2.3 Qatlam sharoitidagi neftlar
YUqorida keltirilgan metanli, naftenli va xushbg’y uglevodorodlar qatoridan tashqari neftlar tarkibida kislorod, oltingugurt, azot mavjudligi tufayli ularning xossalariga tasir qiluvchi naften kislotalari, qatron, asfaltenlar, parafin va sh.k. ning bglishi neftlarni qazib chiqarish va ularni qayta ishlash jarayonlariga ancha tasir kgrsatadi. Ularning miqdori uncha kgp bglmasa ham, lekin ular neftlarning er ostidagi holatiga va harakatiga salmoqli tasir kgrsatadi.
Gz tarkibidagi engil, ogir va qattiq uglevodorodlar miqdoriga qarab neftlar turkum va turkumchalarga bglinadi. Bunda uning tarkibida oltingugurt qatron va parafinning mavjudligi ham ancha ahamiyatga molik, Otmishdan sobiq ittifoq paytidagi konlarning neftlari tarkibida oltingugurtning mikdori 5-6% ga boradigan hollari kuzatiladi. Neftlarda oltingugurt sof holda, oltingugurt vodorodi (serovodorod), oltingugurt birikmalari va smolasimon moddalar merkaptan, sulfid va disulfidlar kgrinishida mavjud boladi. Merkaptan va oltingugurt vodorodning neftlar tarkibida mavjudligi konda ishlatiladigan asbob-uskunalarning emirilishiga olib keladigan zararli omillardandir.
Oltingugurtning neftdagi miqdoriga qarab neftlar kam oltingugurtli (0,5% gacha), oltingugurtli (0,5-2% gacha) va kgp oltishugurtli (2% dan ortiq) turlarga bglinadilar.
Asfalto-smolali moddalar gz tarkibida kislorod, oltingugurt, azot mavjud bglgan yuqori molekulali birikmalardir. YUrtimiz neftlari tarkibida ular 1-40% orasida mavjuddirlar. Ular kgpincha ogir neftlarda kop uchraydilar. Qatronning mikdoriga qarab neftlar kam qatronli (18% gacha bglgan), qatronli (18-35%) va serqatroli (35 % dan ortiq) turlariga ajratiladilar.
Neftlarda uchraydigan parafin-qattiq uglevodorod- larning aralashmasi - parafin va tserezinlardan iboratdir. Parafin (S17N36 - S35N72), erish darajasi 27-71°S, tserezin (S36N74-S55N112) ning ernsh darajasi 65-89°S dan iboratdir, Bir xil harorat darajasida parafinga nisbatan tserezin barqarorroqdir, uning zichligi va qovushqoqligi yuqoridir. Neftlarda ularning miqdori 13-14% gacha va undan yuqori (Uzen konidagi neftda 35% parafin bor) bglishi mumkin. Neftlar gz tarkibidagi parafin miqdoriga qarab kam parafinli (1,5% gacha), parafinli (1,5-6%) va kgp parafinli (6% dan ortiq) turlarga bglinadilar.
Bazi hollarda parafinning quruqlanish (qotish) darajasi qatlam haroratiga tggri kelib qoladi (Uzen koni). Qatlamda parafinning qotishiga ygl qgymaslik uchun unga isitilgan suv yuborish taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |