Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

8. KUYGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Kuyishlar termik, kimyoviy va elektr kuyishlar bo‘ladi, olov, bug‘, qaynoq jismlar va moddalar
ta’sirida termik quyishlar; kislotalar va ishqorlar, hamda ayrim og‘ir metallarning tuzlari ta’sirida —
kimyoviy kuyishlar; elektr toki va elektr yoyi ta’sirida — elektr kuyishlar sodir bo‘ladi.
Jarohatlar chuqurligi bo‘yicha barcha kuyishlar to‘rtta darajaga bo‘linadi: birinchisi-qizarish va
terining shishishi; ikkinchisi — suvli pufaklar; uchinchisi — terining sirtqi va chuqur qatlamlarining
o‘lishi; to‘rtinchisi-terining ko‘mirga aylanishi, mushaklar va muskul paylari, suyaklarning
jarohatlanishi.
Birinchi darajali termik va elektr kuyishlarda inson tanasiga xavfli omil (olov, issiq sirt, qaynoq
suyuqlik, gaz yoki bug‘ va h.) ta’siri bartaraf etilganidan so‘ng tananing kuygan joylarini ustiga
sovuq suv quyish yoki 15 — 20 daqiqaga qor qo‘yish lozim. Bu og‘riqni, hamda to‘qimalarga issiqlikni
ta’sir etish vaqtini va kuyish chuqurligini kamaytiradi va to‘qimalarning shishib ketishining oldini
oladi.
Kuyish maydoni katta bo‘lmagan birinchi va ikkinchi darajali kuyishlarda bint yoki dokadan
foydalanib, kuygan joyga steril bog‘lam qo‘yish kerak.
Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilayotganda, infeksiyalarni yuqtirmaslik uchun terining kuygan
joylariga qo‘l tegizish yoki unga surtmalar, yog‘lar, moylar, vazelin surtish, ichimlik sodasi, kraxmal va
h. sepish mumkin emas. Pufakchalarni yorish, kuygan joyga yopishib qolgan mum, kanifol va
boshqa smolali moddalarni ko‘chirib olish mumkin emas, chunki ular ko‘chirilayotganda kuygan
terini ham ko‘chirib olishi mumkin va shu bilan jarohatlangan joyga infeksiyalar yuqishi uchun
qulay sharoit yaratiladi.
Kuygan joydan kiyim va poyafzalni echib olish mumkin emas, ularni qaychi yoki pichoq bilan
kesish va ehtiyotkorlik bilan echib olish lozim.
Agar kiyim kuyib teriga yopishib qolgan bo‘lsa, uning ustidan steril bog‘lam qo‘yib,
jabrlanuvchini davolash muassasasiga yuborish kerak.
Og‘ir va katta maydonli kuyishlarda jabrlanuvchini echintirmasdan toza choyshab yoki
matoga o‘rab qo‘yish, ustiga issiqroq narsa yopish, bitta yoki ikkita analgin yoki amidopirin
tabletkasini berish, iliq choy ichirish va shifokor kelishiga qadar tinchlik yaratib berish lozim.
Yuz kuyganda uni steril doka bilan yopib qo‘yish kerak.
Shokning dastlabki alomatlarida: jabrlanuvchining rangi keskin oqarib, tez-tez va sirtqi nafas
olsa, pulsi yaxshi sezilmasa, unga tezlik bilan 20 tomchi valeriana nastoykasidan ichirib yuborish
lozim.
Ko‘zlar kuyganda, bor kislotasining (yarim choy qoshiq bor kislotasining bir stakan suvdagi)
eritmasiga ho‘llab sovuq latta qo‘yish va jabrlanuvchini darhol shifokorga yuborish kerak.
Elektr yoyi va elektr toki ta’sirida kuyganda jabrlanuvchini (kuyish maydonining yuzasidan
qat’iy nazar) davolash muassasasiga yetkazish kerak, chunki elektr tokining organizmga ta’sir etish
xususiyatlarini e’tiborga olib, u doimiy ravishda shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi zarur. Uning yuragi,
jarohatlangan vaqtdan bir necha soat yoki hatto bir sutka keyin to‘xtab qolishi mumkin.
Kimyoviy kuyishda, to‘qimalar jarohatlanishining chuqurligi ko‘p jihatdan kimyoviy modda
ta’sir etish vaqtiga bog‘liqdir. Shuning uchun kimyoviy moddaning kuchi (konsentratsiyasi) va ta’sir
etish vaqtini imkoni boricha tezroq kamaytirish maqsadida jarohat joyini darhol krandan, rezina
shlangdan yoki chelakdan oquvchi katta miqdordagi sovuq suv bilan 15 — 20 daqiqa davomida
yuvish kerak.


Agar kislota yoki ishqor kiyim orqali teriga tushgan bo‘lsa, oldin uni suv bilan kiyimdan yuvib
tashlash, so‘ngra esa ehtiyotkorlik bilan kiyimni kesib, ho‘l kiyimni jabrlanuvchining ustidan echib
olish va shundan keyin terini yuvish zarur.
Odam tanasiga qattiq modda ko‘rinishidagi oltingugurt kislotasi yoki ishqori tushsa, uni
quruq paxta yoki toza mato bo‘lagi bilan olib tashlash, so‘ngra jarohatlangan joyni suv bilan
yaxshilab yuvish va ustiga quruq steril bog‘lam qo‘yish lozim.
Kimyoviy kuyishda kimyoviy moddani suv bilan to‘liq ketkizib bo‘lmaydi. Shuning uchun
yuvgandan keyin jarohatlangan joyni tegishli neytrallovchi eritmalarga ho‘llangan latta bilan artish
kerak.
Kimyoviy kuyishlarda keyingi yordam xuddi termik kuyishlardagidek ko‘rsatiladi.
Kislotadan kuyganda ichimlik sodasining (bir choy qoshig‘i ichimlik sodasining bir stakan
suvdagi) eritmasiga latta (bog‘lam) ho‘llab bosiladi.
Kislota suyuqlik, bug‘ yoki gaz ko‘rinishida ko‘zga yoki og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan bo‘lsa, oldin
ularni katta miqdordagi suv bilan chayish, so‘ngra ichimlik sodasi (yarim choy qoshig‘i ichimlik
sodasining bir stakan suvdagi) eritmasi bilan yuvish lozim.
Teri ishqor ta’sirida kuyganda bor kislotasi (bir choy qoshig‘i bor kislotasining bir stakan
suvdagi) eritmasiga yoki sirka kislotasining kuchsiz (osh sirkasining teng miqdorda suvdagi)
eritmasiga latta (bog‘lam) ho‘llab bosiladi.
Ishqor tomchilari sachrab yoki uning bug‘lari ko‘zga va og‘iz bo‘shlig‘iga tushganda,
jarohatlangan joylarni katta miqdordagi suv bilan chayish, so‘ngra bor kislotasi (yarim choy qoshig‘i
bor kislotasining bir stakan suvdagi) eritmasi bilan yuvish lozim.
Agar ko‘zga qattiq kimyoviy moddaning zarrachalari tushsa, oldin ularni nam tampon bilan
olib tashlash lozim, chunki ko‘zlarni yuvishda ular shilliq pardani shilib yuborishi va qo‘shimcha
jarohatga sabab bo‘lishi mumkin.
Kislota yoki ishqor qizilo‘ngachga tushganida zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Shifokor
kelguncha jabrlanuvchining og‘zidan so‘lagini va shilimshiqlarni chiqarib tashlash, o‘zini yotqizib
issiq qilib o‘rash, qorniga esa og‘riqni kamaytirish uchun “muz” qo‘yib qo‘yish lozim.
Agar jabrlanuvchida nafas siqish alomatlari paydo bo‘lsa, unga og‘zining shilliq pardalari
kuyganligi sababli “og‘izdan — burunga” usuli bilan sun’iy nafas oldirish zarur.
Qizilo‘ngachga tushgan ishqorni neytrallash maqsadida jabrlanuvchi qayt qilishi uchun
oshqozonni suv bilan yuvish mumkin emas, chunki kuydiruvchi suyuqlik qizilo‘ngach bo‘yicha
orqaga qaytayotganida shilliq pardani yana jarohatlaydi va halqum shishib ketishi mumkin.
Jabrlanuvchiga uch stakandan ko‘p bo‘lmagan miqdorda suv ichirish mumkin, bunda
qizilo‘ngachga tushgan kislota yoki ishqor suyuladi va uning kuydiruvchi ta’siri kamayadi.
Jabrlanuvchiga sut yoki suvga atalab aralishtirilgan (1 litr suvga 12 dona) tuxumning oqini ichirish
yaxshi samara beradi.
Teri katta hajmda kuyganida, hamda ko‘zga kislota yoki ishqor tushganida birinchi yordam
ko‘rsatilganidan so‘ng jabrlanuvchini davolash muassasasiga yuborish kerak.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish