Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘G‘risida


 JABRLANGANGA BIRINChI YORDAM KO‘RSATISh USULLARI



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana21.05.2022
Hajmi1,55 Mb.
#605821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1193-сон 11.10.2005. Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatishda yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga shifokordan oldingi yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida

3. JABRLANGANGA BIRINChI YORDAM KO‘RSATISh USULLARI
Birinchi yordam ko‘rsatish usullari jabrlangan odamning holatiga bog‘liqdir.
Jabrlangan odam sog‘lig‘ining holatini quyidagi alomatlar bo‘yicha aniqlash mumkin:
es-hushi: aniq, yo‘q, shikastlangan (jabrlanganning harakatlari susaygan yoki hayajonlangan);
teri qatlamlarining va ko‘rinadigan shilliq (lab, ko‘z) pardalarining rangi: pushti, ko‘kargan,
oqarib ketgan;
nafas olishi: bir maromda, yo‘q, buzilgan (noto‘g‘ri, sirtki, xirillagan);
uyqu arteriyalaridagi puls: yaxshi aniqlanmoqda (urishi tekis yoki notekis), yaxshi
aniqlanmayapti yoki yo‘q;
ko‘z qorachig‘lari: kengaygan, toraygan.
Ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lganda yordam ko‘rsatuvchi shaxs o‘zini yo‘qotib qo‘ymasdan
bir daqiqa ichida jabrlanganning holatini baholay bilishi va unga qanday tartibda va qaysi hajmda
yordam ko‘rsatilishini belgilab olishi lozim.
Jabrlanganning hushi o‘zida yoki yo‘qligiga qarab aniqlanadi. Bunga to‘la ishonch hosil qilish
uchun jabrlanganning holatini o‘zidan so‘rash kerak.
Teri qatlamlarining rangi va nafas olishi (ko‘krak qafasining ko‘tarilishi va tushirilishi) ham
qarab aniqlanadi. Har daqiqasi qimmat bo‘lgan vaqtni nafas olishini aniqlash uchun og‘zi yoki
burniga oyna va yaltiroq metall jismlarni qo‘yish uchun ketkizib bo‘lmaydi.
Uyqu arteriyasida pulsni aniqlash uchun qo‘l barmoqlarini jabrlanuvchining tomog‘iga
(traxeyasiga) qo‘yiladi va ularni ozgina chetga surib, bo‘ynining yon tomonidan ushlab ko‘riladi (
17-
rasm
).
17-rasm. Yurakka tashqi massajni o‘tkazishda qo‘llarning to‘g‘ri harakati va uyqu arteriyasida pulsni
aniqlash
Ko‘zlarning yumuq holatida ko‘z qorachig‘ining kengligi quyidagicha aniqlanadi: ko‘rsatkich
barmoqlarini ikkala ko‘zning yuqori qovoqlariga qo‘yiladi va ko‘z olmasini asta bosib yuqoriga


ko‘tarish kerak. Bunda ko‘z qiya ochiladi va ko‘zning yoy pardasi, uning markazida esa dumaloq
shakldagi ko‘z qorachig‘i ko‘rinadi. Ularning (kengaygan yoki toraygan) holati yoy pardasining ular
egallagan maydoniga qarab baholanadi.
Jabrlanganning es-hushi qay darajada buzilganligi, teri qatlamlarining rangi va nafas
olishining holatini pulsni aniqlash bilan bir vaqtda baholash mumkin, buning uchun bir daqiqa vaqt
yetadi. Ko‘z qorachiqlarini bir necha soniya ichida ko‘rib olish mumkin.
Elektr toki yoki boshqa xavfli omillar ta’siridan so‘ng jarohatlangan odamning badanida
ko‘zga ko‘rinadigan og‘ir jarohatlar bo‘lmasa, jarohatlangan odam harakatlanishiga va ayniqsa ishini
davom ettirishiga ruxsat berib bo‘lmaydi, chunki uning sog‘lig‘i keyinchalik birdaniga og‘irlashib
qolishi mumkin. Faqatgina shifokor jabrlangan odam sog‘lig‘ining holatini baholashi mumkin.
Yashin urganida jabrlangan odamni yerga ko‘mish mumkin emas, bu faqat zarar keltiradi va
uni saqlab qolishda qimmatli bo‘lgan vaqtni yo‘qotilishiga olib keladi.
Agar jabrlangan odamning es-hushi o‘zida bo‘lsa (bundan oldin esa hushidan ketgan bo‘lib,
lekin nafas olishi va pulsi bir maromda saqlanib qolgan bo‘lsa) uni, masalan, kiyimlardan to‘shalgan,
taglikka yotqizish; muntazam nafas olishi va pulsini kuzatib turib nafas olishiga xalal beruvchi
kiyimlarini echib bo‘shatish; unga toza havo kelishi uchun sharoit yaratish; agar kun sovuq bo‘lsa
uning badanini isitish; kun issiq bo‘lsa uni salqinroqqa joylashtirish; osoyishtalikni ta’minlash,
ortiqcha odamlarni ketkizish; suvdagi valeriana eritmasini (20 tomchi) ichirish lozim.
Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa, uning nafas olishini kuzatib turish lozim, agar tilining orqaga
ketib qolishi oqibatida nafas olishi sekinlashsa, past jag‘ini oldinga chiqarish kerak. Buning uchun
ikkala qo‘lning to‘rtta barmog‘i bilan past jag‘ni orqa tomondan burchaklaridan ushlab tortiladi va
yuqoridagi tishlar past tishlardan oldinda turadigan qilib suriladi (
18-rasm
). Tilning orqaga ketib
qolishi to‘xtamaguncha uni shunday ushlab turish lozim. Behush bo‘lgan jabrlanuvchiga nashatir
spirti hidlatib turish, yuziga sovuq suv sepib turish lozim.
18-rasm. Past jag‘ni ikkala qo‘l bilan oldinga surish.
Jabrlanuvchining ko‘ngli aynisa va u qayt qilishni boshlasa, qusish moddalarini yo‘qotish
uchun uning boshi va yelkalarini yon tomonga (yaxshisi chapga) burish kerak.
Agar jabrlanuvchi entikib, juda sekin nafas olayotgan bo‘lsa, lekin pulsi sezilayotgan bo‘lsa
unga darhol sun’iy nafas olish muolajasini boshlash lozim. Sun’iy nafas oldirish vaqtida jabrlanuvchi
yotgan holatda bo‘lishi shart emas. Sun’iy nafas oldirishni, jabrlanuvchi xavfli va zararli omillar
ta’siridan xalos etilib, hamda u tayanchdan pastga tushirilib, xavfli zonadan olib chiqilganidan so‘ng
darhol boshlash kerak.
Agar jabrlanuvchi behush bo‘lsa va u nafas olmasa, pulsi sezilmasa, teri qatlamlari ko‘kargan
va ko‘z qorachig‘i kengayib ketgan bo‘lsa, darhol sun’iy nafas oldirish va yurakning tashqi massajini
o‘tkazish yo‘li bilan organizmning hayotiy funksiyalarini tiklashga harakat qilish kerak.
Ushbu chora-tadbirlar majmuasi reanimatsiya (ya’ni jonlantirish) deb, chora-tadbirlar esa —
reanimatsion chora-tadbirlar deb ataladi.
Qimmatli vaqtni yo‘qotib jabrlanuvchini echintirishning hojati yo‘q. Shuni esda tutish kerakki,
yurak to‘xtatgan vaqtdan 4 daqiqa o‘tmagan bo‘lsa jonlantirish muolajalari samara berishi mumkin,
shuning uchun ham birinchi yordamni tez va imkoni boricha hodisa ro‘y bergan joyda ko‘rsatish
kerak.


Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa yoki uning pulsi sezilmasa, uni o‘lgan deb hisoblab
unga yordam ko‘rsatishdan bosh turtib bo‘lmaydi. Jabrlanuvchining o‘lgani haqidagi xulosani faqat
tibbiyot xodimlari chiqarishi mumkin.
Jonlantirish harakatlarini boshlash bilan birga shifokor yoki tez yordamni chaqirish haqida
ham o‘ylash kerak, faqat buni yordam ko‘rsatayotgan shaxs emas, balki boshqa shaxs qilishi lozim.
Jabrlanuvchi nafas olishining, qon aylanishining to‘xtash vaqti, sun’iy nafas oldirishni va
yurakka tashqi massaj o‘tkazishni boshlash vaqtini, hamda reanimatsion chora-tadbirlarning
davomiyligini eslab qolish va ularni yetib kelgan tibbiyot xodimlariga ma’lum qilib yetkazish kerak.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish