Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida


 SINGAN, ChIQQAN, LAT EGANDA VA ETI UZILGANDA YORDAM KO‘RSATISh



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

7. SINGAN, ChIQQAN, LAT EGANDA VA ETI UZILGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Suyak butunligining buzilishi singan deb ataladi. Jabrlanuvchi singan joyida kuchli og‘riqni
sezadi, bu og‘riq, holatni o‘zgartirmoqchi bo‘lganda kuchayadi, suyak siniqlarining joyidan siljishi
tufayli, qiyshayish, shishganlikni ko‘rish mumkin.
Sinish ochiq yoki yopiq bo‘ladi; ochiq sinishda teri qatlamlari ham shikastlangan bo‘ladi.
Sinishda, jabrlanuvchiga singan suyakning qimirlamasligini ta’minlash kerak. Bu og‘riqni
kamaytiradi va suyak siniqlarining keyingi siljini va qon tomirlari hamda yumshoq to‘qimalarni ular
tomonidan yana jarohatlanishining oldini oladi.
Ochiq sinishlarda oldin qon ketishi to‘xtatiladi va steril bog‘lam qo‘yiladi.
Suyak qimirlamasligi uchun standart shinalar yoki qo‘l ostidagi materiallardan (fanera, taxta,
yog‘ochdan va h.) tayyorlangan shinalardan foydalaniladi.
Yopiq sinishda jabrlanuvchining kiyimini echmaslik — shinalarni kiyimni ustidan qo‘yish
kerak.
Singan joyga og‘riqni kamaytirish uchun “muz” (yax, sovuq suv solingan rezina xalta, suvga
ho‘llangan latta) qo‘yilishi kerak.
Chiqish — bo‘g‘imdagi suyuqlarning joyidan siljishi, bunda bo‘g‘imlarning sirti qisman yoki
to‘liq bir-biriga tegmay qoladi. Qo‘l yoki oyoq chiqqan vaqtdagi kuchli og‘riq keyin ham
kamaymaydi. Qo‘l yoki oyoq chiqishining hususiyatlari quyidagicha: bo‘g‘imning harakatlantirib
bo‘lmasligi, uning nog‘ayritabiiy holati, shishganligi.
Qo‘l-oyoq chiqqanda yoki singanda jarohatlangan qo‘l yoki oyoqni shina yordamida to‘liq
harakatlanmasligini ta’minlash va shikastlangan joyga “muz” qo‘yish kerak. O‘z holicha qo‘l yoki
oyoqni kiritishga harakat qilmaslik kerak, buni faqat shifokor qilishi mumkin.
Jabrlanuvchini davolash muassasasiga yetkazish kerak, yo‘lda va tibbiyot xodimlariga
topshirish vaqtida jarohatlangan qo‘l-oyoqni yoki tananing boshqa qismini qimirlamaydigan tinch
holatda bo‘lishini ta’minlash lozim.
Qo‘l-oyoq chiqqan yoki singanda shina qo‘yish yo‘li bilan kamida ikkita, singan joydan
tepadagi va undan pastdagi bo‘g‘imlarning, katta suyaklar singanidan esa — uchta bo‘g‘imning
qimirlamasligini ta’minlash kerak. Shinaning markazi singan joy oldida bo‘lishi lozim. Shina
bog‘lami yirik tomirlarni, asab tolalarni va suyaklarning turtib chiqqan joyini ezmasligi kerak.
Shinani, yaxshisi yumshoq latta va ustidan bint bilan o‘rash kerak. Shina bint, ro‘mol. kamar va
h. bilan mahkamlab qo‘yiladi. Shina bo‘lmagan taqdirda, shikastlangan qo‘lni tanaga, shikastlangan
oyoqni esa ikkinchi sog‘ oyoqqa bog‘lab qo‘yish kerak.
Elka suyagi singan yoki chiqqanda shinani qo‘lni tirsagida bukib qo‘yish kerak. Qo‘l suyagining
yuqori qismi singanida shina ikki — yelka va tirsak bo‘g‘imlariga qo‘yilishi, qo‘l suyagining pastki
qismi singanida esa — unga qo‘shimcha bilak bo‘g‘imiga ham qo‘yilishi kerak (
37-rasm
). Shinani
qo‘lga bint bilan bog‘lash, qo‘lni esa ro‘mol yoki bint bilan bo‘yinga osib qo‘yish kerak.


37-rasm. Elka suyagi singanida shina qo‘yish
Elka oldi suyagi singan yoki chiqqanda (kaft kengligidagi) shinani tirsak bo‘g‘imidan,
jabrlanuvchining kaftiga, go‘yo u mushtumida ushlab turgandek, bir siqim paxta yoki bint solib
barmoqlarning uchigacha qo‘yilishi kerak (
38-rasm
). Shinalar bo‘lmagan taqdirda, qo‘lni ro‘mol
bilan bo‘yinga (
39-rasm
) yoki kamzulga (
40-rasm
) osib qo‘yilishi lozim. Agar qo‘l (chiqib ketganida)
tanadan orqada qolayotgan bo‘lsa, qo‘l va tananing o‘rtasiga qandaydir yumshoq narsa (masalan
buklangan kiyim) qo‘yish kerak.
38-rasm. Elka oldi suyagi singanida shina qo‘yish
39-rasm. Qo‘lni ro‘mol bilan osib qo‘yish
40-rasm. Qo‘lni kamzulning etagiga osib qo‘yish
Shinalarni, iloji boricha oyoqni ko‘tarmasdan, joyida ushlab turish va bir nechta joydan
(tanaga, songa, boldirga) bint bilan bog‘lab qo‘yish lozim, ammo bu singan joyning yonida yoki
ustida bo‘lishi kerak emas. Bintni bel, tizza yoki tovon ostiga tayoqcha bilan itarish lozim.


41-rasm.Son suyagi singanda shina qo‘yish
Boldir suyaklari singan yoki chiqqanda tizza va boldir bo‘g‘imlari mahkamlab qo‘yiladi (
42-
rasm
).
42-rasm. Boldir suyagi singanda shina qo‘yish
Umrov suyagi singan yoki chiqqanda qo‘ltiq ostiga shikastlangan tomondan bir siqim paxta
qo‘yish, qo‘lni tirsagidan to‘g‘ri burchak ostida bukib tanaga bint bilan o‘rab qo‘yish (
43-rasm
) va
bo‘yinga ro‘mol yoki bint bilan osib qo‘yish lozim. Bintni bog‘layotganda shikastlangan qo‘ldan
tanaga qarab o‘rash kerak.
43-rasm. O‘mrov suyagi singan yoki chiqqanda bog‘lam qo‘yish
Umurtqa suyagi shikastlanganda unda kuchli og‘riq seziladi va engashib yoki qayirib
bo‘lmaydi. Birinchi yordam quyidagicha ko‘rsatilishi kerak: ehtiyotkorlik bilan, jabrlanuvchini
ko‘tarmasdan uning orqasiga tagidan keng taxta, oshiq-moshiqdan chiqarib olingan eshikni tiqish
yoki jabrlanuvchini yuzini pastga qaratib o‘girish lozim, o‘girayotgan vaqtda uning tanasi egilib
ketmasligini (orqa miya shikastlanmasligi uchun) kuzatib turish kerak.
Qovurg‘alar singanda og‘riq nafas olganda, yo‘talganda va harakat qilganda seziladi. Yordam
ko‘rsatishda ko‘krak qafasini bint bilan qattiq tortib o‘rash yoki nafas chiqarilganda uni sochiq bilan


tortib bog‘lash lozim.
Toz suyaklari singanda toz qismini paypaslaganda, but qismida, dumg‘aza qismida og‘riq
seziladi, oyoqni to‘g‘rilab ko‘tarib bo‘lmaydi. Yordam quyidagicha ko‘rsatiladi: jabrlanuvchining
orqasiga tagidan keng taxta tiqiladi, uni “qurbaqa” holatiga yotqizish, ya’ni uning oyoqlarini
tizzasida bukib ikki tomonga ochish, to‘piqlarini esa birga qilish, tizzasi tagiga kiyimlarni bukib
qo‘yish kerak. Jabrlanuvchini (ichki organlari shikastlanmasligi uchun) yon tomonga o‘girish,
o‘tqazish va oyog‘iga tippa-tik qilib qo‘yish mumkin emas.
Bosh shikastlanganda bosh suyagi singan bo‘lishi (alomatlari: og‘iz va qo‘loqdan qon oqishi,
behushlik holati) yoki miya chayqalishi (alomatlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushini
yo‘qotish) mumkin. Bunda birinchi yordam quyidagicha ko‘rsatiladi: jabrlanuvchini chalqancha
yotqizish, boshni ikki tomondan qimirlamaydigan qilib buklangan kiyimlardan yasalgan
yostiqchalar bilan mahkamlab qo‘yish, qattiq siqib bog‘lash lozim, agar ochiq jarohat bo‘lsa steril
bog‘lam qo‘yilishi (
44-rasm
), “muz” qo‘yish va shifokor yetib kelguncha to‘la tinchlik ta’minlanishi
kerak.
44-rasm. Bosh suyagi-miya jarohatida bog‘lam qo‘yish
Behush holatda bo‘lgan jabrlanuvchi qayt qilishi mumkin. Bu holda uning boshini yon
tomonga burib qo‘yish kerak. Shuningdek uning tili orqaga ketishi natijasida nafasi siqib qolishi
mumkin. Bunday holatda jabrlanuvchining pastki jag‘ini oldinga tortish va uni, sun’iy nafas
oldirishdagidek, shunday holatda ushlab turish kerak (
18-rasmga qarang
).
Lat yeyishda shish, lat egan joyga tekkanda og‘riq paydo bo‘ladi. Yordam ko‘rsatish maqsadida
og‘riqni kamaytirish va qon talashib qolishining oldini olish uchun “muz” qo‘yish, siqib bog‘lab
qo‘yish kerak. Lat egan joyga tegmaslik lozim.
Lat egan joyga yod surtish, ishqalash va isituvchi kompress qo‘yish kerak emas, chunki bu
og‘riqni kuchaytiradi.
Et uzilganda (bo‘g‘imlar shikastlanganda) kuchli og‘riq seziladi, shish paydo bo‘ladi va
bo‘g‘imlarning harakati cheklanadi. Birinchi yordamni ko‘rsatishda jarohatlangan qo‘l-oyoqni bint
bilan siqib bog‘lash va uning tinch turishini ta’minlash lozim. Jarohatlangan joyga “muz” qo‘yish


kerak. Jarohatlangan oyoq ko‘tarib qo‘yilishi, jarohatlangan qo‘l esa — ro‘mol bilan osib qo‘yilishi
zarur.
Yuk bosib qolganda jabrlanuvchini yukning tagidan bo‘shatib olish, jarohatlangan qo‘l-oyoqni
siqib bog‘lash va uning tagiga buklangan kiyimlardan yasalgan yostiqchani tiqib ko‘tarib qo‘yish
lozim. Jarohatlangan to‘qimalar halok bo‘lishi vaqtida paydo bo‘ladigan zaharli moddalar so‘rilishini
kamaytirish uchun bintning ustidan “muz” qo‘yiladi. Qo‘l-oyoqlar singanda shina qo‘yilishi kerak.
Agar jabrlanuvchi nafas olmasa va uning pulsi aniqlanmasa, darhol sun’iy nafas oldirish va
yuragiga massaj qilish zarur.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish