Ushbu bo’limda o’quvchi kompyuterni tuzilishi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Portlar haqida, diskavot, xotiralar haqida, kompyuterni tehnik tuzilishi haqida ma’lumot topa olishi kerak. Oldiga qo’yilgan kompyuterni kuchini baholay oladigan darajada bo’lishi kerak. Agar kompyuter bilan mayda tehnik nosozliklar bo’lsa o’zi tuzataoladigan darajada bo’lishi kerak.
Software
Ushbu bo’limda o’quvchi operatsion tizmlar haqida ma’lumot olishdan tortib uni o’rnatishgacham bo’lgan jarayonni o’rganishi kerak. Bemalol operatsion sistemani o’zi o’rnataoladigan bo’lishi kerak. Dispecher zadach orqali o’rnatilgan dasturlarni boshqara olishi, upravleniya bo’limi orqali bemalol o’chirib tashlay olishi kerak. Drayverlar o’rnatishni bilishi, agar xatolik berib qolsa uni bemalol bartaraf qila olishi kerak. Oddiy dasturlarni o’rnatish jarayonlarini bemalol tahlil qilib keragicha foydalana olishi kerak.
MS Office paketini nima ekanligidan tortib unda bemalol ishlay oladigan darajada bo’lishi kerak. Dastur Interfeysi bilan to’liq tanishib chiqishi qayerida nima joylashgani wordda ixtiyoriy hujjatni yarata olishi, excelda formulalar bilan ishlashi, statsistikani diagrammada tasvirlay olishi kerak. PPT da bemalol taqdimot qila olishi zamonaviy shablonlardan foydalanib interaktiv taqdimotlar qilaolishi kerak.
Algaritmlash asoslari
Algaritmlash nima ekanligi chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va aralash algoritmlardan foydalanib bemalol misollar yecha olishi kerak. Algaritmlashda ishlatiladigan figuralarni to’liq yod olishi kerak.
Dasturlash tillari haqida ma’lumot
Dasturlash tillari haqida dastlabki ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Sintaksisi bilan soda kodlarni yozishni bilishi kerak. Kichkina proektlar qilishi kerak. Masalan a+b ni toppish kabi.