Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida


 SUN’IY NAFAS OLDIRISh VA YuRAKKA TAShQI MASSAJNI O‘TKAZISh USULLARI



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

4. SUN’IY NAFAS OLDIRISh VA YuRAKKA TAShQI MASSAJNI O‘TKAZISh USULLARI
Sun’iy nafas oldirish. Sun’iy nafas oldirish jabrlanuvchi nafas olmayotganda yoki og‘ir (sekin,
entikib) nafas olayotganida, hamda qanday: elektr toki ta’siri, zaharlanish, cho‘kish va boshqa sabab
bo‘lishidan qat’iy nazar nafas olishi muntazam og‘irlashib borayotganda o‘tkaziladi.
Sun’iy nafas oldirishning eng samarali usuli bo‘lib “og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan burunga”
usuli hisoblanadi, bunda jabrlanuvchining o‘pkasiga yetarli hajmda havo yetkazib berilishi
ta’minlanadi. “Og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan burunga” usuli yordam ko‘rsatuvchi shaxs
chiqarayotgan havoni majburan jabrlanuvchining havo yo‘llariga yuborilishiga asoslanadi, bunda
fiziologik jihatdan ushbu yuborilayotgan havodan jabrlanuvchining nafas olishi uchun foydalansa
bo‘ladi. Havoni doka, ro‘molcha va h. orqali yuborsa bo‘ladi. Sun’iy nafas oldirishning ushbu usuli
jabrlanuvchining o‘pkasiga havo kelishini nazorat qilish imkonini beradi, chunki ko‘krak qafasi havo
puflanayotganda ko‘tarilishi va havo chiqarilganda pastga tushishini ko‘rish mumkin.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazish uchun jabrlanuvchini chalqancha yotqizish, nafas olishni siqib
turgan kiyimlarining tugmalarini echib bo‘shatish va behush chalqancha yotganda orqaga ketib
qolgan til bilan yopilib qolgan yuqori nafas olish yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash lozim. Bundan
tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i ichida yot moddalar (qusuq moddalari, echilib tushgan protezlar, agar
odam cho‘kkan bo‘lsa, qum, balchiq, o‘tlar va h.) bo‘lishi mumkin, ularni jabrlanuvchining boshini
yon tomonga burib dastro‘mol (latta) yoki bint o‘ralgan ko‘rsatkich barmoq bilan olib tashlash kerak
(
19-rasm
). Shundan so‘ng yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchi boshining yon tomoniga
joylashib, bir qo‘lini uning boshini tagidan o‘tkazadi, ikkinchi qo‘lining kafti bilan jabrlanuvchining
boshini imkoni boricha orqaga ag‘darib peshonasini bosishi lozim (
20-rasm
).
19-rasm. Og‘iz va og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash
20-rasm. Sun’iy nafas oldirish vaqtida jabrlanuvchi boshining holati
Bunda tilning asosi ko‘tarilib halqumga kirish yo‘lini ochib beradi, jabrlanuvchining og‘zi esa
ochiladi. Yordam ko‘rsatuvchi shaxs jabrlanuvchining yuziga engashib, og‘zini ochib chuqur nafas
oladi so‘ngra lablari bilan jabrlanuvchining og‘zini to‘liq yopib jabrlanuvchining og‘ziga havo
yuborib tez nafas chiqaradi; shu bilan bir vaqtda u jabrlanuvchining burnini yuzi bilan yoki
peshonani ushlab turgan qo‘lning barmoqlari bilan yopishi kerak (
21-rasm
).


21-rasm. Sun’iy nafas oldirishning “Og‘izdan-og‘izga” usuli
22-rasm. Sun’iy nafas oldirishning “Og‘izdan-burunga” usuli
Bunda jabrlanuvchining ko‘tarilishi kerak bo‘lgan ko‘krak qafasini kuzatib turish lozim. Ko‘krak
qafasi ko‘tarilishi bilan havo puflash to‘xtatiladi, yordam ko‘rsatuvchi shaxs boshini ko‘tarib,
jabrlanuvchi asta-sekin nafas chiqaradi. Nafas chiqarish yanada chuqurroq bo‘lishi uchun ko‘krak
qafasini sekin bosgan holda jabrlanuvchining o‘pkasidan havo chiqishiga ko‘maklashish mumkin.
Agar jabrlanuvchining pulsi yaxshi aniqlanayotgan va unga faqat sun’iy nafas oldirish kerak
bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i 5 soniyani tashkil etishi kerak, bu bir daqiqada 12-
marta nafas oldirishdan iboratdir.
Ko‘krak qafasi kengayishidan tashqari teri qatlamlarining va shilliq pardalarning pushti
rangga kirishi, hamda jabrlanuvchining behushlik holatidan chiqib o‘zi mustaqil nafas ola boshlashi,
sun’iy nafas oldirish samaradorligini yaxshi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Sun’iy nafas oldirishni o‘tkazishda yordam ko‘rsatuvchi shaxs puflanayotgan havoning
jabrlanuvchini oshqozoniga emas, balki o‘pkasiga o‘tishini kuzatib turishi kerak. Qorinning shishishi
havoning oshqozonga o‘tganidan dalolat beradi, bunda ko‘krak va kindik o‘rtasida qorin qo‘lning
kafti bilan ehtiyotkorlik bilan asta-sekin bosib eziladi. Bunda jabrlanuvchi qayt etishi mumkin,
bunda uning og‘zi va halqumini tozalash uchun jabrlanuvchining boshi va yelkasini yon tomonga
(yaxshisi chapga) burish kerak.
Agar havo puflanganda ko‘krak qafasi ko‘tarilmasa, jabrlanuvchining past jag‘ini oldinga tortib
chiqarish lozim (
18-rasm
).
Agar jabrlanuvchining jag‘lari bir-biriga mahkam bosilgan bo‘lib uning og‘zini ochib bo‘lmasa,
bu holda sun’iy nafas oldirishni “og‘izdan burunga” usuli bilan o‘tkazish kerak (
22-rasm
).
Jabrlanuvchi o‘zi mustaqil nafas ololmasa va uning pulsi aniqlanayotgan bo‘lsa, baxtsiz hodisa
minoraning savatchasida, tayanchda yoki machtada ro‘y bergan bo‘lsa sun’iy nafas oldirishni
o‘tirgan yoki turgan holatda o‘tkazish mumkin (
23
-va 
24-rasm
). Bunda jabrlanuvchining boshini
imkoni boricha orqaga engashtiriladi yoki past jag‘i oldinga suriladi. Qolgan usullar xuddi
oldingidek o‘tkaziladi.


23-rasm. Ish joyida jabrlanuvchining o‘tirgan holatida sun’iy nafas oldirish
24-rasm. Ish joyida jabrlanuvchining turgan holatida sun’iy nafas oldirish
Kichkina bolalarga havoni puflaganda bir vaqtda o‘zining og‘zi bilan bolaning burnini ham
yopib, ham og‘ziga ham burniga havo puflanadi (
25-rasm
). Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, nafas
olganida unga puflanadigan havo shunchalik kam bo‘lishi kerak va katta odamga nisbatan ko‘proq
marta havo puflanishi lozim (bir daqiqada 15 — 18-marta). Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa katta
odamning og‘iz bo‘shlig‘idagi havo yetarli bo‘ladi. Shuning uchun bolaning nafas olish yo‘llari
shikastlanmasligi uchun unga havoni juda keskin emas va to‘liq bo‘lmagan hajmda puflash kerak.
25-rasm. Bolaga sun’iy nafas oldirish
Jabrlanuvchining o‘zi dastlabki sust nafas ola boshlashi bilan sun’iy nafas oldirishdagi havoni,
o‘zi nafas olayotgan vaqtda puflash lozim.


Jabrlanuvchi yetarli darajada chuqur va bir maromda mustaqil nafas olganidan so‘ng unga
sun’iy nafas oldirish to‘xtatiladi.
Jabrlanuvchi nafas olmasa va uning uyqu arteriyasida puls aniqlanmasa, bu holda sun’iy nafas
oldirish uchun ikki marta havo puflanadi va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash kerak.
Yurakka tashqi massaj o‘tkazish. Jabrlanuvchi nafas olmasa va uning uyqu arteriyasida puls
aniqlanmasa unga yordam ko‘rsatayotganda faqat sun’iy nafas oldirishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi,
chunki o‘pkadagi kislorod qon bilan boshqa organlar va to‘qimalarga o‘ta olmaydi. Bu holda sun’iy
ravishda qon aylanishini tiklash kerak, buning uchun yurakka tashqi massaj o‘tkazish lozim.
Odamning yuragi ko‘krak qafasida to‘sh suyagi va umurtqa pog‘onasi o‘rtasida joylashgan
bo‘ladi. To‘sh suyagi — harakatchan yassi suyakdir. Odam chalqancha (qattiq sirtda) yotganida
umurtqa pog‘onasi harakatsiz qattiq asos bo‘lib qoladi. Agar to‘sh suyagi bosilsa, yurak to‘sh suyagi
va umurtqa pog‘onasi o‘rtasida siqiladi va uning ichidagi qon tomirlarga siqib chiqariladi. Agar to‘sh
suyagiga ilqib-ilqib bosilsa, yurakdagi qonning siqib chiqarilishi xuddi yurak tabiiy qisqarganida
chiqqanidek bo‘ladi. Bu yurakka tashqi (bilvosita, yopiq) massaj o‘tkazish deb ataladi, bunda qon
aylanishi sun’iy ravishda tiklanadi. Shunday qilib, sun’iy nafas oldirish yurakka tashqi massaj
o‘tkazish bilan birgalikda amalga oshirilsa, nafas olish va qon aylanish funksiyalari amalga oshiriladi.
Quyidagi: teri qatlamlarining oqarib yoki ko‘karib ketishi, hushini yo‘qotish, uyqu arteriyalarida
pulsning aniqlanmasligi, nafas olishning to‘xtab qolishi yoki entikib, to‘xtab-to‘xtab nafas olish
alomatlarining birgalikdagi ko‘rinishi yurak faoliyatining to‘xtab qolganidan dalolat beradi va
reanimatsion chora-tadbirlarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
Yurak to‘xtab qolganda, vaqtni zoye kyetkazmasdan, jabrlanuvchini qattiq tekis joyga: kursiga,
polga, hech narsa bo‘lmaganda tagiga taxta qo‘yib yotqizish lozim.
Agar bitta odam yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, u jabrlanuvchining yon tomoniga o‘rnashib
oladi va engashib ikki marta (“og‘izdan-og‘izga” yoki “og‘izdan-burunga” usuli bilan) tez havo
puflaydi, so‘ngra qaddini rostlab, jabrlanuvchining shu tomonida qolib, bitta qo‘lining kaftini to‘sh
suyagining pastki yarmiga, tagidagi uchidan ikki barmoq yuqoriroqqa qo‘yadi (
26
-va 
27-rasm
),
barmoqlarini esa sal ko‘taradi (
17-rasmga qarang
). Ikkinchi qo‘lining kaftini birinchi kaftining ustiga
ko‘ndalang yoki uzunasiga qilib qo‘yib, engashgan gavdasi bilan yordam bergan holda bosadi.
Bosganda qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
26-rasm. Yurakka tashqi massajni o‘tkazishda qo‘llar turishi kerak bo‘lgan joy
27-rasm. Yurakka tashqi massajni o‘tkazishda yordam ko‘rsatuvchi shaxs turishi kerak bo‘lgan joy
Bosganda tez-tez shunday siltab bosish kerakki, to‘sh suyagi 4-5 sm.ga surilishi, bosish
davomiyligi 0,5 soniyadan oshmasligi, alohida bosishlar oralig‘i ham 0,5 soniyadan oshmasligi kerak.
Bosishlar oralig‘ida qo‘llar to‘sh suyagidan olinmaydi (agar ikki kishi yordam berayotgan
bo‘lsa) barmoqlar ko‘tarilgan holatda bo‘lishi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida to‘liq to‘g‘rilangan bo‘lishi
lozim.
Agar jonlantirishni bitta odam o‘tkazayotgan bo‘lsa (
28-rasm
), har ikki marta chuqur havo
puflaganida to‘sh suyagini 15-marta bosish kerak, so‘ngra yana ikka marta havo puflanadi va yana
15-marta to‘sh suyagini bosish kerak va h. Bir daqiqa ichida to‘sh suyagini kamida 60-marta bosish
va 12-marta havo puflash, ya’ni 72 muolajani bajarish lozim, shuning uchun reanimatsion chora-
tadbirlarning sur’ati yuqori bo‘lishi kerak. Tajribaning ko‘rsatishicha, sun’iy nafas oldirishga ko‘proq
vaqt sarflanadi. Havoni puflashda jabrlanuvchining ko‘krak qafasi kengayishi bilan havo puflashni
to‘xtatish lozim.


28-rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massajni bir kishi tomonidan o‘tkazilishi
Reanimatsion chora-tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa (
29-rasm
), “nafas
oldirish — massaj qilish” nisbati 1:5 ni tashkil qiladi, ya’ni bitta chuqur havo puflanganidan so‘ng
ko‘krak qafasi besh marta bosilishi kerak. Jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish vaqtida yurakka
massaj qilayotgan kishi ko‘krak qafasini bosmay turadi, chunki ko‘krak qafasi bosilganidagi
harakatlar havo puflanishidan kuchliroq bo‘ladi (havo puflanishida ko‘krak qafasining bosilishi sun’iy
nafas oldirishni va dyemak reanimatsion chora-tadbirlarni samarasiz qilib qo‘yadi). Reanimatsion
chora-tadbirlar ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotganda yordam ko‘rsatuvchi shasxlar har 10 — 15
daqiqada o‘rin almashib turishi maqsadga muvofiqdir.
29-rasm. Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massajni ikki kishi tomonidan o‘tkazilishi
Yurakka tashqi massaj to‘g‘ri bajarilganda to‘sh suyagining har bosilishida arteriyalarda puls
paydo bo‘lishiga olib keladi.
Yordam ko‘rsatuvchi shaxslar yurakka tashqi massajni to‘g‘ri va samarali o‘tkazilayotganligini
uyqu va son arteriyalarida pulsning paydo bo‘lishi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishlari
lozim. Jonlantirish bir kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, u har 2 daqiqada uyqu arteriyasidagi
pulsni aniqlash uchun yurakka massaj qilishni 2-3 soniyaga to‘xtatib turishi lozim (
17-rasm
). Agar
jonlantirish ikki kishi tomonidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, uyqu arteriyasidagi puls sun’iy nafas
oldirishni o‘tkazayotgan shaxs tomonidan nazorat qilinadi. Massaj qilish vaqtidagi tanaffusda
pulsning paydo bo‘lishi yurak faoliyatining (qon aylanishining) tiklanganligidan dalolat beradi.
Bunda yurakka massaj qilishni darhol to‘xtatish, ammo sun’iy nafas oldirishni, jabrlanuvchi o‘zi
barqaror mustaqil nafas olishiga qadar davom ettirish kerak. Puls paydo bo‘lmagan taqdirda
yurakka massaj qilishni davom ettirish lozim.
Sun’iy nafas oldirish va yurakka tashqi massaj o‘tkazishni jabrlanuvchi o‘zi mustaqil nafas
olishi va yurak faoliyati tiklanishiga qadar yoki uni tibbiyot xodimlari qaramog‘iga o‘tkazilishiga
qadar amalga oshirish lozim.
Agar reanimatsion chora-tadbirlar samarali o‘tkazilsa (to‘sh suyagi bosilganda yirik
arteriyalarda puls aniqlansa, ko‘z qorachig‘lari toraysa, teri qatlamlarining va shilliq pardalarining
ko‘karganligi kamaysa), jabrlanuvchida nafas olish va yurak faoliyati tiklanadi.
Organizm jonlanishining (mustaqil nafas olishi, ko‘z qorachig‘larining torayishi, jabrlanuvchi
qo‘l-oyoqlarini qimirlatishga harakat qilishi va boshqa) alomatlari paydo bo‘lib, uzoq vaqt davomida
puls aniqlanmasa, bu yurak fibrillatsiyasidan dalolat beradi. Bu hollarda tibbiyot xodimlari
qaramog‘iga topshirilishiga qadar jabrlanuvchiga sun’iy nafas oldirish va yuragiga massaj qilish
muolajalarini davom ettirish zarur.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga o‘tkaziladigan reanimatsion chora — tadbirlar o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bir yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yurak massaji bir qo‘lda
o‘tkaziladi (
30-rasm
) va bolaning yoshiga qarab ko‘krak qafasi bir daqiqada 70 dan 100-martagacha
bosiladi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga ikkita (ko‘rsatkich va bosh) barmoq yoki bolaning tanasini
qolgan barmoqlar bilan quchoqlab olib ikkala qo‘lning bosh barmoqlari bilan to‘sh suyagining
o‘rtasiga bir daqiqada 100 dan 120-martagacha bosiladi (
31-rasm
).


30-rasm. Birdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yurak massajini o‘tkazish
31-rasm. Yangi tug‘ilgan va bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarga yurak massajini o‘tkazish

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish