qo‘l panjasi yoki barmoqlarida — bilak va tirsak arteriyalarini yelka oldi suyagining pastdagi
uchdan bir qismining panja oldida bosish (8- va 9-nuqtalar);
son qismida — son arteriyasini butida bosish (10-nuqta);
boldirda — son arteriyasini sonning o‘rtasida (11-nuqta) yoki tizza osti arteriyani (12-nuqta)
bosish;
oyoq yuzasi va panjalarida — oyoq yuzasidagi orqa arteriyasini (13-nuqta) yoki orqa katta boldir
arteriyasini (14-nuqta) bosish.
Oyoq va qo‘llardagi qon ketishini uni jarohat joyidan yuqoriroqda bo‘g‘imda bukish yo‘li bilan
to‘xtatish mumkin, agar bu qo‘l yoki oyoq sinmagan bo‘lsa (
33-rasm
). Jabrlanuvchining tezlik bilan
yengini yoki shimining pochasini shimarish va bo‘g‘imini bukishda hosil bo‘lgan chuqurchaga bir
siqim paxta, doka yoki istalgan mato bo‘lagini solib qo‘yish va bo‘g‘inni kuch bilan, oxirigacha
bukish kerak. Bunda bukilgan joydagi o‘tgan yaraga qon keltiruvchi arteriya siqiladi. Oyoq yoki qo‘l
shunday buklangan holatida jabrlanuvchining tanasiga ro‘mol, sharf yoki kamar bilan bog‘lab
qo‘yilishi kerak.
33-rasm. Qon ketishini to‘xtatish uchun oyoq-qo‘llarni bo‘g‘imida bukish:
a — yelka oldidan;
b — yelkadan;
v — boldirdan;
g — sondan
Jarohatlangan oyoq — qo‘llardan qon kuchli ketganida uni chirmov (jgut) bilan qattiq : tortib
bog‘lash kerak (
34-rasm
).
34-rasm. Qon ketishini to‘xtatish uchun rezina chirmovi (jgut)
Chirmov
sifatida har qanday egiluvchan, cho‘ziladigan mato, rezina naycha, podtyajkalar va
h.dan foydalanish mumkin.
Chirmov jarohatdan yuqoriroq (tanaga yaqinroq) joyga, oldin qon ketayotgan tomirni tegishli
suyakka barmoq bilan bosib turgan holda, og‘riqni kamaytirish va terining qisilib qolmasligi uchun
kiyimning ustidan yoki qandaydir yumshoq qistirma (oyoq-qo‘lga o‘ralgan bir nechta qavat qilib
buklangan bint, doka yoki ro‘mol) ustidan bog‘lanadi.
Agar yordam bir kishi tomonidan ko‘rsatilayotgan bo‘lsa, qon tomirini bosib turishni
jabrlanuvchiga topshirish mumkin.
Chirmovni ikkala qo‘l bilan cho‘zib turib, jarohatlangan qo‘l-oyoq atrofida
ikki-uch marta
o‘rash kerak, bunda chirmov o‘ramlari o‘rtasida terining ochiq qolgan joylari bo‘lmasligi lozim (
35-
rasm
).
36-rasm. Qon ketishini burama bilan to‘xtatish:
a — tugun bog‘lash;
b — tayoqcha yordamida burish;
v — tayoqchani mahkamlash
Chirmovni qon ketishi to‘xtamaguncha burash lozim. Agar chirmov to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa,
chirmov qo‘yilgan joydan pastdagi qon tomirda qonning pulsatsiyasi aniqlanmaydi, bog‘langan
joydan pastdagi oyoq-qo‘lning uchi oqara boshlaydi. Biroq chirmovni juda qattiq bog‘lab bo‘lmaydi,
chunki mushaklarni shikastlash, asab tomirlarini siqib qo‘yish va oyoq-qo‘l falajini paydo qilish
mumkin.
Qo‘l ostida bog‘lash uchun ishlatsa bo‘ladigan cho‘ziladigan mato bo‘lmasa, oyoq-qo‘lni
cho‘zilmaydigan matodan: bo‘yinbog‘, belbog‘, buralgan ro‘mol yoki sochiqdan va h. yasalgan
burama bilan bog‘lash mumkin.
Burama yasalishi kerak bo‘lgan mato ko‘tarilgan oyoq-qo‘l atrofida tegishli qistirma qo‘yib
o‘raladi, va oyoq-qo‘lning tashqi tomonidan tugun qilib bog‘lanadi.
Shu tugunning ichiga yoki
uning tagiga tayoqchaga o‘xshash qandaydir jism tiqilib, qon to‘xtashiga qadar buraladi (
36-rasm
).
Kerakli darajagacha buralganidan so‘ng tayoqchani, o‘zi ochilib ketmaydigan qilib (qo‘shimcha
halqa yoki bint bilan) mahkamlash kerak.
Yilning iliq davrida chirmov yoki buramani 2 soatdan ko‘proq vaqtga, sovuq davrida esa — 1
soatdan ko‘proq vaqtga qo‘yib bo‘lmaydi. Chirmov bundan ko‘proq vaqtga qo‘yilganda oyoq-qo‘l
to‘qimalarini nobud bo‘lishi xavfi bor. Shu boyisdan vaqtni nazorat qilish uchun chirmov yoki
buramaning tagiga yoki jarohatlanganning kiyimida bog‘lash joyining yoniga, ular qo‘yilgan aniq
vaqt ko‘rsatilgan qog‘ozni qistirib qo‘yish kerak. Bir soatdan keyin chirmovni (buramani) qoldirish
zarurati bo‘lsa, jarohatlangan joyini teparoqdan barmoq bilan bosib turib, jarohatlangan joyga qon
kelishi uchun chirmovni 10 — 15 daqiqaga echib turish, so‘ngra chirmovni oldingi joyidan teparoq
yoki pastroqqa qaytadan bog‘lab qo‘yish kerak. Chirmov bog‘langan
jabrlanuvchini imkon qadar
tezroq davolash muassasasiga yetkazish zarur.
Hayot uchun juda xavfli bo‘lgan ichki qon ketishida, qon tananing ichki organlari
bo‘shliqlariga oqadi va uni amalda to‘xtatib bo‘lmaydi. Uni jabrlanuvchining tashqi ko‘rinishiga
qarab aniqlash mumkin: uning rangi oqaradi, terida yopishqoq ter paydo bo‘ladi, tez-tez yuzaki
nafas oladi, pulsi tezlashib uning ovozi sekin eshitiladi. Jabrlanuvchini yotqizish yoki yarim o‘tirgan
holatga keltirish, unga tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, taxminin qon ketayotgan joyga “muz” (yax,
sovuq suv solingan idish) qo‘yish va tezlik bilan shifokorni chaqirish lozim. Agar qorin bo‘shlig‘i
shikastlanganligiga taxmin qilinayotgan bo‘lsa, unga ichishga suv berish mumkin emas.
Burundan
qon ketganda, jabrlanuvchini o‘tqazish, qon dimog‘iga oqib tushmasligi uchun
boshini oldinga engashtirish, yoqasini echib qo‘yish, qanshariga sovuq suvga ho‘llangan latta
qo‘yish, burnining ichiga 3 foizli vodorod peroksidiga ho‘llangan paxta yoki doka tikib qo‘yish, burun
kataklarini 4-5 daqiqaga barmoqlar bilan qisib qo‘yish kerak.
Og‘izdan qon ketganda (qon qusish) jabrlanuvchining boshini yon tomonga burib yotqizib
qo‘yish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: