Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


-bo‘lim.  ko‘p yilliklar, ikki va bir yilliklar (bahorgi va  kuzgilar).  6-bo‘lim



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

5-bo‘lim. 
ko‘p yilliklar, ikki va bir yilliklar (bahorgi va 
kuzgilar). 
6-bo‘lim
. yashirin qushiluvchi tuban o‘simliklar (moxlar, 
lishayniklar, zambururlar). 
7-bo‘lim
. dashtlarda kam uchraydigan «ksilofitlar» (h), 
daraxtlar, butalar. 


Keyingi 3 ta bo‘limni Visotskiy «angredientlar» deb atadi, 
ya’ni ular oldingilarga-«prevalidlar» ga tobe o‘simliklardir. 
Shunday qilib G.N.Visotskiy sistemasi L.I.Kazakevich (1922) 
«Materialы k biologii rasteniy Yuga-Vostoka Rossii» nomli kitobida 
hayotiy formalarning original sistemasini ishlab chiqishi uchun asos 
bo‘ldi. Kazakevich asosan Visotskiy g‘oyalariga tayangan holda 
hayotiy formalarni 5 gruppaga bo‘ldi. Uning sxemasini quyidagi 
jadvaldan ko‘rish mumkin:
Keyinchalik novdalari hayotining davomiyligi va yer osti 
organlarining qanchalik saqlanishiga qarab, hap qaysi gruppa, 
gruppachalarga 
bo‘linadi. 
Yuqorida 
keltirilgan 
gruppalardan 
tashqari, Kazakevich yanada daraxtlarni (
h
) va kam yilliklarni (ʘ, ʘ) 
ajratdi. O‘simlik guruhlarini hayotiy formalar tarkibi bo‘yicha 
o‘rganishga statistik yondoshganligi uning katta xizmati va fanga 
qo‘shgan xissasi hisoblanadi. U hayotiy formalarning protsent 
nisbati bo‘yicha konkret guruhlar uchun spektr tuzishni taklif etdi. 
Quyida misol tariqasida taklif etilgan shunday spektr keltirilgan (7-
jadval). 
Bunday spektrlar analiz qilish fitotsenolog va botanik 
geograflarnnng ishidir, biz uni ekologik tadqqotlarga yondashish va 
organik metod sifatila keltirdik.
Hayotiy formalarning ba’zi klassifikatsiyalari ana shulardan 
iborat. 
HAYOTIY FORMALAR EVOLYUTSIYASINING BA’ZI
ASPEKTLARI. 
Ma’lumki, hayotiy formalarga birinchi e’tibor bergan olim 
A.Gumboldt hisoblanadi (1906). U o‘sha vaqtda «fizionomik 
formalar» 
jihatida 
gapirgan 
edi. 
Albatta 
A.Gumboldtning 
qarashlarida hayotiy formalarning tarixi, evolyutsion rivojlanish 
g‘oyalari butunlay yo‘q edi. Uning fikricha, planetadagi turli 
o‘zgarishlar natijasida formalar faqat almashinishi mumkin bo‘lgan. 
Qizig‘i shundaki, hayotiy formalarga evolyutsion-tarixiy nuqtai 
nazardan qarash yaqin vaqtda paydo bo‘ldi. Chunonchi, ular XIX va 
XX asrlar chegarasida, ya’ni Darvinning evolyutsion nazariyasi 
tasdiqlangandan ancha keyin yuzaga keldi. Shunga ko‘ra, hayotiy 
formalar evolyutsiyasi masalalari hali yetarli darajada ishlab 
chiqilmagan, u ko‘plab munozarali konsepsiyalarga ega, bu boradagi 
tortishuvlar poyoniga yetganicha yo‘q. Bunda shuni nazarda tutish 
kerakki, hayotiy formalar (agar ularni taksonomik birlik deb 
hisoblasak) evolyutsiyaga duchor bo‘lmaydi. Chunki evolyutsiya 
populyatsiyadan boshlanadi va tur evolyutsiya qiladi buning 


natijasida esa turning asosiy belgisi bo‘lgan hayotiy formalar ham 
evolyutsiyaga duchor bo‘ladi, ya’ni bu protsess qolgan barcha 
belgilar kompleksi bilan birga boradi. 
Ma’lumki, o‘tgan asrning oxirlarida ba’zi avtorlar turli 
ma’lumotlarga asoslanib, daraxtsimon hayotiy formalar birinchi 
bo‘lib, o‘tsimonlar esa ikkinchi bo‘lib kelib chiqqan degan xulosaga 
kelganlar. Masalan, A.N.Krasnov 1899 yilda bir yillik va o‘tsimon 
hayotiy formalarni eng yangi deb hisoblagan, daraxt tipidagilarning 
avval past bo‘yli, so‘ng o‘tsimonlarga aylanishi Yerdagi hayot 
sharoiti evolyutsiyasi bilan birga borganligini, ya’ni quruqliknnng 
rivojlanishi, tog‘lar va tepaliklar ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishi 
munosabati bilan borganligini ta’kidlaydi. U ayniqsa tropiklardan 
Osiyo va Yevropaning mu’tadil Xamda sovuq zonalariga o‘tishda 
bunday informatsiya bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi. 
Keyinchalik ko‘pchilik olimlar yopiq urug‘lilar orasida 
daraxtlar 
birlamchi 
o‘rinda 
turishini 
qayd 
qilganlar. 
V.G.Aleksandrov, 
M.P.Golenkin, 
A.A.Grossgeym, 
B.M.Kozo-
Polyanskiy, M.G.Popov, A.L.Taxtadjan, Beyli, Korner, Ims, Gallir, 
Jeffri, Sinnot va boshqalar shular jumlasidandir. Bu olimlarning 
hammasi «somatik reduksiya» deb atalgan nazariyaga, ya’ni daraxt 
hayotiy formalar birinchi va o‘t o‘simlik hayotiy formalar ikkinchi 
degan nazariyaga u yoki bu darajada. Xissa qo‘shganlar. «Somatik 
reduksiya» terminini 40-yillarda M.G.Popov taklif etgan. Galler esa 
1905 yilda qadimgi magnoliyalardan lianalarga, butalarga va (dastlab 
ko‘p yillik, so‘ngra bir yillik) o‘tlarga o‘tadigan zanjirni aniqladi. 
Ekologiyaning yetakchi masalalaridan biri bo‘lgan hayotiy 
formalarni o‘rganishning ba’zi aspektlari shulardan iborat. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish