Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


Jadval .  Raukkier bo‘yicha biologik spektr (%)



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

Jadval

Raukkier bo‘yicha biologik spektr (%)
Zonalar 

Ch 


Th 
Tropik 
61 

12 

16 
Cho‘l 




82 
O‘rta dengiz 
12 

29 
1 i 
42 
Mo‘’tadil (O‘rta Yevropa) 


52 
25 

Arktika 

22 
60 
15 

Jadvaldan ma’lum bo‘lishicha, tropiklardagi bir xil issiq va nam 
sharoitda (iqlimda) fanerofitlar ustunlik qilar ekan (61%). Yozi uzoq davom 
etadigan va quruq bo‘ladigan noqulay cho‘l va O‘rta dengiz oblastlarida 
terofitlar ustunlik qiladi (82% va 42%). Lekin O‘rta dengizda 
gemikriptofitlar ham ko‘p (29%). Mo‘’tadil zona gemikriptofitlarga ancha 
boy (52%), bu yerda qop qoplami ham ularning yashashiga yordam beradi. 
Sovuq qutb oblastlarida ham gemikriptofitlar ko‘p (60%), ikkinchi o‘rinda 
xamefitlar turadi (22%); bu yerda ham ularni qor qoplami himoya qiladi. 
Bundan tashqari, butun vegetativ qismining qishlashi qisqa o‘suv davridan 
foydalanishga yordam beradi. Lekin ko‘pchilik avtorlar bu spektrga 


ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘ldilar. Agar ko‘pchilik avtorlar esdan 
chiqarib qo‘yadigan fitotsenotik, tarixiy va antropogen faktorlarni o‘z 
ichiga oladigan faktorlar kompleksi hisobga olinmasa, bu butunlay 
asosli hisoblanadi.
1918 yilda Gams hayotiy formalarning batafsil ishlangan 
sistemasini taklif etdi. U o‘simliklarning yashash joyining harakteri, 
oziqlanish usullari, harakatlanish xususiyati va boshqalardan 
foydalangan xolda hayotiy formalarni 3 ta tipga bo‘ldi: 1 tip-bir xil 
muhitda yashaydigan va unga birikkan organizmlar, ya’ni mazkur 
substratda (suv, havo va tuproqda) yashaydigan organizmlar; II tip 
har muhitda yashaydigan organizmlar (tuproqda ildiz oladi, yer ustki 
qismlari havoda bo‘ladi). Bu yerda ham Raunkierdagi kabi 
gruppachalarga bo‘linadi; III tip harakatchan organizmlar (tuban 
hayvonlar). Game sistemasi asosan sinekologik hisoblanadi, chunki u 
organizmlarning 
tarqalishini 
ko‘rsatadi, 
bu 
esa 
o‘simlik 
guruhlarining tuzilishini va biotsenologiyaning boshqa masalalarini 
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. 
Rus 
olimlaridan 
G.N.Visodkiy 
1918 
yilda 
“Ergenya. 
Kulturnofitologicheskiy ocherk” deb nomlangan klassik asarida 
hayotiy formalarning eng original sistemasini taklif etdi. U 
gruppalarni o‘simliklarning vegetativ ko‘payish va tarqalish 
usullariga qarab ajratdi. Uning sxemasi asosan quruq dasht va 
cho‘llar uchun mo‘ljallangan edi. Visonkiy 6 ta bo‘lim va ular ichida 
gruppachalarni ajratdi. 
1-bulim. 
vegetativ ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan ko‘p 
yilliklar: a) o‘qli, o‘q ildizli va popuk ildizlilar (γ) va b) chim hosil 
qiluvchilar (ῳ). 
2-bo‘lim. 
aktiv 
vegetativ 
ko‘payuvchi 
ko‘p 
yilliklar: 
«sudraluvchi» lar, ildizpoyalilar (μ) va bachki ildizlilar (η). 
3-bo‘lim.
yer ustki piyozchali va qo‘ltiq tugunakli ko‘p 
yilliklar. 
Birinchi uchta bo‘lim «prevalidlar» deb nomlanib, ularga nam 
va oziq moddalarning asosiy qismini o‘zlashtirishda ustunlik 
qiladigan o‘simliklar kiradi. Ular namlik va oziq moddalarning 
asosiy iste’molchilari bo‘lishidan tashqari, fitotsenozda mustaxkam 
o‘rin 
egallaydigan 
asosiy 
fitomassa 
ishlab 
chiqaruvchilar 
hisoblanadi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish