,, MAQOLA’’
Namangan davlat universiteti
Ijtimoiy –iqtisodiy fakulteti tarix
Yo’nalishi talabasi Abbdujabborov Kamoliddin
,,,Tarixni kartalar bilan birga o’rganamiz’’’
Maqolq mavzusi. KARTALARDAN FOYDALANISH VA TUSHINISH
Kartadan foydalanuvchi kartaning qanday tuzilgani va o’ziga qanday malumot bera olishiga qiziqadi.Kartalarning yaratilishi murakkab jarayon bo’lib, kartaning yaratilishi tanlangan mavzu bilan bog’liq.Karta foydalanuvchisi ham tanlangan o’ziga kerak bo’ladigan karta mavzusini yaxshi bilishi kerak.Kartanii tushininshda karta qanday yaratilishiga ham etibor berish zarur. Karta yaratishda yer yuzasi ellepsoyid yuza deb qabul qilinib, kartada yer yuzasi tekkis qog’ozda tasvirlanadi. Yer yuzasi va uning qisimlarini tasvirlashda turli xil geometrik shakillardan foydalaniladi. Silindir, konis yoki boshqa shakillardan foydalaniladi. Yer yuzasi shu shakil ichiga joylanadi. Bunda yer yuzasining qismlari shu shakillarning chetki qismlariga urinadi.Bu urinishning natijasida yer yuzasining qismlari uringgan qismini qog’ozda tasvirlash imkoniyati bo’ladi
Yer yuzasining urinish nuqtalari
Yer yuzasi Garbiy uzunlik Bosh meridian Shimoliy kenglik
Ekvator
Sharqiy uzunlik Janubiy kenglik
Kartadan foydalanishning yo’llari.
Endi tanlangan kartaning nomi va uning qanday karta ekanligiga etibor beramiz.Misol uchun Afrika materigining tabiiy yoki siyosiy kartasi. Biz uchun bu karta malumot beruvchidir.Avval kartaning masshitabi va shartli belgilariga etibor qaratamiz.Kartaning masshitabi va shartli belgilariga yaxshilab etibor qaratish lozim chunki shartli belgilar kartaning o’ziga xos tilidir.Shartli belgilar ham ikki turga bo’linadi. Yani masshitabli va masshitabsiz.Tabiiy kartalarda tasvirlanadigan shartli belgilar foydali qazilma konlari, tabiiy chegaralar, daryolar, o’rmon va shu kabi obyektlar tasvirlanishi mumkun.Shu o’rinda masshitabli shartli belgilar bilan o’rmon ,ko’l, poliz ekinlari va boshqalar. Masshitab siz shartli belgilar bilan esa yakka daraxt ,buloq, zavot ,fabrikalar bo’lishi mumkun.Aslida har bir kartaning shakillanib hosil bo’lgunga qadar ketgan vaqti ancha davirni o’z ichiga oladi .Yer yuzasining xar bir qismlari harbiy yurishlar jangler davomida shakillanib o’zgarib borgan. Shuning uchun ham yer yuzasi doyimiy o’zgarishda. Kartaning oson tushinishnig yana bir yo’li bu qiyosiy taxlil. Bunda foydalanuvchi biror tarixiy davlatning hududini bilgan holda , keyingi paytda u davlat hududi qanday o’zgarganligini tahlil orqali aniqlasa ham bo’ladi. Foydalanuvchining kartadan foydalanish imkoniyati uni shartlibelgi,tushintirish belgilari, karta masshitabini qay darajada bilishi bilan bog’liq. Shuningdek kartada geografik kenglik va uzunlik tushinchalari mavjud. Yuqorida tasvirlangan chizmada ko’rinadiki kenglik va uzunlikni ajratib olish juda osson .Yani shimoliy kenglik ekvatordan shimoldagi hududlarning kenligini bildiradi. Janubiy kenglik esa ekvatordan janubda qancha kenglikda joylashganini bildiradi.Bosh meridiandan g’arbda va sharqda joylashgan davlatlar uchun uzunlik tushinchasi kiritilgan. Misol uchun Toshkent shahrining kordinatalari 69” sharqiy uzoqlik 41’’ shimoliy kenglik dan iborat.Kartada berilgan davlat va shaharning nomining ham yozilishi kata yoki kichik harflarda yoziladi.Shunga qarab shaharning kichik yoki katta ekanligini bilishimiz mumkun. Endi karta masshitabi asosida berilgan masofaning uzunligini aniqlashni ko’rib chiqamiz. Bunda aytaylik ikki shahar o’rtasidagi masofani kartadan foydalangan holatda bilmoqchimiz. Bunda biz santimetirli chizg’ichdan foydalangan holatda masofani topamiz. Kartada ikki shahar o’rtasidagi masofani chijg’ich yordamida tutashtiramiz.Necha santimetr ekanligini eslab qolamiz.Endi karta masshitabiga etibor beramiz.Bunda aytaylik masshitab;1:500000 gateng.Biz o’lchagan masofa esa 6sm ni tashkil qiladi.Masshitab 1 sm da 5km ligini ko’rsatyapti.Endi 6smx5km=30km ga teng ekanligini ko’rsatyapdi.Biz o’lchagan masofa joyda haqiyqiy masofasi 30 kmga teng ekanligini ko’rsatdi.Yana bir etibor berish kerak bo’lgan elementlardan biri bu kartadagi ranglardir.Ranglar o’zining hususiyatlari bilan malum bir manoni bildiradi.Ranglarning och yoki to’qligiga qarab balandlik va chuqurliklarni bilib olishimiz mumkun. Tabiiy kartalarda tasvirlanadigan tog’lar yoki okean ,dengizlar shu usullarda tasvirlanadi.Tog’larning balandligi ortib brogansari tog’ning rangi to’qlashib boradi. Okean yoki dengizlarda ham ularning chuqurligi ortgan sari rang to’qlashadi. Odatta tog’lar och jigar rangdan to’q jigar rangga qarab, okean va dengizlarda esa och ko’k rang dan to’q ko’k rangga qarab belgilanadi. Kartadan foydalanuvchi buni bilgan holda kartada to’q jigarrangda tasvirlangan tog’ va unig eng baland nuqtasi to’q rangda bo’ladi.Okeanlarning ham eng chuqur hududi to’q ko’krangda bo’ladi. Albatta bular tabiy kartalarda.Endi tushintirish belgilarini ko’rib chiqamiz.Tushintirish belgilari mahsus stirelka yoki chiziqli usulda ifodalaniladi.Kartalarda tushintirish belgilari malumot beruvchi ahamiyatga ega.Tushintirish belgilari odatda malum bir harakatni yoki voqelikni tarqalishini,siyosiy kartalarda esa tushintirish belgilari ankilav yoki ekiskalav hududlarni bildiradi. Tabiiy kartalarda ifodalaniladigan tushintirish belgilar daryolarning harakati, okianlarning oqimi yo’nalishi, shamollarning harakatini ko’rsatadi.Tarixiy kartalarda esa qo’zgalonlarning yo’nalishi yoki tarqalishini ifodalaydi.Tarixiy voqelikni ko’rsatuvchi kartada tushintirish belgilari bilan berilgan qo’zgalon yoki shukabi hodisalarning tarqalishi mumkun.Shu hodisa bilan bog’liq yillarni maxsus strelkalar uski qismiga yozib qo’yiladi. Misol uchun qozgalonning boshlanishi yoki tugashini yozish mumkun.
Siyosiy kartalardan ham foydalanganda quyidagilarga ham etibor berish zarur.Birinchi galda tanlanga davlat va uning chegaralariga.Odatda davlatlarning chegaralari siyosiy kartalarda qizil chiziqar bilan ajratib qo’yiladi.Bazan chegaralar uzuq uzuq qizil chiziqdan iborat bo’lishi ham mumkun.Siyosiykartadagi tanlangan davlat nomi va uning poytaxti katta harflar yordamida yozildi.Shu davlat tarkibiga kiruvchi shahar yoki viloyatlar nisbatan kichikroq harflarda yoziladi.
Kartadan foydalanuvchilar etibor berishlari kerak bo’gan qoiydalar karta masshitabi, shartli belgilari kartaning nomi va u qanday karta ekanligi, karta ranglari va kartaning qanday qilib tasvirlanishi hamma uchun qiziq.
Do'stlaringiz bilan baham: |