Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

14. ChO‘KKANDA YORDAM KO‘RSATISh
Cho‘kkan odamga ko‘rsatiladigan birinchi yordam uning qanday cho‘kganligiga bog‘liq
bo‘ladi. Cho‘kishning turlari ikki xil bo‘ladi: ko‘kimtir turi (ko‘k asfiksiya), unda o‘pkaga suv to‘lib
qoladi, va oqargan turi (oq asfiksiya) unda suv o‘pkaga kirmaydi.
Cho‘kishning ko‘kimtir turi, ko‘pincha cho‘kayotgan odam, ko‘p energiya sarflab, suvning
sirtida suzishga harakat qilib darrov cho‘kmaganida kuzatiladi. Bunda uning nafas olishi betartib
bo‘lib qoladi. Nafas olganida katta miqdorda suv yutib yuborib ichagi suvga to‘lib qoladi. Bu nafas
olishini qiyinlashtiradi va vaznini og‘irlashtiradi. Kislorod yetishmovchiligi — gipoksiya boshlanadi.
Suvga to‘liq kirib ketganidan keyin odam refleks tariqasida nafas olishni to‘xtatadi. O‘sib boruvchi
gipoksiya odamning hushidan ketib qolishiga olib keladi va terining ko‘kimtir rang olishiga sabab
bo‘ladi. O‘pka shishib borishi bilan odamning og‘zi va burnidan ko‘pik chiqa boshlaydi, yuragi
urishdan to‘xtaydi.
Cho‘kishning oqargan turi o‘z hayoti uchun kurashishga harakat qilmay tez cho‘kib ketgan
yoki behush holatda cho‘kkan odamlarda bo‘ladi. Sovuq suvga tushganda nafas olishi va yurak
urishi birdaniga to‘xtab qoladi. Halqumga tushgan suv ovoz tirqishining refleks tariqasida yopilib
qolishiga sabab bo‘ladi va nafas olish yo‘llari havo o‘tkazmaydigan bo‘lib qoladi. Bunda suv va havo
kirmaydi.
Cho‘kishning ko‘kimtir turida jabrlanuvchini suvdan olgandan keyin dastlab nafas yo‘llaridagi
suvni chiqarib tashlash kerak. Qutqaruvchi jabrlanuvchini qornini pastga, o‘zining buklangan
tizzasiga, uning ko‘krak qafasining pastki qismi tiraladigan qilib, boshi va tanasining tepa qismi esa
pastga osilib turadigan qilib yotqizishi kerak. Bir qo‘l bilan jabrlanuvchining og‘zi ochiq bo‘lishish
uchun dahanini bosish yoki boshini ko‘tarish lozim va so‘ngra boshqa qo‘l bilan uning orqasidan
qattiq-qattiq (bir necha marta) bosib suvning chiqib ketishiga yordam berish kerak (
47-rasm
). Suv
oqib chiqishi to‘xtaganidan keyin jabrlanuvchini chalqancha yotqizish, og‘zining ichini tozalash va
sun’iy nafas oldirishni boshlash zarur. Agar jabrlanuvchining uyqu arteriyalarida pulsi bo‘lmasa va
ko‘z qorachig‘lari kengaygan bo‘lsa, darhol yurakka tashqi massajni boshlash kerak.
47-rasm. Jabrlanuvchining o‘pkasidan va ichagidan suvni chiqarish
Cho‘kishning oqargan turida jabrlanuvchini suvdan olgandan keyin darhol reanimatsion
chora — tadbirlar (sun’iy nafas oldirish, yurakka tashqi massaj) o‘tkazishni boshlash kerak.
Agar yordamchilar bo‘lsa, ular shu vaqtda jabrlanuvchining badanini uqalashi va qizdirishi
lozim.


Jabrlanuvchi nafas olishini boshlashi bilan unga nashatir spirti hidlatish kerak. Agar
jabrlanuvchi hushiga kelsa, unga 20 tomchi valeriana nastoykasidan ichirish, quruq kiyimlar
kiydirish, ustini issiqroq qilib o‘rab qo‘yish, achchiq choy ichirish va tibbiyot xodimlari yetib kelishiga
qadar to‘liq tinchlik ta’minlab berilishi kerak.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish