Geodeziya,kartografiya va tabiiy resurslar



Download 1,39 Mb.
bet1/8
Sana05.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#741994
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Saparbaev Asadbek



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDOQ NOMIDAGI QORAQOLPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
GEODEZIYA,KARTOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR” KAFEDRASI

NEFT VA GAZ GEOLOGIYASI FANIDAN

Kurs ishi


Mavzu: Neft va gazning paydo boʻlish nazariyalari

Bajardi: 2-kurs Saparbayev Asadbek _______
Qabul qildi: __________ Bekmanov Nuraddin _______

Baho ________


Sana ________
Nukus 2021y
Kurs ishi
Mavzu: Neft va gazning paydo boʻlish nazariariyalari
1. Kirish
2. Asosiy qisim:
2.1 Neft qanday paydo boʻlgan
2.2 Gazlar haqida umumiy maʼlumot
2.3 Qatlam sharoitidagi neftlar
2.4 Neftlarning fizik xossalari
2.5 Neft va gazning ochilish tarixi
2.6. Organik neft va gaz kelib chiqishi tushunchasi.
2.7. Neft va gazning mineral kelib chiqishi haqidagi gipoteza.
3. Xulosa va takliflar
4. Faydalanilgan adabiyotlar
Kirish
XX asrning boshida neftning xalq xo’jaligida energiya manbai sifatida salmog’i 2,5 %, tabiiy gaz esa o’sha vaqtda deyarlik ishlatilmas edi. Bu ko’rsatkich tobora ortib boradi va XX asrning 90 yillariga kelib neftning energiya manbai sifatidagi salmog’i 39%, gazniki esa 22 % ga etadi. Buning natijasida neft va gaz qolgan barcha energiya manbalaridan benihoya o’sib ketadi (ko’mir 27%, gidroresurslar 7%, atom energiyasi – 6%). Hozirgi kunda bu nisbat deyarlik o’zgarmay kelmoqda. Neft va gazning xalq xo’jaligida bunday yuqori o’ringa chiqishiga va uning beqiyos rivojlanishiga asosiy sabab, birinchidan yuqori darajadagi energiya manbai ekanligida. Buni quyidagi solishtirishda ko’rishimiz mumkin: 1 kg yoqilg’i yonganda 7000 kkal energiya beruvchi yoqilg’ini shartli yoqilg’i deb qabul qilsak: M 1 kg benzin yonganda 1,49 shartli yoqilg’i teng bo’ladi 1 kg oddiy neft yonganda 1,43 -"- -"- -"- 1 kg mazut yonganda 1,37 -"- 1 m 3 tabiiy gaz yonganda 1,17 -"- 1 kg ko’mir yonganda 0,7 -"- 1 kg torf 0,35 -"- 1 kg o’tin 0,27 -"- 1 m 3 tabiiy gaz 1 kg neft va neft mahsulotlariga ekvivalent hisoblanadi. Ikkinchidan, neft va gazni qazib olish ko’mirni qazib olishdan ancha arzonga tushadi. CHunonchi mehnat unumdorligi neftni qazib olishda ko’mirga nisbatan 6 marta, gazni chiqarishda esa bu ko’rsatkich 55 marta ortiqdir! Misol tariqasida keltiradigan bo’lsak, 1965 yilda ishlab turgan gazkondensat koni SHebelinkada 24, mlrd. m 3 gaz olingan (30 mln.t. shartli yoqilg’iga teng) va o’sha vaqtda shu konda 632 nafar kishi ishlagan (shulardan 464 nafar ishchi), qolganlari muhandis-texnik xodimlar. SHuncha energiya berishi mumkin bo’lgan ko’mirni qazib olish uchun 60000 shaxtyor ishlaydigan 50 ta shaxta lozim bo’lar edi. Demak, gaz kondensat konidagi 1 nafar ishchi deyarlik 100 nafar shaxtyor ishini qilar ekan. Uchinchidan, neftni uzatish uchun ketadigan xarajat ko’mirnikiga nisbatan 1,7 marta arzon, gaz uzatish esa ko’mirga nisbatan 3,37 marta arzon ekan. [1] Sanoat korxonalarida ko’mir o’rniga neft mahsulotlari yoki gazning ishlatilishi ko’p tomondan foyda keltirishi aniqlangan. CHunonchi mis erituvchi pechlarni ko’mirdan gazga o’tkazish uch tomonlama foyda keltirar ekan, masalan bunday pechlar gazlashtirilganda ko’mir shlaki bilan birga chiqib ketuvchi mis miqdori 17% ga kamayadi, pechning ish unumdorligi 10-12% ortadi, energiya sarfi esa 25 % ga kamayar ekan. Yuqorida keltirilgan misollardan aniq bo’ladiki, hozirgi kunda energiya manbai sifatida yuqori o’rinda turgan neft va gaz hali ancha vaqt liderlikni ushlab tursa ajab emas. Xullas, turmushimizning farovon bg’lishini neft va gaz mahsulotlarisiz tasavvur qilish mumkin emas.
Xuddi shuning uchun neft va gaz sanoati xodimlari oldigab neft-gaz konlari joylashgan yangi g’lkalarni egallash, ishlab turgan konlarimiz bag’ridan iloji boricha kg’proq neft va gaz chiqarib olishni ta’minlash, neft chiqarish texnologiyasining ilg’or usullarini izlab topgan holda, er bag’rida qolib ketayotgan kg’plab miqdordagi neftlarni yuzaga chiqarish imkoniyatlarini bajarish masalalari eng dolzarb mavzu sifatida qg’yilgandir. Yuqorida zikr qilingan vazifalar asosan neft-gaz koni geologiyasi xizmati zimmasiga yuklatilgan bg’lib, bu ishlarni ongli va bilimdon mutaxassis sifatida sidqidildan bajarilishini ta’minlash hozirgi kunning talabidir. SHuning uchun ham neft-gaz koni geologiyasi sohasi konning mavjudligini aniqlagan quduqni ishga tushirishdan boshlab, to uning bag’ridagi barcha mahsulot imkoni boricha olinganligini ifodalovchi hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar bg’ladigan konning "hayot yg’li" davomidagi barcha jarayonlarni oqilona va bilimdonlik bilan bajarilishining rahbari va ishtirokchisi bg’lishi taqozo etiladi. Bu borada quduqlarning kovlanish jarayoni, ular bilan mahsuldor qatlamlarni ochish, ularni sinash va ishga tushirish, qatlamlarning fizik-geologik xususiyatlarinn g’rganish, ulardagi mavjud neft, gaz, kondensat va suvlarning xossalarini g’rganish, neft￾gaz uyumlari joylashgan strukturalarning tuzilishini aniqlash, konningkesimlarini tuzish, mahsuldor qatlamdagi neft-gaz zahiralarini aniqlash va hisoblash, konning ishlash rejimlarini chamalash va uning umumiy suv siquvi sistemasidagi g’rnini belgilash, konni oqilona qazib chiqarish uchun kovlanishi lozim bg’lgan quduqlar sonini belgilash va ularning qazilish hamda ishga tushirilish navbatini aniqlash, qatlamning energetik quvvatlarini chamalash, uni qazib chiqarish uchun qg’llanishi lozim bg’lgan qatlam bosimining pasayishini oldini oladigan va undagi mahsulotni haydab chiqarish imkonini beradigan usullarni tavsiya qilish va qg’llash, hamda ularning ishini nazorat qilish, neft-gaz konlarini qazib chiqarish jarayonida er bag’ri boyliklarini va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari - hammasi neft-gaz koni geologining va geologik xizmatining vazifalaridandir. Hozirgi sharoitda neft-gaz konlarining chuqurligi ortib bormoqda. Ulardan mahsulotning olinishi ancha murakkab sharoitlarda g’tmoqda, bular albatta texnika va texnologiyaning murakkablashuviga olib keladi va geologik xizmatning g’z ishida izchilligini, bilimdonligini taqozo etadi. Undan tashqari hozirgi sharoitda tabiatning zukko qudrati bilan g’nglab, yuzlab million yillar davomida hosil qilingan qimmatli mahsulot ayovsiz ishlatilmoqda va hozirgi darajada u davom etsa, yaqin kelajakda insoniyat bunday ajoyib mahsulotlarni tamomlaydi. Xuddi shu sababdan er osti boyliklarimizni oqilona ishlatish va ularning zahiralariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bg’lishlik har bir kon geologining muqaddas burchidir.

Respublikamizning mustaqallikka erishganligi natijasida neft va gaz sanoatining rivojiga hissa qo’shadigan beqiyos imkoniyatlar yaratildi. Bu borada davlatimizni neft va neft mahsulotlari bilan ta’minlashga erishish, yurtimizning eng chekka g’lkalarigacha gazlashtirish vazifalar to’g’risidagi siyosati ustuvorlik bilan olib borilmoqda. G’lkamizning yangidan-yangi imkoniyatlari namoyon bg’lmoqda. Lekin shu joyda bir narsani ta’kidlash joizki, bizning zahiralarimiz chegarasiz emas, doimo ularning isrofiga yo’l qoʻymaslik tadorikini qilmog’imiz lozim bo’ladi.



2.1 Neft qayerdan paydo bo‘lgan?
Neft iqtisodiyotning asosiy manbai hisoblanadi. Mubolag‘asiz, insoniyat farovonligi bu manbaga bog‘liq. Biroq ko‘p yillar davomida yonuvchan suyuqlik o‘rganilishiga qaramay, uning kelib chiqishi hali ham sir bo‘lib qolmoqda. Neftning kelib chiqishi haqida olimlar nima deydi? U qayerdan paydo bo‘lgan?
Yagona nazariya mavjud emas
Turli tadqiqotchilar “qora oltin” sayyorada qanday paydo bo‘lganligi to‘g‘risida o‘zlarining farazlarini ilgari surishadi. Nega ular neft kelib chiqishining yagona nazariyasiga ega emas?
Neft va gaz doimiy ravishda yer qa’ridagi tabiiy bo‘shliqlar (teshiklar, yoriqlar) bo‘ylab harakatlanadi. Biroq, mineralning aynan qayerda va qanday hosil bo‘lishi bugun ham aniqlanmagan. Topilgan konlar esa shunchaki qusursiz to‘planish joylar: u yerdan neft qochib qutula olmaydi.
Shu nga qaramay, olimlar neft hosil bo‘lishining ikkita - organik va noorganik ehtimoliy taxminini aniqlashdi.
Organik nazariya
Neft birikmalarini aniqlay oladigan ko‘rsatkichlar mavjud. Ulardan biri gil jinslardir. Bu bir vaqtlar dengiz tubida yotib qolgan loy. Vaqt o‘tishi bilan u dengiz hayvonlari qoldiqlari, qum va loy bilan aralashib, to‘planib, yanada chuqurroq joylashadi.
Million yillar o‘tgach, zichlanish, yuqori harorat va yer bosimi ta’siri ostida bunday loy tog‘ jinsiga aylanadi. Yer ostida chuqur joylashgan organik moddalar yuqori harorat va bosim ta’sirida parchalanib, kimyoviy reaksiyalar jarayonida neftga aylanadi. Bu o‘zgarish uchun 50-350 million yil kerak bo‘ladi, bu esa geologlarning sayyora rivojlanishi bo‘yicha bergan ma’lumotlariga to‘liq mos keladi.

Yer yuzidagi barcha neft va gaz kompaniyalari aynan shu nazariyaga amal qilib kelmoqda, shu sababli neft loyli slanets bor joyda izlashdan boshlanadi.


Noorganik nazariya
Kimyo sanoatining rivojlanishi neft va gaz noorganik birikmalardan laboratoriya sharoitida olish mumkinligini ko‘rsatdi. Masalan, uglerod oksidi va vodorod aralashmasi (sintez gazi) uglevodorodlarga aylanishi mumkin. Aynan shular neft va tabiiy gazdan iborat.
Bundan tashqari, uglevodorodlar ko‘pincha kutilmagan joylarda, masalan, Rossiyaning Kolsk shahridagi o‘ta chuqur qudug‘ida yoriqlar natijasida hosil bo‘lgan ko‘llar tubida va yer ostidagi vulqon otadigan moddalar tarkibida paydo bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi geologlar neft yer tubining 50 dan 240 kilometrdagi chuqurligida hosil bo‘lgan deb hisoblashadi. Ular yonuvchan suyuqlik metan zaxiralaridan kelib chiqadi, so‘ngra yangi zarb qilingan neft bo‘shliqlar va yoriqlar orqali sayyoramizning yuqori qatlamlariga yetib boradi, deb aytishadi. Ushbu nazariyadagi nuqson shundaki, bu tarzda shakllangan manba klasterlari har qanday joyda to‘planishi mumkin. Undan ko‘ra loyli slanetsni izlab topish ancha osonroq. Biroq, mabodo neft va gazning kelib chiqishi noorganik bo‘ladigan bo‘lsa, unda ularning zaxiralari bitmasdir. Gap ularni qanday izlab topishda.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish