Termiz Davlat universitetining pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya va boshlang’ich ta'lim fakulteti boshlanG’ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi yo'nalishi 20-04 guruh talabasi Bahodirova Feruzaning BADIIY O’QISH ASOSLARI fanidan “SAID AHMADNING SO’Z QO’LLASH MAHORATI “mavzusida tayyorlagan slaydi Said ahmadning haYoti va ijodi - Oʻzbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxoʻjayev) 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. Said Ahmad dastlab “Mushtum” jurnalida, Oʻzbekiston radiokomitetida (1942–1943), hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida (1942–1947), “Sharq yulduzi” jurnalida (1948–1950) ishlagan. Uning birinchi hikoyalar toʻplami “Tortiq” 1940 yilda nashr etiladi. Urush va urushdan keyingi yillarda Said Ahmad koʻplab felyeton, ocherk va hikoyalar yozgan. Uning “Er yurak” (1942), “Fargʻona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi toʻplamlari nashr etilgan. U “Xazina”, “Hayqiriq”, “Rahmat, azizlarim” kabi hikoyalarida Ikkinchi jahon urushining dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulugʻlaydi
Said Ahmadda mujjassam qobiliyatlar - Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, Gʻafur Gʻulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik taʼsirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. “Choʻl burguti”, “Oʻrik domla”, “Lochin”, “Odam va boʻri”, “Boʻston”, “Toʻyboshi” kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, oʻzbek nasrida ham yangilik boʻlgan.
So’z san’atkori
Said Ahmad til vositalaridan o’rnida foydalangan so’z san’atkoridir. Agar Said Ahmad xalq tilidan shu qadar ustalik bilan foydalanmaganda, bugun «Kelinlar qo‘zg’aloni» spektakli, yoki filmi bu qadar sevimli bo‘lmasdi, undagi jumlalar xalqning tiliga ko‘chib qolmasdi. Bu o‘rinda Said Ahmad o‘zlashma so‘zlardan ham juda o‘rinli va maromida foydalanganiga guvoh bo‘lish mumkin.
- Said Ahmadning o‘z qahramonlari tilidan «Xo‘rozqand chet elniki desa, yotib olib yalashadi», «O‘zimizniki ham teshib chiqmaydi», «Miltig‘ingiz nam tortib qolibdi», «Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak», «Fon bilan yozamiz», «Shpionlar haqida gaplashyapmiz» «Chuchvarani xom sanabman» singari noyob ifodalarni yozuvchi, dramaturg sifatida xalq tilidan olib ularni o‘ziga yana chiroyli qilib qaytarib berishi, el orasida ommalashtirdi, natijada til og‘izdan og‘izga o‘tib yashashda davom etishiga olib keldi. Bu jumlalar hozir ham muloqatda oramizda tez-tez ishlatilib turibdi.
SAID AHMAD – MAHORATLI SO‘Z USTASI
Said Ahmadda ham o‘zbek tilidan foydalanishda o‘zigagina xos bo‘lgan uslub bor. Topqirlik. So‘zni topib aytish, o‘rinli qo‘llash, kesatish, kinoya qilish, o‘xshatish kabilar adibning muvaffaqiyatini ta’minlab bergan bo‘lsa, ajab emas, bu kabi ijodkorlar tilni e’zozlagani, boyitgani, so‘zlarning qo‘llanilish davomiyligini uzaytirgani, el orasida mashhur qilgani uchun til ham Said Ahmadni xalq orasida qadrli qildi. Televizion minatyuralar uchun yozgan hajviyalaridan tortib katta hajmli asarlarigacha so‘zdan samarali foydalanilganini ko‘rish mumkin.
2013 yil 10 –iyun kuni SAID Ahmad VA SAIDA ZUNNunova shoir va shoiramizni xotirlab Milliy Bog’da ularning HAYKALI o’rnatildi. Xulosa - Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , Saida Ahmad MAHORATI so’z ustalik bo’lgan uning asarlarini o’qigan kitobxon keladi, yig’laydi, o’yga to’ladi, Shunday so’zlarni qo’llaganki, tilimizni yanada boyishiga ulkan hissasini qo’shgan.Biz yoshlar ham tilimizni boyitishga Xizmat qilmoğimiz zarur.
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |