Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida


 MUZLAB QOLGANDA YORDAM KO‘RSATISh



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

9. MUZLAB QOLGANDA YORDAM KO‘RSATISh
Past haroratning ta’siri ostida to‘qimalarning shikastlanishi muzlab qolish deb ataladi.
Past haroratning ta’siri ostida to‘qimalar halok bo‘lmay, ulardagi hayotiy jarayonlar sustlashadi.
To‘qimalarning harorati pastlashgan sari, ularning hayotiy faoliyatini belgilovchi, almashinuv
jarayonlari shunchalik sustlashadi (19°S haroratda almashinuv jarayonlari deyarli butunlay to‘xtab
qoladi, 10°S haroratda esa qon oqimi to‘xtaydi). Almashinuv jarayonlarining sustlashishi
to‘qimalarning hayotiy ehtiyojlarini kamaytiradi, lekin ularning shikastlanishiga olib kelmaydi.
Muzlab qolgan to‘qimalar bir maromda isitilmasa, ular halok bo‘ladi.
Muzlab qolishning sabablari turlicha bo‘ladi, va tegishli sharoitlarda (uzoq vaqt davomida
sovuqning ta’siri, shamol, oshgan namlik, siqadigan yoki ho‘l poyafzal, harakatsiz holat,
jabrlanuvchining yaxshi bo‘lmagan umumiy holati — kasallik, darmonsizlik, mastlik, qon yo‘qotish
va h.) hatto 3 — 7°S haroratda ham muzlab qolish mumkin. Dastavval barmoqlar, panjalar, oyoq
yuzlari, quloqlar va burun muzlashga moyil bo‘ladi.


Yordam ko‘rsatayotganda eng muhimi — tananing muzlab qolgan joylarining birdaniga tez
isishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki iliq havo, iliq suv, issiq jismlar va hatto qo‘llarning tegishi to‘qimalarni
nobud qilishi mumkin. Jabrlanuvchini isitilgan xonaga olib kirishdan oldin tanasining muzlagan
joylarini (ko‘pincha qo‘llari yoki oyoqlari), ularning ustiga issiq o‘tkazmaydigan (paxta-bintli, jun va
boshqa) bog‘lamlar qo‘yib issiqning ta’siridan muhofaza qilish zarur. Bog‘lam, terining rangi
o‘zgarmagan joylariga tegmay, faqat terisi aniq oqargan joylarni yopib turishi lozim. Aks holda
tananing qon aylanish buzilmagan joylaridagi issiq bog‘lam ostida muzlagan joylarga tarqala
boshlaydi va ularni sirtidan boshlab isishiga olib keladi, bu esa sirtdagi to‘qimalarning nobud
bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Issiqni o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yilganidan so‘ng qo‘l — oyoqlarning muzlagan
barmoqlarini harakatlanmasligini ta’minlash zarur, chunki ulardagi tomirlar mo‘rt bo‘lib qoladi va
qon oqimi yura boshlaganidan keyin qon talashib qolishi mumkin.
Buning uchun shinalardan, hamda qo‘l ostidagi istalgan narsalardan: qalin karton, faner,
taxtacha bo‘laklaridan foydalanish mumkin. Oyoq yuzasi uchun ikkita taxtachadan foydalanish
lozim: bittasi boldirdan songacha bo‘lgan uzunlikdagi, ikkinchisi — oyoq yuzasining uzunligi
bo‘yicha. Ular 90° burchak ostida mahkamlab qo‘yilishi kerak.
Tananing muzlagan joylaridagi bog‘lam u yerda qizish his etilmaguncha va ularning sezish
qobiliyati tiklanmaguncha turishi lozim.
Organizmdagi issiqlikni o‘rnini to‘ldirish va qon aylanishini yaxshilash uchun jabrlanuvchiga
issiq shirin choy ichirib turish zarur.
Organizm to‘liq muzlashi oqibatida inson hushini yo‘qotganida shifokordan oldin yordam
ko‘rsatishning asosiy qoidasi issiq xonaga olib kirishdan avval jabrlanuvchining qo‘l va oyoqlariga
issiq o‘tkazmaydigan bog‘lam qo‘yishdan iboratdir. Agar jabrlanuvchining enidagi poyafzal yaxlab
qolgan bo‘lsa, uni echish emas, balki oyoqlarini po‘stin, palto yoki qo‘l ostidagi boshqa narsa bilan
o‘rab qo‘yish kerak. Jabrlanuvchini, issiq o‘tkazmaydigan bog‘lamlarini echmasdan, zudlik bilan eng
yaqin davolash muassasasiga yetkazish lozim.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish