Endokrin tizimi patofiziologiyasi


Neyroendokrin kasalliklar



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

 
Neyroendokrin kasalliklar 
Bir xil patologik jarayonlar gipotalamus zararlanganda ham, gipofiz 
bezining birlamchi disfunksiyasida ham rivojlanishi mumkin. Qandsiz diabet, 
Itsenko-Kushing kasalligi, jinsiy rivojlanish yoki o‘sishning buzilishi ko‘pincha, 
neyrosekresiya o‘zgarishi yoki gipotalamo-gipofizar tizimining funksiyalari 
buzilishidan kelib chiqadi. Birlamchi patologik o‘choq gipofizda paydo bo‘lgan 
holatlarda ham gipotalamus bu jarayonda doimo ishtirok etadi. Shunday qilib, 
o‘sish gormoni ishlab chiqarishning ko‘payishi tufayli gigantizm yoki 
akromegaliya sababchisi bo‘lgan gipofiz adenomasi, qandsiz diabet bilan birga 
kelishi mumkin. Ko‘plab metabolik, endokrin kasalliklarning kechishi oraliq 
miyaning shikastlanishi tufayli murakkablashadi. Ba’zida neyroendokrin 
regulyatsiya buzilishi ekstrogipotalamik tuzilmalar zararlanishi natijasida paydo 
bo‘ladi. 
Gipotalamo-gipofizar 
tizimdagi 
endokrin-metabolik 
kasalliklar 
neyroendokrin 
kasalliklar 
guruhiga 
kiradi. 
Masalan: 
gipotalamusning 
shikastlanishi, gipofiz bezining gonadotrop faolligining pasayishi va energiya 
almashinuvining 
gipotalamus 
regulyatsiyasi 
buzilishi 
bilan 
kechadigan- 
adiposogenital distrofiya. Bu jinsiy rivojlanishda kechikishga olib keladi, jinsiy 
a’zolar rivojlanmaganligi, kriptorxizm, hayz ko‘rishning bo‘masligini (amenoreya) 
keltirib chiqaradi. Semirish, yelkada, qorinda, tos va sonda yog‘ning o‘ziga xos 
yig‘ilishi bilan rivojlanadi. Bemorlarda almashinuv va tana harorati pasayadi, 
ba’zi hollarda poliuriya, chanqoqlik va doimiy ochlik kuzatiladi. Sichqonlar va 
kalamushlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda gipotalamusning yoysimon yadrosi yoki 
ventromedial yadrolarining zararlanishi, ishtahani kuchayishiga, giperlipidemiya, 
giperglikemiya, insulinga rezistentlik va semirishga olib keladi. 
Gonadotrop gormonlar sekresiyasining neyroendokrin regulyatsiyasining 
buzilishi Shteyn-Levental sindromining yetakchi mexanizmi bo‘lib, u tuxumdonlar 


polikistozi, bepushtlik, hayz ko‘rish siklini buzilishi, semirish, tananing 
giperandrogenizatsiyasi belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Umuman olganda, 
reproduktiv yoshdagi ayollarda amenoreya 90% holatlarda, endokrin bo‘lmagan, 
kuchli psixoemotsional ta’sirlar bilan bog‘liq oraliq miyaning organik yoki 
funksional zararlanishi natijasida yuzaga keladi. Ayollarda uzoq vaqt davom 
etuvchi kuchli stress yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilishi, ovulyatsiyaning 
opiat neyroendokrin mexanizmlarini ingibitsiya qiladi. Natijada ayollarning 
neyroendokrin etiologiyali bepushtligi kelib chiqadi. Xomila miyasiga 
neyromediatorlar, endogen opiat, jinsiy gormonlar, glyukokortikoidlar, tiroksin va 
boshqa gormonlar noadekvat ta’siri, shuningdek homiladorlik vaqtidagi uzoq 
muddatli stresslar neyroendokrin patologiyani rivojlantirishi tajribalarda 
isbotlangan. Shunday qilib, neyroendokrin kasalliklar ontogenezda, homiladorlik 
yoki erta bolalik davrida miyaga patologik ta’sirlar natijasida rivojlanishi mumkin. 
Klinik kuzatuvlar onalar homiladorlik vaqtida og‘ir stressni boshdan kechirgan 
bo‘lsa, kelajakda o‘g‘il bolalar gomoseksual xatti-harakatlari bo‘lish xavfi 
yuqoriligini ko‘rsatadi. Xomiladorlik vaqtida onalarning gormonal va boshqa dori 
vositalarini qo‘llashi, qizlarda endokrin bepushtlikning ayrim shakllarini keltirib 
chiqaradi. Bundan tashqari, ular gipotalamus-gipofiz-buyrak usti bezi tizimining 
stressli stimullarga reaktivligini buzadi. Ushbu patologiya yangi tug‘ilgan urg‘ochi 
kalamushlarga, sichqonlarga yoki homilador quyonlar, dengiz cho‘chqalariga 
testosteronni bir marta yuborish yo‘li bilan eksperimentda kuzatilgan.
Yangi tug‘ilgan erkak kalamushlarning kastratsiyasi, testosteronni 
tashqaridan doimiy kiritilishiga qaramay, voyaga yetgach gomoseksual xatti-
harakatlar rivojlanishiga olib keladi. 
 
Androgenlar, kortikosteroidlar va neyromediatorlarning gipotalamusning 
strukturaviy shakllanishiga ta’siridan kelib chiqadigan buzilishlar, erkaklarda jinsiy 
xatti-harakatlarning noendokrin tartibga solinishi, adaptiv endokrin reaksiyalar va 
ayollarda ovulyatsiya buzilishini keltirib chiqaradi. Tajribalarda ushbu 
patologiyalarni kashf etilishi profilaktik neyroendokrinologiya tamoyillarini ishlab 
chiqishga imkon berdi. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish