tezlashtirish va oqsillarning parchalanishini oldini olish bilan bog‘liqdir. 
Organizmda kuchli lipoliz va uglevodlardan yog hosil bo‘lishining ingibitsiyasi 
natijasida 
depodan 
yog‘ning 
chiqarilishi 
faollashadi, 
qondagi 
esterifikatsiyalanmagan yog‘ kislotalari miqdori ortadi va ularning jigarda 
oksidlanishi va keton tanalarining hosil bo‘lishi kuchayadi. Somatotropinning 
akromegaliyada uglevod metabolizmini boshqarishda turli bo‘g‘inlarga ta’siri 
tufayli giperglikemiya va to‘qimalarda insulinga sezgirlikning pasayishi kuzatiladi. 
Somatotropinning akromegaliyada biriktiruvchi, suyak va tog‘ay to‘qimalariga 
patologik ta’siri, gormonning oksiprolin (kollagenning eng muhim tarkibiy qismi) 
va xondroitin sulfat ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish hususiyatiga bog‘liq. 
O‘sish gormonining bu va boshqa bir qator ta’siriga somatotropin ta’sirida jigarda 
hosil bo‘lgan protein omil somatomedin (insulinga o‘xshash o‘sish omili) maxsus 
vositachilik qiladi. 
Adenogipofizning giperfunksiyasining yana bir keng tarqalgan patologiyasi 
bu Itsenko-Qushinga kasalligidir. Kasallikda gipofiz bezining kortikotropin hosil 
qiluvchi qismining, bazofil o‘smasi tufayli kortikotropin sekresiyasining 
kuchayishi va natijada buyrak usti bezlari tomonidan glyukokortikoidlarning 
ortiqcha sekresiyasi kuzatiladi. 
Ko‘pincha adenogipofizning laktotropotsitlaridan yaxshi sifatli o‘sma 
o‘sishidan giperprolaktinemiya kuzatiladi, bu esa ayollarda galaktoamenoreya 
sindromini keltirib chiqaradi. Kasallikda og‘iz suti shakllanishi va sekresiyasi, 
shuningdek 
tuxumdonlardagi 
follikullarning 
yetilishining 
buzilishi 
va 
ovulyatsiyani ingibitsiyasi kuzatiladi. Erkaklarda prolaktin sekresiyasining 
ko‘payishi spermatogenez pasayishi va bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin. 
Prolaktin sekresiyasini ingibitsiya qiluvchi asosiy tabiiy omil dofamin bo‘lgani 
uchun uning preparatlari giperprolaktinemiyani davolashda muvaffaqiyatli 
qo‘llanilmoqda. 
Kortikotropin, tirotropin va gonadotropinlar sekresiyasini ko‘payishi asosan 
buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez va jinsiy bezlarning giperfunksiyasiga olib 
keladi (tegishli bo‘limlarga qarang). 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish